2-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta`limning asosiy didaktik tamoyillari
REJA:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavurlarni shakllantirish didaktik tamoyillari
2.Mamatematik tasavurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik prinsiplarini amalga oshirish.
Tayanch tushunchalar: ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarining bo‘limlari, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazish usullari, son, sonlar, to‘g‘ri va teskari sanoq, geometrik shakllar, arifmetik masalalar, vaqtni chamalash, fazoda mo‘ljalga olish, miqdor, kattalik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tassavvurlarni shakillantirishda ta’limning asosiy didaktik prinsiplarini amalga oshirish.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavurlarni shakllantirish didaktik tamoyillari.Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o‘z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o‘quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil yetish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o‘quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o‘qituvchilar va o‘quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o‘zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.
Ta’lim tamoyillari o‘zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf yetilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, yeski ko‘rinishlari o‘zgardi. Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar yesa uning alohida tomonlarini aks yettiradi
1. Ilmiylik prinsipi bog‘chada o‘rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo‘lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya’ni biz ilmiylik to‘g‘risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda berilayotgan bilim mazmuni ilm asosida tuzilgan bo‘lishi kerak.
2. Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi.
Bu prinsip berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematika nazariyadan bevosita hap-xil mashq va masalalar ni echishga o‘tish yo‘li bilan bu prinsip keng suratda amalga oshiriladi. Ћaqiqatdan ham yosh bolalarga har kuni ko‘zi bilan ko‘rib yurgan xonada, ko‘chada, uydagi narsalar bilan bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tish, ya’ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o‘zlashtirishiga yordam beradi.
3.Ko‘rsatmalilik prinsipu.
Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad — mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o‘rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak. Bilimlarni o‘zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik prinsipi. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib qolmay, bir- biri bilan bog‘langan holda oson misollardan boshlanib asta — sekin murakkablashtirib borilishi lozim.
2.1.Maktabgacha ta’lim muassasasining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |