3
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O‗zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tiklanish va
rivojlanishning o‗ziga xos yo‗lini tanlashi, kadrlar
tayyorlash mazmuni hamda
tuzilmasini qaytadan tashkil etish zaruriyatini kun tartibiga qo‗ydi. Bu dolzarb va
murakkab muammoning yechimini topish maqsadida Respublika Oliy Majlisining
1997 yil 29 avgustida o‗tkazilgan IX sessiyasida «Ta‘lim to‗g‗risida» gi qonun va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda boshqa qator qarorlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda uzluksiz ta‘lim tizimini takomillashtirish, yuksak kasbiy,
ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash
milliy tizimini yaratish ko‗zda tutilgan. Shunday ekan texnika va texnologiyaning
kun sayin o‗zgarib borishi, axborotlarning shiddat bilan
yangilanishi va tarqalishi
zamonaviy sharoitlarga moslashish ko‗nikmasiga ega bo‗lish va yangi bilimlarga
intilishni talab etadi. Bu esa ta‘lim oluvchilarni mustaqil izlanishi va ishlashiga,
kasbiy hamda hayotiy muammolarni mustaqil yecha olishga o‗rgatish zaruriyatini
tug‗diradi. O‗quvchilarning
texnologik bilim, ko‗nikma va malakalarini
shakllantirishga oid innovatsion yechimlarni ishlab chiqish nafaqat mehnat ta‘limi
fanini, balki shu bilan birgalikda butun jamiyatimizni ham ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot darajasi o‗quvchilarning umumta‘lim tayyorgarligi bilan birga ularning
umumkasbiy hamda texnik va texnologik bilim ko‗nikmalarini shakllanishiga ham
yuqori talablar qo‗ymoqda.
Mehnat ta‘limining optimallashtirilganlashtirilgan
mazmunini tanlash va uni
o‗qitish metodikasini amaliyotga joriy etish, texnik vazifalarini yechishda va
mehnat operatsiyalarini bajarishda muhim ahamiyat
kasb etibgina qolmay bu
bilimlarni amaliy qo‗llash sohasini kengaytirish, ulardan foydalanish zarurligi
dissertatsiya mavzusining dolzarbligini namoyon qiladi.
Bu vazifani amalga oshirishda umumiy o‗rta ta‘lim maktablari alohida o‗rin
tutadi. Zero o‗sib kelayotgan yosh avlodga ularda aql idrok va imon-e‘tiqodning
4
qisqasi, ma‘naviyatning qay darajada shakllanganiga bog‗liq «faqat
yuqori
bilimli, madaniyatli va kasbiy yetuk shaxsgina iqtisodiy jihatdan erkin
demokratik va tub iqtisodiy o‗zgarishlarning ishonchli suyanchig‗i bo‗lishi
mumkin» deb ta‘kidlagan edi, Prezidetimiz I.A. Karimov.
1
Mehnat ta‘limi mazmunini optimallashtirilganlashtirish, o‗quvchilarning
mehnat operatsiyalarini
bajarish jarayonida ishni tez, aniq va oson bajarishga,
mashg‗ulotlarni chuqur va puxta o‗rganishga; mashg‗ulotlarning ta‘limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning izchilligi va uyg‗unligini
ta‘minlashga; o‗zlashtirilgan bilim va kasbiy ish-harakat usullarini oldindan
ma‘lum bo‗lmagan holatlar va vaziyatlarga ―ko‗chirish‖, ya‘ni o‗quvchilarda
mantiqiy
tafakkur, mustaqillik va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, umuman
olganda yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga katta imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: