O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kurs ishi mavzu



Download 69,35 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2022
Hajmi69,35 Kb.
#469393
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qtuvchining kreativ yondashuvi

Xaq yulida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamoq oson emas xaqqin ado ming ganj ila.
O’qituvchi pedagogik mahoratli, har tomonlama bilimli bo’lishi kerak, chunki unga o’quvchilar har soxada murojaat qilishlari mumkin.
Har tomonlama bilimli o’qituvchi har qanday savolga ham javob topa oladi. O’qituvchining mahorati -- bu pedagogik kasbning asosiy ko’rinishidir. Dars jarayonida o’quvchilar bilan bo’lgan muomalada o’qituvchining mahorati ko’zga tashlanadi. Bu o’quvchilarni o’z faniga qiziqtira olishi, ularni mustakil fikrlashga va vazifalarini mustakil bajarishga o’rgatishi bilan bevosita bog’liq.
Xayot har bir kasb kishisidan o’z ixtisosi soxasida shuxrat kozonishni, izlanish, ijodiy mexnat qilishni talab etadi. Xayotning bu yuksak talabini sezgan va shunga amal qilgan o’qituvchigina bolalarni o’qitish va tarbiyalashdek ulug va mas‘uliyatli vazifani bajara oladi. Biz buni mahoratli o’qituvchi, 40 yillar boshlangich sinf bolalar kitobining muallifi ( Alifbe ) Okilxon aka Sharafiddinov misolida ko’rishimiz mumkin.
U o’qituvchilik kila boshlagan yillarida darslik, kullanma, kitob, ko’rgazmali ko’rol va bashqa kullanmalar juda oz edi. Shunga karamay yosh pedagog darslarga puxta tayyorgarlik ko’rar va uni mazmunli utishga harakat qilar edi.
Lekin utilayotgan darslardan o’zi nechundir konikmas, unga nimadir yetishmayotgandek bular edi. O’ziga – o’zi : Qiziq, mana dars berayotganimga ham ancha yil bo’lib koldi. Nima uchun dars yengil kuchmayapti? Nega o’quvchilar darsga yetarli dikkat kilmayaptilar?,- degan savollar berib, bu xakda jiddiy uylardi. O’z ishini tankidiy taxlil kilib chikardi. O’z davridagi tajribali pedagoglar bilan ko’p suxbatlashdi. Nixoyat, ishdagi jiddiy nuksonlarning asosiy sabablarini tushuna boshladi. Xakikiy o’qituvchi – tarbiyachi bo’lish uchun o’z bilimini oshirish va o’quvchilarga nima o’qitish kerakligini uylash bilan birga kifoyalanib kolmasdan, balki bashqa o’qituvchi va tajribali tarbiyachilarning hamkorligi asosida o’qitishning usul, tajribalarini ham o’rganish shart ekanligini angladi.
Pedagogik mahorat haqida gapirar ekanmiz, mahorat haqida tajribali pedagog quyidagicha javob beradi :
-- Pedagoglik mahorati deysizmi? – dedi u, - xa bu narsa har bir o’qituvchi uchun juda zarur va kimmatli xususiyatdir. Pedagoglik mahoratini tinmay oshira borish zaruriyati xayot talabidan kelib chikadi. Xayotda olga yurishning chegarasi yuk. Xayotda bugun ko’ringan yangilik ertaga yanada yangirok narsalar bilan almashinib turadi. Pedagoglik mahorati cheksiz bo’lib, u asosiy ijodiy mexnat tufayli vujudga keladi va usadi. Pedagoglik mahorati – ijodiy mexnat samarasi, ta‘lim – tarbiya ishlaridagi barcha yutuklarning samarasidir.
Kishidagi axloq onglilik kabi yuksak ma‘naviy sifatlar, asosan maktabda tarkib topadi va takomillasha boradi. Bu muxim vazifaning muvaffakkiyatli amalga oshirilishida o’qituvchi va uning kundalik darsi xal kiluvchi rol uynaydi. Binobarin, dars – o’qituvchilarning maktabdagi eng asosiy, eng muxim ishi, pedagogik faoliyatining negizi, o’quvchilarga bilim, kunikma va malaka berish va tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning birdan – bir ko’rinishi, vositasidir. O’quvchilar fan asoslari bilan darsda tanishadilar. Tabiat va jamiyatning tarixiy tarakkiyoti, yerda xayotning paydo bo’lishi, odam, usimlik, xayvon va umumiy organik olam haqidagi, ijtimoiy xayot va bashqalar haqidagi tushunchalar, bilim, malaka, ilm – fanga muxabbat va yuksak axloqiy, ma‘naviy sifatlar dars jarayonida tarkib topib boradi. Darsda berilgan puxta bilim va tarbiya o’quvchilar xayotiga umrbod o’z ta‘sirini ko’rsatadi.
Pedagogik hamkorlik o’qituvchining o’quvchilarga ta‘lim va tarbiya berishda o’z mas‘uliyatini chuqur xis etishi, pedagoglik mexnatiga ongli munosabati, murabbiylik mahorati o’zining bashqa eng nozik tomonlari bilan asosan, darsda ko’rinadi.
Darsga puxta tayyorlanish, utiladigan mavzuni to’g’ri planlashtirish, dars soatidan unumli foydalanish, dars jarayonida mavzular mazmunining ilmiy va goyaviy tomondan yuksak bo’lishi, amaliy mashgulotlar, xayotiy faktlar bilan boglanish, bilim va mexnatni bir butun kilib birlashtirish, ko’rsatma o’quv ko’rollaridan unumli foydalanish, o’quvchilarda aktivlik, mustakillikni ustirishga e‘tibor berish -- darslarning samarali bo’lishini ta‘minlashning muxim omillaridan bo’lib xisoblanadi. Shuningdek, darslarni har tomonlama to’g’ri, yukori saviyada, o’quvchilar uchun tushunarli, ta‘sirchan, foydali, maksadga muvofik kilib tashkil qilish, shubxasiz unga puxta tayyorlanishga bog’liqdir.
Mahorat o’qituvchi ongining goyaviy – siyosiy yunalishi, uning umumiy madaniyati, bilimdonligi, kasbi soxasidagi kunikma va malakalar yigindisidan iboratdir.
O’qituvchi mahoratining mezoni esa o’quvchilarning o’zlashtirishlari va intizomi bilan belgilanadi. O’qituvchi o’z ustida tinmay ishlasa, ta‘lim va tarbiya soxasida ilg’or o’qituvchilarning tajribalarini o’rganib, uni o’z ishiga tadbik etsa, o’z pedagogik mahoratini oshirib, hamkorlikdagi ishlari bilan elga tanilishi mumkin. Mahoratli o’qituvchi hamisha o’quvchilar orasida yuksak obruga ega bo’ladi, chunki u o’quvchi kungliga to’g’ri yul topa oladi.
Shuni ham aytish kerakki, o’qituvchi doimo izlanishda bo’lishiga, sabr – tokat bilan mexnat qilishiga to’g’ri keladi. Endigina pedagogika oliy o’quv yurtini tugatib, maktabga kelgan yosh mutaxassis zimmasiga ana shunday mas‘uliyatli vazifa tushadi. Lekin yosh o’qituvchi nazariy bilimga ega bo’lsa-da, amaliy jixatdan uni tajribali, har tomonlama talabga javob beradigan mutaxassis deb bulmaydi. Uning maktab xayotiga chuqur kirib borishi va tajriba orttirishi uchun o’zining intilishi va maktab bilan bog’liq bo’lgan xalq maorifi xodimlarining yordami zarurdir.
Maktabning ichki imkoniyatlari bilan bir katorda bulajak o’qituvchi o’z kasbining mahoratli va moxir egasi bo’lishi pedagogika va psihologiyani hamda o’z fanining o’qitish uslubiyotini yaxshi bilishi, kompyuter savodxonlikka ega bo’lishi lozimdir. Shundagina pedagogik tajriba – amaliyotga kushilib undan mahorat ko’rtakchalari usib chikadi.

Download 69,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish