O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «Tasdiqlandi»



Download 2,5 Mb.
bet23/45
Sana25.03.2022
Hajmi2,5 Mb.
#509235
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
133419 UMK

Miqdor. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida echilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo‘lmasligi yoki etarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o‘zlashtiradilar. SHuning uchun ham konkret shart- sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi. SHu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog‘lanishni ta’minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirish kerakkki, ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko‘rinib turadi. Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglapggirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo‘llanishi bolaga konkret buyumlarni matematik ob’ektlarga o‘tish (masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda tuplam munosabatlarini, qism- butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda o‘zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va karta ishlansa, matematikani egallash samarali bo‘ladi.
1 — vazifa.
1. Bir necha o‘yinchoq ichidan shunga (namunaga) o‘xshashini tanlab olish. Pedagog stol ustiga matryoshkani, qo‘g‘irchoqni, quyonchani qo‘yadi. Co‘ngra «sehrli qopcha» ichidan bitta o‘yinchoqni oladi va stol ustiga xuddi-shunta o‘xshash o‘yinchoqni topishni taklif qiladi.
2. Rangi, o‘lchami yoki shakli bir xil bo‘lgan 2-3 ta predmetlar (matryoshkalar, kubiklar, shariklar, koptoklar) oorasidan xuddi shu rang, o‘lcham, shakldagi predmetni tanlib oladi.
Bola toshpiriqni bajargach, tanlab olgan o‘yinchog‘ining nomini va har ikkala o‘yinchoq uchun umumiy (mushtarak) bo‘lgan belgini aytishi kerak. Agar kichkintoy xato qilsa, pedagog unga savollar beradi:
“Bu nima?” Sen shu o‘lchamdagi (rangdagi) kubikni (matryoshkani) oldingmi? Kubiklarni ustma-ust qo‘y!»
Pedagog olinishi lozim bo‘lgan predmetni ko‘rsatishi mumkin: «Mana bu kubikni olish kerak. Ko‘rdingmi, u xuddi mana shu rangda».
2- vazifa. Namunaga o‘xshash bir necha predmetni topish. «SHu (kuk) rangdagi hamma kubiklarni mana bu qutichaga sol! Ћamma kichkina matreshkalarni mana bu qutichaga sol!. Tarbiyachi mashg‘ulot oxirida: «Sen qutichaga qanday matreshkalarni solding?» — savolini beradi.
3-vazifa.
Bolalarga predmetlarni gruppalarga qarab ajratish topshiriladi. Predmetning quyidagi belgilari aytiladi: predmetning nimaga kerakligi (bu qurilish materiali, undan kqrish mumkin; bu mo‘yqalam, u bilan rasm solinadi va hokazo), rangi, o‘lchami.
Pedagog kundalik hayotiy vaziyatni tashkil qiladi yoki undan foydalanadi, bunda bitta bola yoki bir necha bola predmetlarni tanlab oladi yoki gruppalarga ajratadi. M:, qurishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamma materiallarni yashikka solish, qo‘g‘irchoqlarni esa tokchaga terib qo‘yish, rasm soladigan barcha mo‘yqalamlarini yig‘ib stakanchalarga, lattachalarni esa qutichaga solish, bitta setkaga hamma katta koptoklarni, boshqasiga esa — kichkina koptoklarni solib qo‘yish.
Oldin bolalar predmetlarni bitga belgisiga qarab, keyinroq esa ikkita belgisiga qarab tanlab olalilar. («Barcha qizil g‘ishtchalarni tanlab ol!»).

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish