Idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ilk yoshdayoq bolalar bir xil turdagi predmetlar haqidagi tasavvurlari kengayib boradi: «Ko‘p qo‘g‘irchoqlar», «uchta kubik», «qo‘lda beshta barmoq» kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo‘ladi. Tajribaning ko‘rsatishicha 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni ya’ni «kichik uy», yoki «katta uylar» qurishi, «vagon» «vagonchalarni olib kelishi», «gul» yoki «gullarni» ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar). Bu yoshdagi bolalarni ko‘prok bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (map, tugmacha, xalqa). Ular bu narsalarni sochadilar, yana yig‘ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo‘yicha teradilar. Bolalarda birdaniga predmetlarni qo‘llariga olib, barmoqlari bilan qisib uning sochilishini kuzatishni yaxshi ko‘radilar (M: tugmachalar). Predmetlar ko‘pligining turli xilligini bola turli xil analizatorlari yordamida qabul qiladi: eshitish, ko‘rish va boshqalar. U o‘zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta o‘yinchoqni bir necha marta tashlagan, koshik bilan stolini taqillatgan. Ko‘plik haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnnng alohidaligi birlik va ko‘plikni ajrata olishga yordam beradi. Matematikada ko‘plik tushunchasiga quydagicha ta’rif beriladi. «Ko‘plik- u bir butun qilib quriladigan ob’ektlarning yig‘indisidir».
2. Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarini shakllantirish vazifalari «ko‘p» va «kam» o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bilan tanishtirish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo‘lmasligi yoki etarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o‘zlashtiradilar. SHuning uchun ham konkret shart- sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi. SHu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog‘lanishni ta’minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |