56
bilan tavsiflanadi. Faoliyatning bu darajasi izlanuvchanlik,
ijodkorlik xarakteriga
ega bo‗lib, turli vaziyatlarda o‗zlashtirilgan keng doiradagi bilimlarni qator
obektlarda qo‗llash bilan amalga oshiriladi.
Umuman olganda, bilim va ko‗nikmalarni o‗zlashtirish sifati bo‗yicha
mehnat
ta‘limining
optimallashtirilgan
mazmuni
maqsadlarining
tashxislanuvchanligi o‗zlashtirishning zaruriy darajalarini aniqlashtirishni talab
etar ekan. Demak, birinchi navbatda, o‗quvchilarning bo‗lajak faoliyatiga va kasb
egallashiga qo‗yilgan talablari e‘tiborga olinadi.
O‗qitish jarayonida umumiy o‗rta, o‗rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim
muassasalari oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirish, ta‘lim
tizimini isloh qilishning asosiy yo‗nalishlari va tamoyillari, talablarini hisobga
olgan holda o‗qitish qonuniyatlari va prinsiplari aniqlandi, o‗qitish samaradorligini
oshirish maqsadida o‗quv-tarbiya ishlari jarayonida zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning ilmiy-metodik asoslari ishlab
chiqiladi.
Mehnat ta‘limining optimallashtirilganlashtirilgan
mazmunini tanlash
asosida o‗quvchilarni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,
raqobatbardosh kadrlar qilib ta‘lim berish va tarbiyalash maqsadida quyidagilarga
e‘tibor qaratildi:
1.
O‗quv-tarbiya
jarayoni
va
pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish
va
demokratizatsiyalash,
hamkorlik
pedagogikasiga
asoslanish.
2.
O‗quv-tarbiya jarayonida didaktik o‗yin, muammoli, modulli ta‘lim,
loyihalash va hamkorlikda o‗qitish texnologiyalaridan foydalanish orqali
o‗quvchilarning yakka tartibda va kichik guruhlarda mustaqil va ijodiy ishlarini
tashkil etib, ularni o‗z o‗quv-bilish faoliyatining subektiga aylantirish.
3.
O‗quvchilarning mustaqil ishi va tahsilini rejali, bosqichma-bosqich,
evolyusion tarzda tashkil etish.
4.
O‗quvchilarning kasbiy faoliyatiga yo‗naltirishni ilmiy-metodik
jihatdan
tayyorgarligini tahlil qilish, ularda bilim, ko‗nikmalar shakllanishini
57
hisobga olgan holda har bir o‗quvchiga o‗zini o‗zi rivojlantirishning individual ish
rejasini tavsiya etish.
5.
Ta‘lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, o‗quvchilarda mustaqil
tahsil olish va mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradigan zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini ongli tanlash va amaliyotda qo‗llash
ko‗nikmalarini egallashiga erishish.
6.
O‗quvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini o‗quv-tarbiya va ishlab
chiqarish jarayonining dolzarb muammolariga bag‗ishlash orqali izchil va
muntazam ravishda o‗z saviyasini oshirish va faol ijodiy ishlarini olib borishiga
zamin tayyorlash.
O‗quvchilarning
mustaqil
ijodiy
va
kasbiy
bilimlarni
egallash
tayyorgarligini takomillashtirishda ularning dunyoqarashi
va nazariy va amaliy
tayyorgarligiga asos bo‗ladigan ijtimoiy-gumanitar va tabiy-ilmiy fanlarini
o‗qitishda kasbiy, g‗oyaviy yo‗naltirilganlikni amalga oshirish, umummehnat
tayyorgarligini shakllantiradigan o‗quv amaliyoti, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, psixologiya kabi o‗quv fanlari o‗rtasida uzviylikni ta‘minlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki,
ta‘lim jarayoni ham maqsadga muvofiq ravishda
boshqariladigan tizim hisoblanadi. Har qanday
tizimni maqsadga muvofiq
boshqarish esa o‗z navbatida, faqat teskari aloqa vositasida amalga oshiriladi.
Ta‘lim jarayonida teskari aloqa sifatida o‗quvchilarning bilim darajalarini nazorat
qilish va baholash qabul qilingan. Mazkur masala ta‘lim jarayonining ajralmas
qismi sifatida o‗zining ko‗p asrlik tarixiga ega bo‗lib, bu sohada yetarlicha ilmiy-
uslubiy tadqiqotlar o‗tkazilgan.
Ta‘lim jarayonining yana bir muhim sohasi borki, bu soha ta‘lim
jarayonini boshqarishni yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu masala har
bir yangi o‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan bilimlarning undan avval o‗zlashtirilgan
bilimlar darajasiga bog‗liqligidir. Agar navbatdagi o‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan
bilimlarni undan oldingi o‗zlashtirilgan bilimlar asosida prognoz etish masalasi
ilmiy-uslubiy jihatdan hal etilsa va amaliyotda qo‗llansa, bu hol, birinchidan,
58
o‗qituvchilar uchun har bir o‗quvchining navbatdagi bilish faoliyatini boshqarishda
katta imkoniyatlar yaratadi. Ikkinchidan, har bir o‗quvchi o‗zini o‗zi nazorat qilish
imkoniga ega bo‗lib, o‗z faolligini oshiradi.
O‗quvchilarga
ta‘lim
tarbiya
berishda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish davr talabidir. Shu
nuqtai-nazardan zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini
tanlashda yuqori samara beradigan usullarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Shunga ko‗ra nazariy va amaliy mashg‗ulotlar davomida yangi pedagogik
texnologiyalarning foydalanish yuqori samara berishi aniqlandi.Ishlab chiqilgan
yangi mazmundagi dasturdan o‗rin olgan har bir mavzuning maqsad vazifalari
hisobga olingan holda quyidagi mashg‗ulot turlaridan foydalanish bo‗yicha tavsiya
ishlanmalar ishlab chiqildi (2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: