8 mart Xalqaroxotin-qizlarbayrami



Download 127,37 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi127,37 Kb.
#922308
  1   2   3
Bog'liq
8-mart uchun senary


8 mart Xalqaroxotin-qizlarbayrami
Onalarning oyogi ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bohi
Ravza bogin visolin istar esang,
Bol onaning oyogi tufrogi.
A. Navoiy.
Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Gozallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uygunlashib ketadi.
8-mart Xotin-qizlar bayrami gozal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.
Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bolib kelgan. Ayol deganda koz ongimizda avvalo, ulug va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli organadi.
Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot gozal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bolmaydi.
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo``tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.
Chindan ham, ayolllarimizning oilada tutgan orni beqiyos. Oqila, gozal ayollar ozlarining gamxorligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug donishmandlar Vatanga eng munosib tarif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta mano bor. Dunyoda «muqaddas» degan sozga eng munosib zot ham - Onadir.
Onani ezozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga kotarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha uluglasak, hayotimizning chirogi, umrimizning guli deb ezozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni ezozlagan bolamiz.
Ozbekiston xalq shoiri, Ozbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek:
Bu yorug olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom
Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi.Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida ozining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan ochmas nom qoldirgan. Tomaris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.
Ulug momolarimizga xos bolgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bolgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning Yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot boronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir. Hadislarda «Ayollarni ulug odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xorlaydi» deb bejizga aytilmagan.Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham xalqimiz, avvalo, opa-singillarimiz, munis onaxonlarimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Onalik va bolalikni himoyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, oila va mahalladagi ahillik, hamjihatlikni mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yonalishlaridandir.
Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifrohdir. Uning farzandiga bolgan mehri naqadar begubor. Onaning mehri quyoshdek issiq, beminnat va musaffodir. Uning farzandlari uchun qilgan xizmatlarini hech narsa bilan tenglashtirib bolmaydi. Ona oz farzandiga hayot va insoniylik fazilatlarini baxsh euvchi chashmadir. Farzand esa xuddi shu chashmadan gozallikni, ezgulikni, olijanoblik va komillikni oziga singdirib oladi.
Buyuk bir zot: «har bir xotunning aqlini olchamohchi bolsangiz, uning qol ostidagi bolalariga boqing», degan ekan.
Onaga hamisha mehru-oqibat, ezgulikni ravo korgan bolalar hayotda, albatta baxtli va saodatli boladilar. Ular bahorga ham, tongga ham gozallikni ulashgan onalarning quyoshga qiyos mehr taftlaridan doimo bahra olib, konglini obod qiladilar.
Maktablarda, ARMlarda 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga oid ochiq dars, kitob korgazmasi, adabiy kechalar, davra suhbatlari otkazish mumkin.
Kitob korgazmasini tashkil etish uchun «Ayol bilan olam munavvar», «Ona hayotning guli», «Ayolni uluglamoq - oilani, Vatanni, hayotni uluglamoq demakdir», «Onaning bir qoli beshikni, ikkinchisi dunyoni tebratar», kabi sarlavhalardan foydalanish, unga adabiyotimizda qalam tebratayotgan ayol shoiralarimiz yozgan kitoblari, yozuvchilarni ayollarni madh etib yozgan kitoblaridan, jurnal va roznomalarda berilgan maqolalardan, rasmli plakatlardan foydalanish mumkin.
Korgazmada ulug allomalarimizni ayollar, onalar haqida etgan hikmatli sozlari, Prezidentimiz risolalarida berilgan sitatalardan yozib qoyishni tavsiya etam
Inisiga dedi bir sozki gavhar:

«Onang tazimida bol, ey birodar.»
Xusrav Dehlaviy
Ona nasihatin quyvolsin quloq,
Dunyoda yomonlik istama mutloq.
Bahrida ostirmish jonidan aziz,
Joningdek aziz tut kechayu kunduz.
Abulqosim Firdavsiy
Ayol ohilayu, er ishbilarmon,
Demak, kundan-kunga obod xonadon.
Xusrav Dehlaviy
Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
Sharaf toji erur oyogin gardi.
Abdurahmon Jomiy
Xudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot - bu ayoldir.
Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va manaviy barkamolligi ayollarga bolgan munosabat bilan belgilanadi.
I.A. Karimov.
Ona qalbi jahon erur.
Mehr yotar uning qalbida.
(Halq maqoli)

«Jannat onalar oyogi ostidadir», «Kaftingda tut, asra ayolni» degan nomda adabiy musiqiy kecha otkazish mumkin.
Kechani ARMlarda, maktablarda sinf rahbarlari va maktab oquvchilari bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Kechaga taniqli artistlar, maktab oquvchilari, oquvchilarning onalari, oqituvchilar, jamiyatimizni turli sohalarida faoliyat yuritayotgan ayollar taklif qilinadi.
Musiqiy adabiy kecha ssenariysi.
Kecha otkaziladigan zal chiroyli gullar, sharlar va rasmli plakatlar bilan bezatiladi. Kechaga oid kitob korgazmasi, ayollar haqida aytilgan sitatalar yozib qoyiladi. Belgilangan vaqtga oquvchilarning ota-onalari va taklif qilingan mehmonlar tashrif buyurishadi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hamkasblar va oquvchilar! Bugun olkamizda ulug bayram. Koklam oftobining zarrin nurlaridan bahra olib, yam-yashil maysalar, zaminimizga fasli navbahor keldi.
Fasllar kelinchagi bolmish bahorni kimdir uyhonish, gozallik fasli desa, yana kimdir yosharish fasli deb ataydi. Bahor kelishi bilan royi-zamin kamalak tusiga kiradi.
Hammaning yuzida tabassum, labida kulgu! Yurtimizga hammani diliga quvonch bagishlagan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kirib keldi. Shu munosabat bilan biz onajonlarimizni, opa-singillarimizni hamisha ezgulik va shafqat, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bolgan siz, azizlarni bugungi gozallik va nafosat bayrami bilan chin dilimizdan tabriklaymiz. « Jannat onalar oyogi ostidadir» deb nomlangan musiqiy adabiy kechamizni tomosha qilishga taklif etamiz.
Oquvchilar ijrosida «Onajoning rozi qil « qoshigi (yoki magnitafon tasmasiga yozib olingan) qoshiq yangraydi.
Boshlovchi: Aziz onajonlar va kechamiz mehmonlari biz sizlarni ozimizning chuqur sevgimiz, hurmatimiz va cheksiz ehtiromimizni izhor etish uchun taklif qilganmiz.
Farzand ona uchun eng aziz nemat, onaning baxtiyorligi farzandi kamoli, baxtini korishdadir. Ona farzandining birinchi oqituvchisi, dosti, eng yaqin kishisi hisoblanadi. Ular farzandlarini har qanday sharoitda togri tushunib, qiyin vaziyatlardan ularni himoya qiladilar.


Download 127,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish