28
3. Mehnat ta‟limi o„quv dasturining uzviyligi va uzluksizligini
ta‟minlash imkoniyatlari
Uzluksiz ta‘lim tizimi ta‘lim uzviyligiga asoslangan bo‘lib, buning natijasida
barcha ta‘lim turlari orasida muayyan izchillik ta‘minlanishini taqozo etadi. Bu
jarayonni amalga oshirish nafaqat ta‘lim turlari orasida, balki har bir ta‘lim
turlarida o‘qitiladigan fanlarning sinflar kesimida ichki (mavzulararo, boblararo)
uzviyligi, shuningdek, tashqi (fanlararo) uzviyligining ta‘minlanishini ham nazarda
tutadi.
Respublikada umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limlari
uchun
Davlat ta‘lim standartlari qabul qilinishi bilan ushbu ta‘lim turlari orasidagi
uzviylik muammosi rasmiy ravishda xal etildi va shu asosda xar bir fan uchun
o‘quv rejalari va tayanch (namunaviy) o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Ma‘lumki, bu o‘quv dasturlari uzluksiz ta‘limning asosiy bo‘g‘inlari bo‘lgan
umumiy o‘rta ta‘lim
maktablari va akademik litsey, kasb-xunar kollejlari ta‘lim
jarayonining mazmuni va Yangi yaratiladigan darsliklarning mavzularini ifoda
etibgina qolmay, balki o‘quv muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda bo‘lajak yosh mutaxassislar egallashlari zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma
va malakalarining hajmi va darajasini ham belgilab beradi.
Maktabdan keyingi ta‘limda mehnat ta‘limi fanidan olingan bilim, ko‘nikma
va malakalar kengaytirish va chuqurlashtirish
hamda alohida tushuncha va
tasavvurlarni yanada rivojlantirish zarur. Bu esa, har bir o‘quvchining bir ta‘lim
turidan ikkinchi ta‘lim turiga ta‘lim mazmuni, shakli va metodlari orasida ketma-
ketlik, izchilik, tizimlilik, o‘zaro aloqadorlik hamda uzviylikni ta‘minlash asosida
hech qanday qiyinchiliksiz o‘tish mumkinligini e‘tirof etish mumkin.
Shunday ekan, har bir ta‘lim turida o‘quv dasturlari uzviyligini ta‘minlash
ta‘lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta‘lim turlari va bosqichlari uzviyligiga
asoslangan holda mavzulararo, fanlararo hamda nazariya
va amaliyot uzviyligi
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi.
O‘quv dasturlari uzviyligi tushunchasi ta‘lim yaxlitligi va tizimliligi
tushunchasi bilan bog‘liqdir (3.1-rasm).
29
3.1-rasm. Ta‘lim tizymi uzviyligining tarkibiy qismlari
Rasmda qayd etilgan ta‘lim uzviyligi va uzluksizligi tamoyili aynan mehnat
fani nuqtai nazaridan uzviylik
tushunchasi turlarini
ko‘rsatib o‘tishga imkon
beradi.
Ta‘lim tizimi uzviyligi va uzluksizligining bir butun sxemasidan alohida
fanlarga,
chunonchi, mehnat faniga talluqli bo‘lgan uzviy bog‘lanishlarga izoh
berish mumkin. Bizning fikrimizcha, umum ta‘lim fanlaridan mehnat ta‘limi fani
boyicha o‘quv dasturi mazmunida yuqoridagi sxemada ko‘rsatilgan uzviylik o‘z
ifodasini topmagan. Bu esa, o‘qituvchi ta‘lim jarayonini uzviy ravishda olib
borishiga va o‘quvchi o‘quv
materialini bir butun, majmuaviy ravishda
o‘zlashtirishga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Demak, umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining
mehnat ta‘limi fanidan o‘quv dasturi hozirgi kun talabiga to‘la javob bermaydi.
Zero, o‘quv dasturida:
birinchidan,
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinmagan
;
ikkinchidan,
mavzular ketma-ketligi va uzviyligining yo‘qligi
Ta‘lim tizimi uzviyligi
Ta‘lim turlari uzviyligi
Predmet ichidagi
uzviylik
Nazariy va
amaliyot uzviyligi
Predmetlararo
uzviylik
1. O’quv dasturlari uzviyligi 3. O’quv materiallari uzviyligi
2. Mavzular uzviyligi
4. Tushunchalar uzviyligi
Ta‘lim mazmuni uzviyligi
O‘quv jarayoni uzviyligi