O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kurs ishi mavzu


O’qituvchi mexnat madaniyati va mahorati



Download 69,35 Kb.
bet7/7
Sana26.02.2022
Hajmi69,35 Kb.
#469393
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qtuvchining kreativ yondashuvi

O’qituvchi mexnat madaniyati va mahorati. O’qituvchilik faoliyati va ixtisosiga layokati to’g’risida gap borganda muallimlarni shartli ravishda uch toifaga ajratish mumkin:

  1. Izlanuvchan va ijodkor o’qituvchilar;

  2. Tayyorgarlik ko’rishga istagi bo’lsada, o’z ishini nimadan boshlashni bilmay qiynalayotgan o’qituvchilar;

  3. Ta‘lim va tarbiya ishiga tasodifan kirib qolgan o’qituvchilar.

Maktab va xalq ta‘limi ishida birinchi toifaga kiruvchi, tula ma‘nodagi ijodkor o’qituvchilar xal kiluvchi kuch xisoblanadilar.
Darsning bilim berishdagi rolini, uning mas‘uliyatini sezgan har bir ilg’or o’qituvchi mashgulotga puxta tayyorlanib, uning mazmunini boyitadi, tinmay izlanib, o’qitishning yangi usullarini yaratib, maktab ta‘limida kullashga intiladi. Shu yul bilan bir soatlik darsni yaxshi bir asar sifatida o’z o’quvchilari ongiga singdiradi. Bunday fidoyi, o’zidan nur taratuvchi, ziyobaxsh qalb egalari shaxsiy ijodiy qobiliyati va boy tajribasi bilan ta‘lim jarayonini boyitishga munosib xissa kushadilar. Shu tarika har bir ijodkor o’qituvchi o’zining xakikiy muallimlik mahoratini yaratadi.
O’qituvchi orttirgan tajribasini dars berish jarayonida kullashi bilan birga yuksak pedagogik mahoratini ham yorkin namoyon eta bilishi kerak bo’ladi. Ammo ba‘zi bir o’qituvchilarda tadbirkorlik, siyosiy bilim, munozara olib borish madaniyati yetishmaydi. Buning o’rniga xaddan tashkari xissiyotga berilish, tokatsizlik hollari bo’lib turadi. Jamiyat madaniyatli bo’lishi uchun axloqiylik katta urin egallaydi. Odob, madaniyat bulmasa, ijtimoiy, iktisodiy, axloqiy qonunlar amal kilmaydi, zamonaviy ilm – fan, xususan ta‘lim rivoj topmaydi. Zero madaniyatni rivojlantirish jamiyatni ma‘naviy jixatdan yangilashning mezonidir. Shunday ekan, zamonaviy ta‘lim tizimini vujudga keltirishda o’qituvchining professional madaniyatini ustirish muxim ta‘lim – tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Ta‘lim – tarbiya jarayonini insonparvarlashtirishni pedagogik ta‘limning tarkibiy kismiga aylantirishda o’qituvchining ma‘naviy – axloqiy kiyofasi yetakchi urin tutadi. Binobarin, o’qituvchi faoliyatining ana shu yunalishi uning pedagogik bilim va mahorati bilan uygunlashib borishi lozim. Shu sababli o’qituvchilar tayyorlash mazmuni ularning professional madaniyati bilan o’zviy bog’liqdir.
Xush, ana shu sifatlarga erishmok uchun nimalarga e‘tiborni karatmok kerak?

  1. O’qitilayotgan fanlar nomlanishiga ma‘lum o’zgartirishlar kiritish;

  2. Ular mazmunini boyitish;

  3. O’quv predmetlari uchun ajratilgan soatlarni kayta ko’rib chikish;

  4. O’qituvchilarni professional tayyorlash metodika va usullarini boyitib

borish.
Ta‘lim to’g’risida kabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da va «Ta‘lim to’g’risidagi Qonun»da biz yukorida ko’rsatgan zaruriy yul – yuriklarni yanada takomillashtirishning metodik va nazariy asoslari sanab ko’rsatilgan. Darxakikat, ta‘lim samaradorligi va sifat ko’rsatkichini belgilashda o’qituvchining professional madaniyati asosiy ko’rsatkich bo’lib xizmat kiladi. Quyida biz ana shu ma‘naviy mezon bilan bog’liq madaniylik mahorati xususiyatlari to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, Ushbu masala buyicha metodist – olimlar bildirgan muloxazalarga ham murojaat etamiz va ulardan ijodiy foydalanamiz.
Bu yunalishlar orasida pedagogik madaniyat yetakchi urin egallaydi. Mazko’r tushuncha moxiyat – e‘tibori bilan o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik alokasi izoxlaydi. Shunga ko’ra ta‘limni insonparvarlashtirish masalasi mazko’r yunalishda xal kiluvchi rol uynaydi.
Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar shaxslararo muloqot va munosabatlarini, o’zaro xurmat va ishonch hamkorligini yulga qo’yishga erishiladi. Garchi, bu jarayon oson yul bo’lib xisoblansa ham, birok ana shu usul asosida ish ko’rgan o’qituvchi o’zi xoxlagan holda ta‘lim mazmuni va sifatini sinfdagi bilimga moslashtirishga intiladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchilarning didaktik hamkorligi ham yakkol ko’zga tashlanadi. Dars davomida ta‘lim mazmuni, irodaviy zur berish sifatlari tarbiyalab boriladi.
Psihologik madaniyat ham pedagogik madaniyatga mazmun jixatdan yakin turadi. Bu tushuncha mazmuni o’quvchi va o’qituvchi shaxsining shakllanishi va rivojlanishi asosini belgilaydi.Ushbu ma‘rifiy jarayon «inson-shaxs-rivojlanish» «shaxs – jamiyat», «shaxs – kasb», «shaxs – mahorat-ijodkorlik» ko’rinishlarida amalga oshadi.
Pedagogika va psihologiyadan olingan bilimlar uygunlashib, metodik madaniyat qirralari bilan boglanib ketadi. O’quvchining ongi, qobiliyati, iste‘dodiga kuchli ta‘sir ko’rsatilib, axloqiy, madaniyatli yangi inson shakllantiriladi. O’qituvchi bu masalalarni xisobga olib, o’z madaniy saviyasi, bilimi orqali o’quvchilarning qiziqishi va ma‘naviy extiyojlarini ustirishga intiladi.
Bo’lajak o’qituvchi uchun metodik madaniyati juda muximdir. Mazkur ta‘limiy jarayonni egallashi uchun yosh o’qituvchi muayyan tushuncha, bilim va kunikmalarni o’zlashtirib borishi kerak. «O’qituvchining metodik mahorati», «CHet tili ( fizika, ximiya va bashqa fanlar ) o’quv predmeti sifatida, «Muayyan fanlarni o’qitish uslubiyoti». Ta‘limning texnika vositalaridan foydalanish uslubiyoti, kompyuter savodxonligi kabi o’quv kullanmalaridan keng foydalanishga to’g’ri keladi. Pedagogik muammoga doir izlanishlar bilan tanishilib chikilayotganda «Metodika tarixi», «Professional ijodkorlik asoslari», «Dars texnologiyasi» singari adabiyotlar o’qituvchiga katta yordam beradi.
U yoki bu predmetni sinfdan tashkari ishlarni uyushtirishga tayyorgarlik ko’rish, maktabda o’quv praktikasini o’tkazish ham metodik madaniyatning tarkibiy kismini tashkil kiladi. Chunonchi, maktabda o’quv praktikasini o’tkazish jarayonlariga qarab bulajak o’qituvchilar «Lektsiya – seminar – mustakil ish – amaliy o’yin» ko’rinishidagi pedagogik mashgulotlarda faollik ko’rsatishlari yaxshi natija beradi.
Bulajak o’qituvchilar ilmiy tadkikot madaniyatini egallashlari uchun ilmiy – metodik tomondan jiddiy izlanishlari zarur bo’ladi. Maxsus tashkil etiladigan «Ilmiy tadkikot ishlari» ko’rsi ularni ko’p narsaga o’rgatadi. Shu ta‘limiy jarayon mobaynida ular «O’qituvchi – tadkikotchi», «O’z ustida ilmiy mustakil ishlash asoslari», «Ilmiy bilish metodlari», «Ilmiy tadkikot tartibi», «Ilmiy fikrlashning talab va mantiki», «Pedagogik tadkikotning o’ziga xos xususiyatlari», «Ilg’or tajribalarni umumlashtirish asoslari», «Ilmiy munozara» mavzularida lektsiya tinglasalar va birgalikda muxokama kilsalar tadkikotchilik madaniyatini egallashga yanada chuqurrok yondashadilar.


4 O’qituvchining ijodkorligi, darsda ijodiy muhitni yaratish

Jamiyatning kundan kunga o’zgarib, rivojlanib borishi turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotganlar singari har bir o’qituvchidan tashabbuskorlikni, faollikni, mustaqil fikrlash, yangi nostandart vaziyatlardan chiqib keta olish, hususiyatlariga ega bo’lish kabi masalalarni hal etishni talab etadi. Bu faqat o’qish – o’qitish dars jarayonida amalga oshiriladi.


Dars – pedagogik jarayonning ustahonasi. Bu ustahonada ma’lumotlar bayon etiladi, idrok qilinadi, ahborotlar o’zlashtiriladi, bilim, ko’nikma, malakalar nazorat qilinib, baholanadi. Hullas, darsda o’rgatish, etkazib berish, bajarish, qo’lga kiritish, hayotga qo’llash ko’nikmalari shakllantiriladi. Bunda o’qituvchi muhim vazifani amalga oshiradi – o’quvchilarni bilim olishga yo’naltiriladi, jalb qiladi va ularni bilmaslikdan bilishgacha, voqelikdagi narsa va hodisalarning oddiysidan murakkabigacha bilish sari olg’a harakatlantiradi. Bu esa o’qituvchidan tayyorgarlikni, talab etib, uning nazariy, amaliy, metodik qurollanganlik bilan bog’liq.
Pedagogik – psihologik nazariya va maktab tajribasi o’qituvchining darsni tayyorlash va o’tkazish uchun uch bosqichli tayyorgarlik loyihasini ishlab chiqish lozimligi bilan tavsiflanadi. Bular:

  • dastlabki tayyorgarlik;

  • joriy tayyorgarlik;

  • yakuniy tayyorgarlikdir.

Dastlabki tayyorgarlik o’z faoliyatini bir o’quv yilida yoki istiqbolli rejalashtirishdan boshlanadi. Bunda o’qituvchi o’z fanini o’quv yilida o’qitilishi uchun sinf, guruh (bosqich – I,II, III) larni aniqlab, mazkur sinf va bosqichdagi o’z fanining o’quv dasturi bilan tanishib chiqadi. Faoliyatini o’quv yilida yoki istiqbolli rejalashtirishi uchun u avvalo:
- o’quv dasturidagi ahborotlar qaysi sinf, bosqich uchun taaluqli ekanligini va uning qaysi bo’limi o’quvchi – talabalar uchun qiyinchilik tug’dirishini tajribali o’qituvchilardan so’rab, o’rganib chiqishi;
- dastur ma’lumotlarining qaysi sinf (bosqich) talabalari uchun muhimligini, uning murakkabligini, o’quvchi - talabalar tayyorgarlik darajasiga mos emasligini chuqur o’rganib chiqishi;
- o’rganiladigan hodisalar, ma’lumotlarning predmetlararo, bo’limlararo, fanlararo aloqadorligini belgilab chiqishi;
- o’quvchi - talabalarning qiziqishi, ijodiy faolligi, bilish mustaqilligi, tashkil qiluvchi va dunyoqarashini muvaffaqiyatli tarkib toptirishga hizmat qila oladigan o’quv materialini tanlashi va alohida belgilashi;
- o’quvchi – talabalarda individual bilimdonlikka intilishni, havasni, mustaqillikni va shart – sharoitni tarbiyalay oladigan ahborot, ma’lumot, hodisa, voqealar manbalarini aniqlab, ularni muayyan tizimga solishi;
- davlat ta’lim standarti asosida har bir mashg’ulot uchun didaktik vositalar (o’quv ko’rgazmali, tehnik, ahborot - kommunikativ) majmuini aniqlashtirishi va tizimlashtirish hamda qo’shimcha mashg’ulotlar, amaliy, laborotoriya darslari loyihasi va tizimini ishlab chiqishi;
- o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning tahminiy hajmi va miqdorini ishlab chiqishi;
- har bir mashg’ulot materialining mazmuniga qarab o’qish – o’qitishning tehologiyalari, interfaol metodlari va didaktik vositalarini belgilash va hokazolarni amalga oshirishi darkor.
O’quv fani uchun dastur va DTSlari bilan tanishib, yuqoridagi masalalarni hal etganidan so’ng o’quv – mavzuli reja tuzishga kirishiladi. Uning tuzilishini quyidagi yo’nalishda rasmiylashtirish maqsadga muvofiq:
a) mavzularning tartib raqami;
b) bo’lim yoki bobning nomi;
v) o’rganiladigan har bir mavzuning nomi;
g) mashg’ulotga ajratilgan soat;
d) o’tish (bajarish) vaqti (muddati);
j) bo’limlararo, predmetlararo, fanlararo, bog’lanishni aks ettiruvchi belgi;
z) mavzuning metodik ta’minoti asosiy va qo’shimcha adabiyotlar nomeri; (adabiyotlar ish rejaning ohirida alfavit bo’yicha keltiriladi);
i) mavzu uchun mavjud bo’lgan didaktik vositalar;
k) Izoh (ma’lum sabablarga ko’ra mazkur mavzu o’qilmay qolsa yoki tiqizlashtirilsa, uning sababi izohda ko’rsatiladi).
O’qituvchining darsni tayyorlash va o’tkazishdagi muhim jarayon joriy tayyorlanishdir. Bunda o’qituvchi kunlik dars mashg’ulotini loyihalaydi va ketma – ketlikda loyihani amalga oshiradi. Joriy tayyorgarlik vaqtida o’qituvchi ayrim didaktik qoidalarni esga olishi talab etiladi. Ma’lumki, zamonaviy pedagogik – psihologik ta’limot o’quv jarayonini bir – biri bilan uzviy bog’langan quyidagi didaktik komponent (qismlar)dan iborat deb ta’kidlaydi. 1. Motivlar(M). 2. O’quvchilarning o’quv faoliyati(O’O’F). 3. O’quvchining bilish faoliyatini boshqarish(O’FB). O’quv jarayonini boshqarish o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. SHuning uchun u bu jarayonga puhta tayyorlanish lozim. Buning uchun u ta’lim – tarbiyaning turli tehnologiyalardan habardor bo’lishi kerak bo’ladi. SHuni unutmaslik kerakki, ta’limning maqsadi va uni ro’yobga chiqaruvchi mehanizmlar bir – biriga mos bo’lgan taqdirdagina natijaga erishiladi.
Darsga joriy tayyorgarlik davrida o’qituvchi o’qitishning tabiatga moslik va o’quv jarayonini jadallashtirish printsiplari hususiyatidan kelib chiqishi kerak. CHunki bu printsiplar (qoidalar) ko’proq bolaning qiziqishi, hohish – irodasini qo’zg’atib uning aqliy qobiliyatlari va o’zlashtirishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Zero bunda ta’lim - tarbiyaning tabiatga uyg’unligi ta’minlanadi.
Darsga joriy tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi, avvalo, butun kurs yuzasidan ilmiy va metodik, pedagogik, psihologik ma’lumotlar bilan tanishishi, dastur va o’quv qo’llanma materialini chuqur tahlil qilishi, choraklik, haftalik hujjatlar tuzishni e’tibordan chiqarmasligi kerak. Har bir mavzuga tayyorlanish jarayonida o’qituvchi dasturga, mavzu bo’yicha qo’shimcha manbalarga murojaat qilib, har bir mavzuning asosiy masalalari yuzasidan bayon qilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni aniqlashga, o’qitish metodlarini tanlashga va kerakli metodik tavsiyalarni, ko’rgazmali qurollar, jihozlar, uskuna, inventar va hokazolarni tayyorlashi lozim bo’ladi. Bu masalalarning barchasi mavzu bo’yicha o’quv qo’llanmalar mazmunidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi tematik reja shaklida aks ettiriladi.
Darsni pedagogik faoliyatning negizi dedik. Endi darsning o’quv jarayonidagi mavqeini ko’rib chiqamiz. Dars – yahlit pedagogik jarayonning muhim elementi. Buni jadvalda kuzatishimiz mumkin.

XULOSA


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, guruh rahbari har doim o’quvchilaridan habardor bo’lib turishi kerak. Masalan, bir o’quvchining o’zlashtirishi yomon bo’lsa uni yaxshilash uchun o’qituvchi birinchi o’rinda ota-onasi bilan uchrashib, surushtirish kerak. Nimaga yaxshi o’qimayapdi, nima uchun darslarni o’z vaqtida qilmaydi, shular haqida ota- onasi bilan suhbat olib boorish kerak. Agar bolaning oilasida xamma sharoit bo’lib bola o’zi yaxshi o’qishni hoxlamasada o’zi o’ylagan natijaga erisha olmayotgan bozlsa, o’qituvchi bolaning yaxshi o’qiydigan o’rtog’ini yoniga o’tqazib qo’yishi kerak. Bundan tashqari o’shanga o’xshagan passiv o’quvchilarni to’plab har xil fanlardan masalan, matematika, ona-tili, o’qish va boshqalardan qo’shimcha darslarni tashkil etib, bolalarni o’qishga bo’lgan talabini, qiziqishini yanada oshirishga o’qituvchi harakat qilishi kerak. O’quvchilarning ota onalari bilan faol ishlashi kerak. Negaki, o’quv yurtida guruhida bo’layotgan ishlardan ota-onalari ham xabar topib, qiynalgan vaqtida hamroh bo’lishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan o’qituvchining o’rtasida bog’lab turuvchi aloqa daftarchaasini tutushi va uni doimo qoldirmasdan yuritib borishi darkor.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent: «O’zbekiston» 2010. 39-b.

  2. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. Tom 9-Toshkent: O’zbekiston, 2001. 430-b.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent , Ma’naviyat. 2008. 173-b.

  4. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishiga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruza-Toshkent;O’zbekiston, 2010.

  5. O’zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Qashqadaryo viloyati pedagog kadirlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institute. Z.Boqieva Etakchi-raxbar,do’st va tarbiyachi.2011-yil

  6. Jalilov. A. O’zbekiston mustaqillik, ma’naviyat va mafkura – Toshkent: Ma’naviyat, 2004, 189-b.

  7. Munavvarov. A. Pedagogika – Pedagogika Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent: O’qituvchi, 1996-2008.

  8. Ochilov. M. Muallim – qalb me’mori. Saylanma. Toshkent: O’qituvchi, 2001. 430-b.

9.Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010y.
10. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T.: «O'qtuvchi», 2011.
11.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ―Odoblar xazinasi


Оглавление


KIRISH 3
1 O’quv jarayonini tashkil etishning turlari va shakllari 5
2 Tarbiyaviy ishlar metodikasi 12
3 O’quv – tarbiya jarayonini bashqarishda o’qituvchining mahorati 18
4 O’qituvchining ijodkorligi, darsda ijodiy muhitni yaratish 27
XULOSA 31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 32



Download 69,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish