O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/53
Sana26.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#469260
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
Bog'liq
mehnat talimining optimallashtirilgan mazmunini tanlash va uni oqitish metodikasi

uchinchidan, 
mehnat 
ta‘limi mazmunining imkoniyatlari hisobga 
olinmaganligi. Shuning uchun, eng ilg‘or tajribalar, fan va texnika rivojlanishini 
hisobga olgan holda mehnat ta‘limi fani boyicha o‘quv dasturi ketma-ketligi va 
mazmuninining uzviylik darajasini ko‘rib chiqish va uni pedagogik jihatdan 
asoslash hamda o‘sha dastur asosida har bir ta‘lim yo‘nalishi boyicha 
optimallashtirilganlashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish va tajribada sinab ko‘rish 
zaruriyati yuzaga kelgan. 
Sanab o‘tilgan kamchiliklar ta‘lim mazmunining to‘g‘ri tanlanmaganligini; 
ta‘lim oluvchilarning yosh xususiyatiga e‘tibor berilmaganligini; tanlangan (agar 
to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa) ta‘lim mazmunini uzviy ravishda joylashtirilmaganligi; 
mavjud ta‘lim mazmunini boshqa turdosh, qo‘shni fanlar bilan qanday aloqada 
o‘qitish zarurligini e‘tiborga olinmaganligidan kelib chiqqan. 
Tavsiya etilayotgan dasturni yaratishdan asosiy maqsad: birinchidan, ta‘lim 
turlari orasidagi, ya‘ni boblararo, mavzulararo uzviylikni ta‘minlash, ikkinchidan, 
ushbu dasturdan kelib chiqqan holda (mavzular ketma-ketligini o‘zgartirmasdan) 
alohida yo‘nalishlarga ajratilgan o‗quv soatlarini optimallashtirilganlashtirish 
(masalan, texnologiya va dizayn, qishloq xo‗jalik asoslari), mavzulardagi 
bog‗liklikni ta‘minlash, umulashtirish va soddalashtirish boyicha invariant 
(optimallashtirilganlashtirilgan) dastur yaratish. Optimallashtirilganlashtirilgan 
dasturning yaratilishi esa, mehnat ta‘limi fanining uzviyligini ta‘minlash, ya‘ni 
fanga oid bilimlarni egallashga ajratilgan o‗quv soatlarini mukammal o‗zlashtrish 
imkonini beradi. Bu dasturda predmetlararo uzviylikni ta‘minlashga imkon 
yaratish bilan birga o‘quvchi uchun mehnat fani asoslarining boshqa fanlariga 
tadbiqi (ya‘ni, uning mehnat fanini o‘rganishi hayotiy va kasbiy zaruriyat) 
ekanligini tushunib yetishga yordam beradi. 
Ma‘lumki, davlat tomonidan meyoriy xujjat sifatida qabul qilinadigan o‘quv 
dasturi ma‘lum davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablariga javob berib, yangi 
islohotlar natijasida takomillashib boradi. Shu bilan birga, o‘quv jarayoni shakli va 
uni tashkil etish, o‘quv materiali mazmuni hamda ichki va tashqi sabablarga ko‘ra 
vaqt o‘tishi bilan uzviylik darajasi o‘zgarishi mumkin. Shunga ko‘ra, uzviylikning 


31 
strategik jihati bo‘lgan ta‘lim dasturlarining uzviylik darajasi monitoringini
yo‘lga qoyish talab etiladi. 
Funksional (invariant) optimallashtirilganlashtirilgan o‘quv dasturining 
afzalligi shundaki, bu muayyan fan boyicha tayanch o‘quv dasturi asosida tuzilgan 
bo‘lib, mehnat ta‘limi fani bo‗yicha bilim, malaka va ko‗nikmalarni egallashda 
zarur bo‘ladigan fanlarni mehnat fani bilan uyg‘unlikda olib borishga to‘la imkon 
beradi. 
Bir guruh olimlar uzviylikni ta‘minlash deganda faqat muayyan fanning ichki, 
ya‘ni boblararo, mavzulararo uzviylik yoki tushunchalarning aloqadorligi; ikkinchi 
gurux tadqiqotchilari
6
7
esa ma‘lum bir fanlarning tashqi (predmetlararo) 
uzviyligini; uchinchi guruh esa faqat bitta fan misolida nazariya va amaliyot 
uzviyligini ta‘minlashni inobatga oladilar. 
Muallif tomonidan tavsiya etilayotgan ta‘lim jarayoni uzviyligida yuqorida 
qayd etilgan omillarni o‘zida aks ettiruvchi yaxlit tizim asosiy o‘rin tutadi va u 
takrorlash, umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning muayyan bob yoki kurs 
boyicha yaxlit tushunchalarga ega bo‘lishiga, o‘quv materialining mantiqiy 
birligini tushunishiga, to‘liq o‘zlashtirishiga yordam beradi. 
Ta‘lim jarayoni uzviyligini ta‘minlash o‘qituvchi tomonidan oldindan 
rejalashtiriladi, o‘tiladigan dars uzviyligini ta‘minlovchi model yordamida uning 
metodikasi ishlab chiqiladi. Bu jarayonning umumlashtirilishi, takrorlanishi zarur 
bo‘lgan bilimlarni o‘quvchilar bilim darajasini inobatga olgan holda muayyan 
izchillik asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Jarayonning samaradorligi: 

ta‘lim mazmuni uzviyligining ta‘minlanganligi; 

har bir o‘quvchining bilim saviyasining to‘g‘ri aniqlanganligi; 

har bir o‘quvchining psixik holatini to‘g‘ri tashhis qilinganligi; 

o‘qituvchining har bir o‘quvchi uchun maxsus tayyorlanishi; 

o‘quvchilarni fanga qiziqtira olinishi; 
6
Проблеми взаимосвязи общеобразовательних предметов и дисциплин профессионально-технического 
цикла в средних ПТУ/Сб. науч. тр./Редкол.М.И.Махмутов (отв. ред.) и др.-М., 1985.-146 с. 
7
Nishonova M.M. va boshq. Umumta‘lim fanlari о‗quv dasturlarida uzviylikni ta‘minlashning ba‘zi muammolari // 
Kasb-hunar ta‘limi;-Toshkent, 2000. - №4. - B. 10-11. 


32 

o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi va pedagogik mahorati; 

har bir o‘quvchi shaxsiy bilimining monitoring qilinishi kabi omillarga 
bog‘liq. 
Uzviylik o‘ziga xos ta‘lim tamoyili sifatida ko‘p qirrali tushunchalar sirasiga 
kiradi. Uni faqat alohida ta‘lim mazmuni yoki ta‘lim jarayoniga tadbiq etish bilan 
uzviylik ta‘minlanmaydi. O‘quvchi xotirasi va tafakkurida muayyan fan boyicha 
aniq bilimlar izchilligi, ularning o‘zaro aloqadorligi anglanib, uni amaliyotga 
tadbiq eta olgandagina o‘quvchi yaxlit tushunchaga ega yoki uning mantiqiy birligi 
(uzviyligi)ni tushungan deb hisoblash mumkin. 
Pedagogik lug‘atlarda "predmetlararo aloqalar" tushunchasi o‘quv 
dasturlarining o‘zaro moslashuvi sifatida ta‘riflanadi. Ta‘lim jarayonidagi 
predmetlararo aloqalar o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. 
I.Y.Lerner va M.N.Skatkin
8
o‘quv rejasining predmetlarga asoslangan 
tuzilishi o‘quvchi ongida bir predmetdagi bilimlarni, ikkinchi predmetdagi 
bilimlardan, bir o‘quv predmetida beriladigan ko‘nikma va malakalarni esa, boshqa 
predmetda shakllanadigan maxsus ko‘nikma va malakalardan ajralgan holda 
o‘zlashtirish havfi borligini ta‘kidlaydi. 
Shuning uchun o‘quv jarayoni, predmetlararo aloqalarni o‘zlashtirish boyicha 
maqsadga qaratilgan boshqarishni nazarda tutadi. Bunday boshqarish dastur 
ko‘rsatmalari, darsliklar mazmuni bilan o‘qituvchining faoliyati orqali amalga 
oshiriladi. 
M.I.Maxmutov va V.S.Bezrukovaning
9
tadqiqotlarida birinchi marotaba 
umumiy va kasbiy ta‘lim aloqadorligini amalga oshiruvchi ta‘lim va tarbiya birligi, 
motivasiyalar, muammolilik, kasbga yo‘nalganlik, politexnizm, bilimlar uzviyligi, 
predmetlararo aloqadorlik kabi tamoyillar majmuasi berilgan. 
a) turli o‘quv predmetlarida ko‘rib chiqiladigan obektlar orasidagi 
aloqadorlik;
b) turdosh qonun va nazariyalar orasidagi aloqadorlik;
8
Скаткин М.Н. Методология и методика педагогических исследований. -М.: Педагогика, 1986.—152с. 
9
Махмутов М.И., Безрукова B.C. Принципи обучения как системообразующий фактор взаимосвязи общего 
и профессионального образования в среднем профтехучилище. Сб. науч. тр.: Взаимосвязь общего и 
профессионального образования учащихся средних ПТУ. М:. 1983 г. с 4-21. 


33 
v) tadqiqot usullari va o‗quvchilarning amaliy faoliyatlari orasidagi 
aloqadorlik;
g) fizik qonuniyatlar va falsafiy tushunchalar orasidagi aloqadorlik;
d) hisob-o‘lchov va grafik xarakterdagi aloqalarda;
e) informatika va xisoblash texnikasi haqidagi bilimlarda;
j) pedagogik, psixologik va falsafiy bilimlar hamda ta‘lim-tarbiyaning 
metodik usullari, uslublari orasidagi aloqadorlik turlari muhim ahamiyat kasb 
etadi.
10
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarni tavsiya etadilar: 
barcha ta‘lim turlari DTS larida uzviylikni ta‘minlash; uzluksiz ta‘lim 
bo‘g‘unlarida uzviylikni ta‘minlash uchun barcha ta‘lim bo‘g‘inlari pedagoglari 
ishtirokida konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish; o‘quv muassasasi yo‘nalishi 
nuqtai nazaridan umumta‘lim fanlari o‘quv dasturi va rejasini ko‘rib chiqish; 
barcha ta‘lim muassasalari xodimlaridan iborat ijodiy guruxlarni tuzib turli fanlar 
boyicha sifatli integrativ o‘quv dasturlarini yaratish; o‘rta maxsus, kasb-xunar 
ta‘limi va oliy o‘quv yurtlari mutaxassislik tasniflagichlari uzviyligini ta‘minlash; 
uzviilikning mazmunli va jarayonli jihatlarini aks ettiruvchi aniq qoidalarini 
asoslash; ta‘limda uzviylik jarayonining miqdorini baholash tizimini ishlab chiqish 
boyicha ilmiy-tadqiqot olib borishni tavsiya etadilar. 
Bu o‘rinda dissertant tomonidan o‗quv dasturining uzviylikni ta‘minlash, bu 
masalaga yanada jiddiy e‘tibor qaratish zarurligi taklif etiladi. Buning uchun 
mehnat o‘qituvchisi nafaqat o‘zining fanini, balki maktabda o‘qitiladigan barcha 
umum ta‘lim fanlari asoslaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Davlatimiz tomonidan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» qabul qilinishi bilan respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimi joriy 
etildi. 
Uzluksiz ta‘lim tizimi ta‘lim uzviyligiga asoslangan bo‗lib, u barcha ta‘lim 
bo‗g‗inlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun 
10
О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi: XII chaqiriq О‗zbekiston Respublikasining Oliy 
Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. - T.: О‗zbekiston, 1999. - 37 b.


34 
nafaqat ta‘lim bosqichlari o‗rtasida, balki har bir bosqichdagi fanlarning ichki, 
ya‘ni mavzulararo, boblararo uzviyligi, shuningdek, tashqi, ya‘ni fanlararo 
uzviyligi ham ta‘minlanishi nazarda tutilishi kerak. 
Ta‘lim amaliyotiga taqdim qilingan ta‘lim mazmunining sifatini Davlat ta‘lim 
standarti talablari asosida muntazam tahlil qilish, o‗quvchilarning doimiy 
rivojlanib boruvchi ehtiyojlarini. Ta‘lim mazmunining samaradorlik darajasini 
aniqlash, ta‘lim modellarini izchil tarzda Yangi-yangi bilim va tushunchalar bilan 
boyitish, ta‘limni tezkor boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish sohasida keng 
ko‗lamli tadqiqotlarni amalga oshirish taqozo qilinmoqda. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ta‘lim jarayonini diagnostika qilish hamda 
davlat ta‘lim standartlari talablari asosida o‗quvchi va talabalar bilim, ko‗nikma 
hamda malakalarining sifatini baholash yagona zanjirnitashkil etishga erishish 
lozim. 
Ma‘lumki, ko‗p hollarda o‗quv dasturida muayyan bir tushuncha yoki bilimni 
egallashuchun belgilab qo‗yilgan vaqt o‗quvchi va talabalarning o‗zlashtirish 
imkoniyatlariga mos kelmaydi. Natijada o‗quvchi hamda talabaning vaqti kuchini 
tejashda nomutanosib holatlar vujudga keladi. Bu hol, eng avval ta‘lim oluvchilar 
ruhiy imkoniyatlarining bir tekisda rivojlanishiga to‗sqinlik qiladi. Bu o‗rinda 
birinchi navbatda, davlat ta‘lim standarti talablari doirasida o‗quvchi va 
talabalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida ular egallagan ko‗nikma, 
malakalarning o‗zaro aloqadorligi, uzviyligi va tadrijiy asosda takomillashib borish 
jarayonini ilmiy-metodik jihatdan chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, o‗quvchi undan talab qilingan birinchi 
ko‗nikmani egallashga nisbatan mazkur ko‗nikmalar zanjiridagi ikkinchi, uchinchi 
va hokazo ko‗nikmalarini egallashga bir qadar kamroq vaqt va kuch sarflaydi. 
Chunki shaxsga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etgan ta‘lim jarayonida 
ko‗nikma va malakalarning o‗zaro interpretatsiyalashuvi vujudga keladi. 
Faqatgina, o‗zaro interpretatsiya holatiga kirgan bilim, ko‗nikma va malakalargina 
uzluksiz tarzda bir-birini boyitish mumkin. Ta‘lim mazmunining turli mazmuni 
darajalarini belgilash jarayonida o‗zaro interpretatsiya holatida turgan bilim, 


35 
ko‗nikma va malakalar hosil qilinishini nazarda tutish ta‘lim mazmuni doirasida 
uzluksizlikni ta‘minlash, o‗quvchi hamda talabalarning vaqtini oqilona 
rejalashtirish yo‗llari va qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Bu o‗rinda 
davlat ta‘lim standartlari doirasida bilim, ko‗nikma va malaklarning rivojlanib, 
mustahkamlanib borishi, ya‘ni evolyusiyasi bilan bog‗liq tarzda belgilab 
qo‗yiladigan minimum talablarning ham muntazam ortib borishi pedagogik 
tadqiqotlarda o‗z ifodasini topmog‗i shart. Aks holda, ta‘lim o‗quvchi shaxsiga 
nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb eta olmaydi. 
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonuni va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» ta‘limning bosh maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan 
holda, o‗quv-metodik majmualarga kiritiladigan materiallar o‗quvchilarning yosh 
xususiyatlarini, mustaqil faoliyat ko‗rsatishini, shaxsiy qobiliyatlarini namoyon 
qila olishini hamda ta‘lim turlari va fanlar mazmunida uzluksizlikni ta‘minlash 
tamoyillarini hisobga olgan tanlanishi lozim. Ushbu maqsadni ro‗yobga chiqarish 
uchun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» negizida umumiy o‗rta ta‘lim maktablari 
uchun DTS va ular asosida dastur, qo‗llanma va darsliklar yaratilib, o‗quv 
jarayoniga joriy etildi. 
Tajriba-sinov ishlarining natijalari mazkur ta‘lim turlarining har biri uchun 
umumta‘lim fanlaridan o‗quv dasturlarini yaratish alohida-alohida amalga 
oshirilganligi sababli ta‘lim turlari va mazmuni orasida uzluksiz yetarli darajada 
ta‘minlanmaganligini tasdiqlaydi. 
Ta‘limda uzviylik quyidagicha tushuniladi: 
1. Ta‘lim bosqichlari o‗rtasida (vertikal) uzviylik. Bunda muayyan ta‘lim 
mazmuni avvalgisi bilan uzviy bog‗langan holda, uni keyingi ta‘lim turlarida 
davom ettirish ta‘minlanadi. 
2. O‗quv fanlarida uzviylik (gorizontal). Bu ko‗pincha fanlararo yoki 
predmetlararo bog‗lanish deyiladi. Uzviylik muammosini to‗la hal etish uchun 
nafaqat ta‘lim bosqichlari va fanlararo uzviylik, shuningdek, ta‘lim mazmunini 
bayon qilishda o‗qitish texnologiyasidagi uzviylikni ham ta‘minlash muhimdir. 


36 
Demak uzviylik ta‘lim bosqichlari va uning kurslari orasidagi zaruriy bog‗lanish 
va munosabatlarni to‗g‗ri o‗rnata olishdan iborat.
11
Uzluksiz ta‘lim tizimining har bir bosqich va tarkibiy qismlarida o‗xshash 
maqsadlar va ta‘lim tizimlari uchun ta‘lim-tarbiya shakllari, ta‘lim mazmunini 
amalga oshirishning samarali metodi, usul va vositalari tanlanishi kerak. 
Bu borada olib borilgan tajriba-sinov ishlari bo‗yicha mavjud ma‘lumotlar 
tahlili asosida uzviylashgan fan dasturlarining amaliyotdagi mavjud holati 
qoniqarli deb topildi. Albatta, bu o‗rinda barcha fanlar bo‗yicha ahvol bir xil 
darajada bo‗lmasligi o‗z-o‗zidan ayon. 
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, uzviylikni ta‘minlash nuqtai nazaridan 
o‗quvchilar bilim, ko‗nikma va malakalari nazoratlarini olib borish monitoringi 
alohida tadqiqotni talab etadi. 
Umumiy ta‘lim tizimida uzviylikni to‗la taminlash tamoyillarga asoslangan 
holda ish yuritish talab etiladi: 
- umumta‘lim fanlari bo‗yicha fan dasturlarining DTS talablariga javob 
berishi; 
- ijtimoiy buyurtmaga rozi bo‗lish; 
- milliy g‗oya, milliy mafkuraga oid nazariy bilimlarning aks etishi; 
- o‗quvchilar bilish faoliyati yaxlitligini ta‘minlay olishi; 
- dasturda vertikal va gorizontal uzviylikning ta‘minlanganligi; 
- dastur mazmuniga kiritilgan mavzular o‗quvchilar dunyoqarashi, bilim 
olishga bo‗lgan qiziqishini shakllantirish yuzasidan tanlanganligi; 

dasturdagi 
mavjud 
yuklamalarning 
o‗quvchilar 
psixo-fiziologik 
xususiyatlariga muvofiqligi; 
- fanlararo aloqani amalga oshirishda o‗qitishni integratsiyalashga oid 
ko‗rsatmalarning dasturda o‗z ifodasini topganligi; 
- dasturda axborot texnologiyalarini qo‗llashga oid ko‗rsatmalarning hisobga 
olinganligi; 
11
Tolipov О‗.Q., Choriyev R.Q. Ta‘lim turlari о‗rtasidagi uzluksizlik va ularni strukturalashtirish // «Uzluksiz 
ta‘lim jarayonini takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
materiallari. T., 2004.- B. 64- 65. 


37 

dastur 
materiallarining 
oddiydan 
murakkabga 
tamoyili 
asosida 
joylashtirilishi; 
- dastur materiallarining tematik, muammoli tematik, tarixiylik tamoyillari 
asosida guruhlashtirilganligi. 
Mazkur tamoyillarni amalga oshirishda fan o‗qituvchilari quyidagi didaktik 
talablarga e‘tibor berishi muhim hisoblanadi: 
- ta‘lim jarayonini aniq maqsad asosida tashkil etish; 
- ta‘lim jarayonini tizimli, uzviy, izchil tashkil etishga erishish; 
- ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana olish; 
- ta‘lim jarayonida demokratik tamoyillar hamda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ustivorligiga tayanish; 
- ta‘lim jarayonida ko‗rgazmalilikka alohida e‘tibor berish; 
- har bir mavzu mohiyatini ochib beruvchi hamda o‗quvchilarni ijodiy 
izlanishga chorlaydigan ta‘lim shakli va metodlaridan foydalanish va boshqalar. 
Uzviylikni ta‘minlashning yaxlit va tizimli yondashuvida pedagogik axborot 
texnologiyalaridan, pedagogikaning eng ilg‗or tajribalaridan o‗rinli foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Yuqoridalarni hisobga olib quyidagilarni aytish mumkin: 
- umumiy o‗rta ta‘lim tizimida vertikal va gorizontal uzviylikni ta‘minlashni 
takomillashtirishga doir metodik majmualar yaratish; 
- ta‘lim tizimida uzviylikni ta‘minlash xizmat qiladigan ilg‗or pedagogik 
texnologiyalarning zamonaviy metod va usullarini tadqiq etish va amaliyotga joriy 
etish; 
- har bir fan xususiyatidan kelib chiqqan holda, uzviylik nuqtai nazaridan, 
o‗quvchilar o‗zlashtirishi monitoringini olib borish; 
- ta‘lim jarayoniga yaxlit tizim asosida yondashish; 
- ta‘lim tizimida vertikal va gorizontal uzviylikni ta‘minlash bo‗yicha ilmiy-
amaliy, metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini amalga oshirish uchun, o‗quv-
tarbiyaviy tizimning asosiy komponentlarida uzviylikni ta‘minlashga erishish 


38 
zarur. Chunki, yuqori malakali ishlab-chiqarish mutaxassislarini tayyorlash, 
talabalar tomonidan o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi fanlarining ilmiy asoslarini 
chuqur o‗zlashtirishni, zarur bo‗lgan darajada bilim, ko‗nikma va malakalarga ega 
bo‗lishni talab etadi. Bular o‗z navbatida umumta‘lim, umumkasbiy va maxsus 
fanlarni turli bosqichlarda o‗qitishda uzviylik va izchillikning ta‘minlanishini 
taqozo etadi. 
Uzviylik bu didaktik prinsip bo‗lib, u ta‘lim mazmunini ifodalovchi o‗quv 
rejalar, dasturlar, darsliklarda o‗quv materiallarining bir-biri bilan mantiqiy 
bog‗lanish bo‗lishini, oldin o‗zlashtirgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini 
o‗zlashtirishga tayyorlashni, o‗quvchilarda ta‘limning har bir bosqichida ma‘lum 
darajada bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishni ta‘minlashni talab 
qiluvchi prinsipdir. 
Uzviylik murakkab pedagogik, psixologik muammo bo‗lib, buni hal etish 
yangi dasturlar, darsliklar yaratishda, ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim 
vositadir. Shuning uchun ham darsliklar mazmunini shakllantirishda uzviylik 
prinsipiga amal qilish kerak. Buning uchun esa eng avvalo, uzviylikni amalga 
oshirish obektlari bo‗lib nimalar hisoblanadi, degan savolga javob topish darkor. 
Shuning uchun mehnat ta‘limi optimallashtirilganlashtirilgan mazmuni 
asosida ishlab chiqilgan o‗quv fan dasturining uzviylik prinsipini ta‘minlash uchun 
quyidagilarga e‘tibor berish lozimdir: 
- o‗quv fan dasturi mazmunida mazkur fanni va uning ayrim mavzularini 
o‗rganish dasturda ajratilgan vaqtga mos kelishi, o‗quvchilar tegishli mavzu va 
bilimlarni ongli o‗zlashtirishlari uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olinishi; 
- o‗quv fan dasturi mazmuni dasturga muvofiq ravishda yoritilishi, 
meyorlangan bilimlarning puxta o‗zlashuvini ta‘minlashi, shu bilan birga iqtidorli 
yoshlarga qo‗shimcha mustaqil bilimlarni egallashlari uchun ma‘lumotlar berishi; 
- o‗quv fan dasturi turdosh fanlar bo‗yicha berilayotgan barcha xulosalar bir-
birini to‗ldirib boyitishi tabiat, jamiyat va ong to‗g‗risidagi qarashlarning yaxlit 
tizimini tashkil etishi; 


39 
- o‗quv fan dasturi orqali o‗quvchilarning bir fanni o‗rganishda hosil 
qiladigan ko‗nikma va malakalar ikkinchi fanni o‗rganishda yordam berishi uchun 
zamin yaratilishi va boshqalar; 
- o‗quv fan dasturi qo‗llaniladigan atamalar, tushunchalarning ta‘riflari, 
qonun-qoidalarining ifodalari, hodisalarning izohlari fanda va amalda qabul 
qilingan izohlarga mos tarzda bayon etilishi; 
- o‗quv fan dasturida ta‘lim turlariga mos ta‘lim mazmunini yoritilishida 
xalqaro tajribalar hisobga olinganligi maqsadga muvofiqdir. 
Muayyan fan bo‗yicha o‗quvchilar foydalanishi uchun mo‗ljallangan 
ta‘limning didaktik vositalari tizimi o‗quv majmua deb ataladi. O‗quv fan dasturi 
o‗quv metodik majmua tarkibiga kiradi va unda yetakchi o‗rinni egallaydi, shuning 
uchun ham o‗qitish vositalari va metodik qo‗llanmalarning butun tizimi o‗quv fan 
dasturi mazmuniga va tuzilmasiga to‗la mos kelishi ham uzviylik prinsipini 
ta‘minlashda muhim o‗rin egallaydi. 
Umumiy o‗rta ta‘limda fanlararo uzviylikni ta‘minlashning ilmiy-metodik 
tizimi quyidagicha namoyon bo‗luvchi o‗ziga xos xususiyatlarga ega:
12
- umumiy o‗rta ta‘limda amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiya jarayoni hamda 
fanlararo uzviylikning o‗ziga xos maqsad va vazifalarga egaligi; 
-umumiy o‗rta ta‘lim o‗quvchilarining jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi 
o‗ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda yaratilgan maxsus pedagogik 
tizimni ishlab chiqish zarurati; 
- milliy qadriyatlar, urf-odatlarimiz, turmush tarzi hamda mahalliy sharoitdan 
kelib chiqqan holda ta‘lim-tarbiya jarayoni o‗ziga xosligining e‘tiborga olinishi; 
- umumiy o‗rta ta‘limga yangi pedagogik texnologiyalar hamda samarali 
ta‘lim-tarbiya usullarini ishlab chiqish va tashkiliy shakllarini va mazmuni tanlash 
lozimligi; 
- umumiy o‗rta ta‘lim o‗quv dasturlari mazmunidagi fanlararo aloqadorlik, 
bog‗liqlik hamda uzviylik, atrof-muhitni o‗rganishga oid materiallarga 
qo‗yiladigan talabning yuqoriligi. 
12
Shodiyev D. Ta‘lim tizimida uzluksizlik va uzviylik . Ta‘lim taraqqiyoti. Toshkent, 2001 y. №3-4. 39-40 b. 


40 
Qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, umumiy o‗rta ta‘lim 
jarayoni mazmunida fanlararo uzviylikni ta‘minlashning ilmiy-metodik omillarini 
aniqlash va amalga oshirish bilan bog‗liq ko‗plab masalalar mavjud.
Umumiy o‗rta ta‘limda ta‘lim-tarbiya jarayonidagi mazkur muammolarning 
muhim sabablaridan biri o‗qituvchilarga vaqtli matbuotda yoritilayotgan 
yangiliklarning o‗z vaqtida va kerakli hajmda yetib borishi va ular tomonidan 
o‗zlashtirilishi bilan bog‗liq.
O‗zbekiston Respublikasida umumiy o‗rta ta‘lim ikki bosqichdan iborat 
bo‗lib, boshlang‗ich (1 - 4 sinflar) va umumiy o‗rta ta‘lim (1 - 9 sinflar)ni qamrab 
oladi. 
Umumiy o‗rta ta‘limning Davlat ta‘lim standarti boshlang‗ich hamda umumiy 
o‗rta ta‘lim nihoyasida o‗quvchilar egallashi lozim bo‗lgan bilim ko‗nikma va 
malakalarning minimal darajasini belgilab beradi. Ma‘lumki, umumiy o‗rta 
ta‘limning davlat ta‘lim standarti tarkibiga boshlang‗ich ta‘lim va har bir o‗quv 
predmetlari Davlat ta‘lim standartlari ham kiradi. Jumladan mehnat ta‘limi o‗quv 
predmeti boshlang‗ich ta‘lim Davlat ta‘lim standartida
13
«Inson va jamiyat» ta‘lim 
sohasi tarkibida, 5-9 sinflarda esa «Texnologiya» tarkibiga kiritilgan. Quyida 
«Mehnat ta‘limi» o‗quv predmetining boshlang‗ich ta‘limdan umumiy o‗rta 
ta‘limga o‗tishdagi uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlashning ilmiy pedagogik va
metodik muammolarni aniqlashga harakat qilinadi. 
Boshlang‗ich ta‘lim Davlat ta‘lim standartida - mazkur ta‘lim bosqichining
har bir ta‘lim sohasi uchun belgilangan standart predmetlari, mazkur ta‘lim 
sohasining modernizatsiyalashtirilishi ko‗zda tutilgan mazmuni, shu mazmunning 
tarkibiy qismlari, ta‘lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik 
texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda boshlang‗ich 
ta‘lim berishning maqsadi yuzasidan dastur, darslik va boshqa o‗quv-metodik 
materiallarni tayyorlashda uzviylik, tadrijiylik va to‗laqonlikni ko‗rsatkichlari 
negiz qilib olinadi. «O‗quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‗yiladigan minimal 
13
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi Respublika ta‘lim markazi. Uzviylashtirilgan Davlat ta‘lim 
standarti va o‘quv dasturi. Mehnat ta‘limi tasviriy san‘at, chizmachilik, musiqa madaniyati, jismoniy tarbiya.
(1-9 sinflar). Toshkent. Orginal maket ―Ma‘rifat - Pres‖ 2010 y.1-89 b.


41 
talablar» bo‗limida o‗quvchilarning boshlang‗ich sinflarda egallashi shart bo‗lgan 
minimal ko‗rsatkichlar keltirilgan. Boshlang‗ich ta‘lim bosqichi yakunida har bir 
o‗quvchidan ana shu bo‗limda belgilab berilgan ko‗rsatkichlarga erishishi davlat 
tomonidan talab etiladi. 
Shundagina muayyan o‗quv fanining o‗quvchi shaxsiga hamda jamiyat hayoti 
va fan texnikaning nisbatan rivojlantiruvchi xarakterdagi ta‘siri ta‘minlanadi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalari uchun tayyorlanadigan o‗quv rejalarga 
qo‗yiladigan didaktik talablarda: umumiy o‗rta ta‘limning majburiy ikki bosqichi 
nazarda tutilishi lozim: birinchi bosqich - boshlang‗ich ta‘lim (6 yoshdan 10 
yoshgacha). Bu bosqichda shaxsni shakllantirishning negizi yaratiladi. Bu 
yoshdagi bolalar rivojlanishi juda shiddat bilan borishi ko‗zda tutilishi zarur. 
Ikkinchi bosqich - o‗rta ta‘lim (10 yoshdan 15 yoshgacha). Bu bosqichda 
o‗smirlarda kelajakda kasb-hunar ta‘limi kollejlari yoki akademik litseylarda ta‘lim 
olishni davom ettirishi uchun zaruriy bilim, ko‗nikma va malakalar majmuini 
shakllantirish ko‗zda tutiladi. O‗quv rejalarini tayyorlashda bu yoshdagi bolalarga 
xos ruxiy va jismoniy xususiyatlarning g‗oyat beqarorligi hisobga olinishi shart. 
Shuningdek, o‗quv rejalarini ishlab chiqishda umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida 
o‗qitiladigan predmetlarga qo‗yiladigan Davlat ta‘lim standartlari ko‗rsatgichlariga 
tayanish zarur deb ko‗rsatilgan. Qabul qilingan tayanch o‗quv rejasidagi mehnat 
ta‘limi mazmunini o‗zlashtirishga esa 10 dan 9 ta bola umumiy o‗rta ta‘lim 
maktabidan keyin ixtiyoriy majburiy ta‘lim turini kasb-hunar kollejlarida davom 
ettirishlari lozim bo‗lgan bugungi kunda ular egallashlari zarur bo‗ladigan umum 
mehnat va dastlabki kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishni ongli 
ravishda olib borishni talab etadi. 
Boshlang‗ich sinflar «Mehnat ta‘limi» mazmuni va uni umumiy o‗rta 
ta‘limdagi uzluksizligi va uzviyligida ham bir qancha muammolar mavjud.
 
Boshlang‗ich maktablardagi (1-4 sinf) mehnat ta‘limi maqsadi: oddiy mehnat 
turlari va mehnat jarayonlari hamda oddiy mehnat qurollari bilan tanishtirishni, 
oddiy ish harakat usullarini to‗g‗ri bajarishni o‗rganishni, ularni rejalashtirishni, 
ish o‗rin tartibini saqlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi boshlang‗ich 


42 
mehnat hislatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 5-9 sinflarda esa o‗quvchilarda 
umummehnat ko‗nikma va malakalari shakllantiriladi, ularning qiziqish va 
qobiliyatlariga ko‗ra kasbiy moyilliklari, ixtiyoriy majburiy ta‘lim yo‗nalishini 
tanlashga yo‗naltirilgan xizmatlar, umummehnat madaniyati shakllantiriladi va 
rivojlantiriladi. Mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali 
yaqinroq tanishishlariga imkon yaratiladi, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab 
chiqarish texnologiyalariga o‗rgatiladi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida mehnat 
ta‘limi o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarida ixtiyoriy majburiy ta‘lim 
turini kasb-hunar sohasini yo‗nalishini (boshqa o‗quv predmetlari: tabiiy ilmiy, 
ijtimoiy gumanitar, filologiya, matematika va h.k. asosan akademik litseylarda 
tahsil yo‗nalishini ixtiyoriy majburiy ta‘limini tanlashga tayyorlasa, mehnat 
ta‘limi esa asosan kasb-hunar kollejlarida kasb-hunar soha yo‗nalishiga 
tayyorlashga xizmat qiladi, nisbatan: 10 ta o‗quvchidan 1 tasi litseyda o‗qishni 
davom ettirsa, 9 tasi kasb-hunar kollejlarida mutaxassislik egallaydilar) tanlashga 
tayyorlashning negizi bo‗lib, uning mazmuni asosan quyidagi yo‗nalishlarni o‗z 
ichiga oladi: 
I - IV sinflarda keng ko‗lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar 
(qog‗oz, karton, penaplet, plastilin, gazlama, simlar va boshqalar) bilan 
tanishtirish, 
ulardan 
o‗yinchoqlar 
va 
oddiy 
buyumlar 
yasash, 
xalq 
hunarmandchiligi to‗g‗risida boshlang‗ich tushunchalar berish, o‗quvchilarni o‗z-
o‗ziga xizmat ko‗rsatishga odatlantirish, uy-ro‗zg‗or mehnatini pazandachilikka 
dastlabki elementlarini shakllantirish, turli xildagi shakllar va buyumlarni yasashni 
o‗rganish va boshqalardan iborat. Bu davrda mehnat ta‘limiga ajratilgan o‗quv 
soatini yana 1 soatga oshirish maqsadga muvofiq. Chunki, bir soat davomida 
bajariladigan ishlar to‗g‗risida nazariy ma‘lumotlar berilsa, keyingi soatda esa 
aytilgan ish-harakat usullari amalda bajariladi, buyumlarni yasash yo‗llari, 
metodlari o‗rganiladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish