motsional xususiyatlarining yosh dinamikasi.
Hissiy qo‘zg‘aluvchanlik,
intensivlik va hissiyotning davomiyligi emotsionallik xususiyatlariga bog‘liqdir.
Ayollarda emotsional qo‘zg‘aluvchanlik ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymati dastlab
15-20 va 21-30 yosh guruhlarida bir xil darajada saqlanib, so‘ngra asta-sekin
pasaya boshlaydi. 51-60 yoshli ayollar namunasida emotsional qo‘zg‘aluvchanlik
darajasining birmuncha oshishi kuzatiladi, ammo keyingi yoshda 61-75 yoshdagi
ayollar bu ko‘rsatkichning keskin pasayishi kuzatiladi va u o‘zining minimumiga
yetadi.
Yoshlikdan keksalikka qadar ayollarda hissiy hayajonlanish darajasini pasaytirish
tendensiyasi mavjud. Erkaklarda hissiy hayajonlanish darajasi yosh o‘zgarishi
bilan asosan bir xil tendensiyaga ega, ya’ni unda asta-sekin pasayish (faqat 41-50
yoshdagi erkaklarda bu ko‘rsatkich yuqoriga qarab juda muhim sakrash bor, va
keyin yana unda pasayish kuzatiladi). Xuddi ayollarda bo‘lgani kabi, emotsional
qo‘zg‘aluvchanlik 15-20 yoshda maksimal va 61-75 yosh guruhida minimal
bo‘ladi.
E
Do'stlaringiz bilan baham: |