I. Boshlovchi.
Assalom, ona, yurt tonglar o’lkasi,
Tarif-tavsifingning yo’q nihoyasi.
Senga ba’ishlanar muqaddas qo’shiq,
Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.
II. Boshlovchi.
Assalom, maktabim-muqaddas dargoh,
Assalom, ustozlar-kasbkori saboq!
Assalo, do’stlarim-menga qo’shqanot,
Sinfdosh! Hayotga ishonch bilan boq.
I. Boshlovchi.
Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va maktabdoshlar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan usgbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan aziz ustozlarimizni muborakbor etamiz.
II. Boshlovchi.
Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o’qituvchi-ustozlar bayrami. Biz 7 “B” sinf o’quvchilari aziz ustozlarni qutlab “Ustoz otangdek ulug’” deb nom olgan tadbir tayyorlaganmiz.
Endi tadbirimizni ochip berish uchun so`zni maktabimizning _____________________ ___________________________________________________________________ga beramiz.
Endi navbat sinfmizi o`quvchilari ijrosida “Ustoz” haqida sherlarga beramiz
1-BOSHLOVCHI.'>1 boshlovchi
Olamning gultojisi inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani, suyuklisi ustoz-muallimlardir.
2 boshlovchi
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim
2 boshlovchi
O’qituvchilar haqida ruz va o’zbek shoirlari bayt bitganlar, ular haqida shunday hikmatli so’zlar aytganlar
1 boshlovchi
Endi navbat sinfimiz o`quvchilari ijrosida Raqs. “Janob Rasul O`zbekiston”
1-BOSHLOVCHI.
Tarixni anglamoq o’zlikni anglamoqdir. Ajdodlar ruhiyu, merosi bilan yashamoq, ularga vorislik sharafiga munosib bo’lmog’imiz kerak. Bugun tadbirimizga ustozlarni qutlash uchun buyuk ajdodlarimiz tashrif buyurgan. Ular siymosini davraga chorlamoq hayrlidir.
1-BOSHLOVCHI.
Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur kirib kelmoqda.
2-BOSHLOVCHI.
G’azal mulkning sultoni Alisher Navoiy tashrif buyurmoqda.
1-BOSHLOVCHI.
Shoh, shoir, tarixchi olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur kelmoqda.
Endi navbat sinfmizi o`quvchilari ijrosida “Ustoz” haqida sherlarga beramiz
Endi navbat sinfimiz o`quvchilari ijrosida Raqs. “Amudaryo”
2 boshlovchi
Dunyoning hech bir mamlakatida o’qituvchi va murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor qaratilmagan. Shu fursatdan foydalanib, 41-sonli “maktabimiz murabbiy va o’qituvchilarini “barchamiz nomidan tabriklashga ijozat bersangiz.
(Ustozlarga gullar taqdim etiladi)
Endi tadbirimizni yopib berish uchun so`zni maktabimizning _______________________
_________________________________________________________________________ga beramiz.
1 boshlovchi
Shuning bilan ustozlar va murabbiylar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr. Omon bo’linglar
Do'stlaringiz bilan baham: |