187
Katta yoshdagi har bir inson o‘z ehtiyoj va motivlaridan kelib chiqqan holda o‘z
bilimlarini oshirib, malakalarini rivojlantirib borishga ehtiyoj sezadi.
Yosh o‘tgan sari katta odamda ta’lim olishga nisbatan layoqat kamayib
bormaydimi? Olingan bilimlarni kerakli hajmda va tempda o‘z faoliyatiga qo‘llay
oladimi?
Aslida tabiat kishi hayotining barcha davrlarda atrof hayot, boshqa odamlar
bilan bog‘liq informatsion- ta’limiy o‘z munosabatida bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan
barcha biologik va neyrofiziologik shart-sharoitlarni yaratgan. Kishi turli yoshida
olayotgan bilimlari samarali bo‘lishi uchun ularga albatta
tafakkur jarayoni kerak
bo‘ladi.
B.G.Ananev,
L.I.Ansiferova,
Yu.N.Kulyutkin,
V.S.Rotenberg,
Ye.N.Stepanova, G.S.Suxobskayalarning ko‘p yillik o‘tkazgan tadqiqotlari shuni
ko‘rsatadiki, tafakkur inson hayotining barcha davrlarida faolligini yo‘qotmaydi,
lekin uning sturukturasida, tizimida ma’lum bir kattalar ta’limi bilan
shug‘ullanuvchi insonlar bilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
18-25 yoshgacha kishilarda obrazli va verbal tafakkur ustunlik qiladi.
Amaliy tafakkur asosan 21 yoshdan verbal va obrazli tafakkurning rivojlanganlik
darajasiga yetib oladi va 27-28 yoshlarda esa ular rivojlanishda amaliy tafakkur
verbal va obrazli tafakkurdan o‘tib ketadi. 30-40 yillarga yaqin obrazli tafakkur
yanada rivojlanadi. 40 yoshga yaqin o‘zida shakllangan intellektual tizimni o‘z
mehnat faoliyati tabiati va xususiyatlari bo‘yicha tadbiq eta oladi. 40 yoshdan 55
yoshga odatda amaliy tafakkurda pasayish kuzatiladi
uning faolligi obrazli va
verbal mantiqiy shakllarga tenglashadi. Ta’kidlash mumkinki, 50 yoshdan keyin
verbal tafakkur obrazli tafakkurdan ustunlik qiladi.
Inson hayotining 34-35 yoshlarida va 45-50 yoshlarida xotiraning nisbatan
pasayishi ko‘zga tashlanadi. Lekin inson organizmining imkoniyatlari, kuchli
motivatsiya, o‘z yoshiga xos layoqatlar dinamikasining hisobiga katta inson
muammolarini
bartaraf eta oladi, o‘zgarishlarni hal eta oladi. Katta bo‘lgan sari
informatsion talablar, muammolarni hal eta oladi. Sog‘liq, madaniyat, oila 40
yoshgacha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu yoshdagi ayollarda esa kasbiy faoliyat
bo‘yicha talablaridan zaruriy bilimlarni olish ehtiyojlaridan tashqari sog‘liq va oila
masalalari bo‘yicha bilimlarni egallash ehtiyoji yuqoriroq o‘rinni egallaydi. Bu
holat ularda 35-40 yoshgacha davom etadi.
40 yoshdan boshlab esa erkaklarda ham sog‘liqni saqlash va mustaxkamlash
bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish ehtiyoji chiqadi. Erkaklarda 2-
o‘rinda kasbiy faoliyat bo‘yicha bilimlarga qiziqishlari saqlanib qolsa, bu qiziqish
ayollarda 41-55 yoshda 4-o‘ringa 56 yoshda esa oxirgi o‘ringa tushadi.
Kattalarning ta’lim olish layoqatlari andragog faoliyatining psixologik
jihatdan tashkil eta olinganligiga ham bog‘liq. Samaradorlik ko‘rsatkichlari kattalar
auditoriyasining
professor-o‘qituvchiga
nisbatan
ishonchi
va
ochiqligi;
tinglovchilarning ishga jalb etilishining yuqori darajasi; mashg‘ulot davomida
bilish faolliklarining qat’iyligi; tinglovchilar orasida
yuzaga keluvchi samimiy
psixologik muhit; tinglovchilarning bir-biriga hamda ma’ruzachi-trenerga yordam
so‘rab samimiy murojaati; ta’lim jarayonida biron-bir tinglovchida yuzaga
keluvchi muammo va qiyinchiliklarga ijobiy munosabat; mashg‘ulot davomida
188
tinglovchilarning hamkorlikda muhokama qilish uchun o‘z muammolarini izhor
eta
bilishlari; tinglovchilarning o‘z nuqtai nazarini erkin bayon eta bilishlari;
hamkorlikdagi faoliyatning o‘rnatilganligi; andragog shaxsi va uning kasbiy nuqtai
nazariga (pozitsiyasiga) bo‘lgan hurmat va qiziqish; ma’ruzachi-trener (andragog)
o‘qituvchi fikriga qo‘shilish istagi; kattalar ta’limi tajribalarining ta’lim sohasiga
kiritilishi natijasida ta’lim mazmuni samarasining namoyon bo‘lishi; ta’lim
natijasiga qarab kasbiy va shaxsiy muammolarining hal etilishi imkoniyati;
tinglovchining ta’lim natijalaridan qoniqishi; tinglovchilarning ta’lim yakunidan
so‘ng o‘zaro aloqalarni davom ettirish istagining yuzaga kelishida namoyon
bo‘ladi, hamda bu xususiyatlar andragogikaning muhim jihatlaridir. Demak,
-
andragogik bilimlar ta’lim
jarayoni, maqsad va vazifalarini to‘g‘ri
belgilashda, ta’lim texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llashdagina yaxshi samara beradi;
-
tinglovchilarning yosh xususiyatlarini va ularning ehtiyojlarini bilgan holda
ta’lim berish ta’lim sifatini oshirishga va ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat
qiladi;
-
malaka oshirish jarayonida andragogik bilimlar qo‘llanilayotgan yangi
ta’lim shakllarini mazmun va mohiyatini to‘g‘ri aniqlash hamda to‘g‘ri tashkil
etishga yordam beradi.
Malaka oshirish jarayoni samaradorligi tinglovchining shaxsiy faolligiga
ham bog‘liqdir.
Faollik quyidagi komponentlarga ega:
-
o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyor turishi;
-
mustaqil faoliyatga harakat;
-
vazifalarni ongli bajarish;
-
o‘qishdagi uzviylik;
-
o‘z shaxsiy darajasini oshirishga harakat.
Samaradorlik tinglovchining malaka oshirish davomidagi mustaqil ta’lim
olishlariga ham bog‘liq: mustaqil ta’lim quyidagilardan iborat.
-
kutubxonada ishlashi;
-
internetdan foydalanishi;
-
o‘zaro tajriba almashishi;
mustaqil ravishda kursdan keyingi ta’lim dastur mazmunini tanlay bilishi.
Tinglovchida malaka oshirishga nisbatan ijobiy motivning shakllanganligi.
Kattalar ta’lim jarayoni samaradorligiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri
markazda psixologik xizmatning tashkil etilishidir. O‘qituvchiga psixologik xizmat
ularning:
-
psixologik onglarini oshishiga;
-
o‘zliklarini tahlil etish va anglashga;
-
o‘z shaxsiy muammolarini hal etish yo‘llarini belgilab olishlariga;
-
o‘zlariga nisbatan ishonchni orttirishga;
-
qat’iylashgan hayotiy qarashlarining o‘zgarishiga;
-
psixologik
va
pedagogik
xizmat
haqidagi
tushunchalarini
kengayishiga;
189
-
qiyin va muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llarini bilishga;
samarali muloqot yo‘llarini bilish va hokazolarga yordam beradi. Kattalar
ta’limini tashkil etishda ularning yoshlariga xos psixologik xususiyatlarini hisobga
olish, kattalar ta’limi prinsiplariga amal qilish andragogika samaradorligining
muhim omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: