9-MAVZU: SINF (GURUH) JAMOASINING TARBIYAVIY IMKONIYATLARINI TASHXIS ETISH
REJA:
Sinf (guruh) jamoasining “tarbiyaviy imkoniyatlari” tushunchasining mohiyati.
Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish metodikasi.
Sinf (guruh) jamoasining “tarbiyaviy imkoniyatlari” tushunchasining mohiyati. Sinf jamoasi faqat o’quv faoliyati birligi bo’libgina qolmasdan, balki o’quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Z. Qo’zievning fikricha «jamoaga qo’yilgan umumiy talablarga ko’ra jamoa a’zolari quyidagilardan qoniqish hosil qilishlari kerak: o’zaro munosabatlardan;o’qish va mehnat jarayonidan; rahbarlikdan; uyushqoqlikdan; ongli intizomdan; oqilona va foydali faoliyatdan; xotiijamlikdan; o’z qadr-qimmatini saqlashdan; jamoa bilan faxrlanishdan; himoyalanganlikdan.
Jamoa a’zolariga:
• ixtiyoriylik;
• demokratik faoliyat;
• so’z erkinhgi;
• tashabbuskorlik;
• mastaqillik;
• faollik;
• ijodiy faoliyat ko’rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak»6.
O’quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farqlar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo’l-yo’riqlarni belgilab bo’lmaydi. Ayniqsa, boshlang’ich, V va IX sinflarda o’quvchilar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug’diradi. Bu sinflarda ko’pincha o’quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o’zgaradi. Shuning uchun o’quvchilar jamoasini yangidan tuzishga to’g’ri keladi.
VI-VII sinflarda o’quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko’proq jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o’zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar, mehnat qilish malakalari va ko’nikmalarini rivojlantiradilar. «...Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol qatnashuvchi odamgina shaxs deb ataladi»,- deb ta’kidlaydi L.S. Rubinshteyn.
Zigmund Freyd o’z asarlarida bayon qilgan nazariyaga ko’ra, bola agar atrof-muhitning talablari va ong ostidagi qudratli mayllaimi muvozanatda ushlab tura olsagina, mustaqil mavjudotga aylanadi. Bizning o ’zimizni anglashga bo’lgan qobiliyatimiz ongsizlik xurujlarini bosish yo’li bilan rivojlanadi. J.G. Mid fikriga ko’ra bola boshqalar uning o’ziga nisbatan o ’zlarini qanday tutayotganliklarini ко’rib, o’zini aloqida mavjudot sifatida anglay boshlaydi.
Keyinroq, o’yinlarda qamashib, o’yin qoidalarini o’rganib bola «umumlashtirilgan o’zga»- umumiy qadriyatlar va madaniy me’yorlarni tushuna boshlaydi. Jan Piaje bolaning dunyoni ongli idrok etish qobiliyatining rivojlanishida bir nechta asosiy bosqichlarni ajratib ko’rsatadi. Hair bir bosqich yangi bilish qobiliyatlarini o ’zlashtirish bilan tavsiflanadi va oldingi bosqichning muvaffaqiyatliligiga bog’liq bo’ladi. Piaje fikriga ko’ra, kognitiv rivojlanishning bu bosqichlan ijtimoiylashuvning umumiy xususiyatlari hisoblanadi. «Ijtimoiylashuv- bu chaqaloqning boshqa odamlar bilan muloqatga kirishish orqali o’zini anglaydigan, o’zi tug’ilgan madaniyatni tusihunadigan aqlli mavjudotga aylanish jarayoni». Ijtimoiylashuv agentlari- bu eng muhim ijtimoiylashuv jarayonlari yuz beradigan tuzilmaviy guruqlardir. Barcha madaniyatlarda bola ijtimoiylashuvining asosiy agenti oila qisoblanadi Bundan tashqari, tengdoshlar guruqlari, maktab, ommaviy axborot vositalari ham ijtimoiylashuv agentlaridir.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiylashuvda jamoaning o’rni beqiyosdir. «Jamoa ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdigi faoliyat uchun jipslashgan o’quvchilar birlashmasidir».
Sinf jamoasini jipslashtirish yo’llari: jamoatchilik topshirig’i berish; sinf faollarini to’g’ri tanlash; o ’quvchilarni istiqbolga chorlash;
Sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish; o’quvchilarga yagana talablar qo’yishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |