O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

Tafakkur va itellekt
. D. Vekslerning fikriga ko‘ra, inson intellekti 19-20 yoshiga 
kelib maksimal rivojlanishga erishadi, keyin mahalliy psixologlarning 
ma’lumotlarida tasdiqlangan stabilizatsiya bosqichi keladi. 30-34 yoshlardan 
boshlab intelektual funsiyalarning mahsuldorligi pasayib boradi. Agar biz mantiqiy 
tafakkurini 100% deb olsak, yigirma yoshlilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini 
olsak, 30 yoshda 87 %, 50-80 va 60 yoshlarda 75 % ni tashkil qiladi. 
Eng katta pasayish kognitiv vazifalarni bajarish uchun vaqt yetishmasligi bo‘lgan 
hollarda kuzatiladi. Verbal subtestlar 47 yosh va undan katta yoshdagi kishilar 
tomonidan 18-25 yoshdagilarga nisbatan (mos ravishda 267 va 245 ball) 
muvaffaqiyatliroq amalga oshirilganligi aniqlandi. Matematik subtestlar uchun 
ham xuddi shunday (o‘sish 88 dan 103 ballgacha bo‘lgan). 
Fazoviy fikrlash testida ziddiyatli natijalar olindi eng past ball 26-35 va 36-46 yosh 
guruhlarida olingan (mos ravishda 95,6 va 97,3 ball). 18-25 va 47 yosh va undan 
katta yosh guruhlarida ko‘rsatkichlar har ikkala guruhda ham yuqori va bir xil 
bo‘lgan (mos ravishda 100,1 va 100,7 ball). 
Ushbu tadqiqotda sub’ektlarning aql-zakovati darajasidan qat’iy nazar, kattalar va 
keksalik davrida intellektual qobiliyatlarning pasayishi ko‘rsatilganidek keskin 
sodir bo‘lmaydi. 
Kreativlik.
A. K. Kanatov ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar kreativligi 25 dan 55 
yoshgacha bo‘lgan yosh oralig‘ida bir xil darajada qoladi va faqat 55 yoshda 
kamayadi. Ayollarda, yosh bilan bog‘liq kreativlikni yengil, lekin barqaror 
pasayishi kuzatiladi. 
M. V. For o‘zining tadqiqotlarida sinaluvchilarni uch guruhga bo‘lib o‘rgandi (18-
25, 26-46 va 47-60 yosh) 18 yoshdan 60 yoshgacha odamlarda kreativlik 
o‘zgarishlarni dinamikasini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, oltita subtestdan to‘rtta, 
o‘rtacha ijodkorlik ballari bir yosh guruhidan boshqasiga kamaydi. Bu 


184 
kreativlikning ravonlik, o‘ziga xoslik va moslashuvchanlik kabi ko‘rsatkichlariga 
tegishlidir. Muallif buni hayot tajribasi yosh bilan ortib borayotganligi sababli, 
odamlar yangi yechimlarni izlashlari kerak bo‘lgan vaziyatlarda o‘zlarini topish 
ehtimoli kamroq va kreativlik kamroq bo‘ladi. Ye.P.Ilin 25-30 yoshdan 41-50 
yoshgacha bo‘lgan davrda 31-40 yosh guruhida birmuncha o‘sish bilan kreativlik 
deyarli teng ifodalanadi
Tanqidiy tafakkur. Erkaklarda tanqidiy fikrlashning cho‘qqisi 30 yosh, ayollarda 
esa-40 da ro‘y berishi, shundan so‘ng kritiklikning keskin kamayib ketishi 
ko‘rsatilgan. Uzoq vaqt davomida psixik funksiyalarning saqlanishi inson 
tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga yordam beradi. Ushbu faoliyat uchun 
eng muhim bo‘lgan va uning yuqori ishlashini ta’minlaydigan funksiyalar uzoq 
vaqt saqlanib qoladi. Shunday qilib, haydovchilar, uchuvchilar va dengizchilar 
keksalikka qadar ko‘rish qobiliyatini va ko‘rish maydonini yuqori darajada saqlab 
qoladilar. B. G. Ananev ta’kidlashicha, musiqa ijrochiligida tajriba to‘plash bilan 
ovoz-ijro 
diskriminatsiyasi 
rivojlanadi, 
shuning 
uchun 
kata 
yoshdagi 
musiqachilarda musiqani o‘rgana boshlagan (hatto juda iste’dodli) bolalarga 
nisbatan yuqori bo‘ladi. Yuqori darajadagi ta’lim va intellektual faoliyat bilan 
og‘zaki funksiyalarda ham pasayish yo‘q. Aksincha, intellektual ish bilan 
shug‘ullangan insonlarda og‘zaki mantiqiy vazifalari 50 yoshgacha yuqori 
ko‘rsatkich ammo oltmish yoshda kamayib boradi.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish