4. Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning ijtimoiy shart-
sharoitlari
Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoqlashish, nafaqaga
chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi
muhim o‘zgarishlardir. Keksalarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular
hayotining ijtimoiy vaziyatini to‘liq deb bo‘lmaydi. Keksalik davrida inson
quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qolish hamda yangi
ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish yoki yaqinlarining qiziqishlari bo‘yicha ularga
qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal qilish uchun individual hayotga kirish. Bu
tanlov u yoki bu moslashuv strategiyasini – o‘zini shaxs sifatida yoki individ
sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga
bog‘liq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifatida saqlab qolishga, yoki
individ sifatida saqlab qolishga yo‘naltirilishi mumkin.
“Yopiq kontur tipi” bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga
qiziqishlar va intilishlar darajasining pasayishida, egotsentrizm, emotsional
nazoratning
susayishi,
to‘liqsizlik kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan
atrofdagilarga befarqlikda namoyon bo‘ladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini
“passiv keksayish” yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb atashadi.
Bunga alternativ ravishda yana bir model mavjud, bunda jamiyat bilan aloqalar
saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi. Bunda yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani
tizimlashtirish va uzatishdan iborat bo‘ladi. Bunda keksalar kasbiy faoliyatlarini
197
davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilishlari, nabiralarni
tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
O‘zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan
shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega bo‘lish, yaqinlarga kerakli inson bo‘lishga
intilish, hayotga qiziquvchanlikni his qilish zarur.
N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davrlarning o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tgan
9
.
I. Nafaqadan oldingi keksalik.(55 yoshdan nafaqaga chiqquncha)– nafaqaga
tayyorlanish.
1.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati.
nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu “tezroq dam olishni
boshlash”, kim uchundir faol mehnat faoliyatining to‘xtatilishi hamda qolgan
energiyasini va tajribasini nima qilishni bilmay noaniqlik;
asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari uning tezroq nafaqaga
ketishini xohlashadi, inson esa buni sezadi, boshqa tomondan inson uni nafaqaga
boshqalarga nisbatan kechroq chiqazishlariga umid qiladi;
–
yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabiralarini ham
ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun “foydali”, ikkinchi tomondan yaqinda o‘zining
ishlamaganida, nafaqasiga qarab qolganida “kerak emasligini” his qilish;
–
ishda o‘ziga “munosib shogird” tayyorlash, trabiyalashga intilish.
2. Yetakchi faoliyat:
–
ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin “Yaxshi nom”
qoldirishga intilish;
–
o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish;
–
nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini maksimal darajada
namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanib, “bo‘linishlari”
mumkin;
9
Пряжников Н.С. Личностное самоопредение в преклонном возрасте// Мир психологии.1999. №2. С.111-
123.
198
–
nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini rejalashtirish,
nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi.
II. Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) – bu yangi ijtimoiy
status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati.
eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-asta kamayib boradi;
–
asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi (“tajribasiz
nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim);
–
sekin asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo bo‘ladi;
–
yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘rning nabiralar tarbiyasi
bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun bolalar va nabiralar bilan muloqot
ham nafaqaxo‘r ijtimoiy vaziyatining bir qismi hisoblanadi.
2. Yetakchi faoliyat:
–
bu birinchi navbatda yangi rol sifatida “o‘zini izlash”, turli faoliyatlarda o‘z
kuchini sinab ko‘rishdir, bu “sinab ko‘rish va xato qilish” metodi orqali o‘z-o‘zini
aniqlashdir (bunda u kundan kunga hayot qisqaligini his qiladi).
–
Ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati bo‘yicha
mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishlayotgan nafaqadagilarda
shaxsiy muhimlik hissi ortadi.
–
Yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari kuchayadi.
–
Ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam o‘tgan umrini sarhisob qilishga harakat qiladi,
ayrimlar “memuarlar” yozib o‘z tajribasi va kechinmalari bilan bo‘lishishga
harakat qiladi.
III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha yildan keyin sog‘liqning
jiddiy yomonlashuvigacha bo‘lgan davr) bunda inson yangi ijtimoiy statusni
egallab olgan bo‘ladi va quyidagilar bilan tavsiflanadi:
1.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati.
o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot
;
keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga “g‘amxo‘rlik”
qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot;
199
ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat o‘zgaradi, ayrim
keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari asta-sekin uzoqlasha boradi.
2. Yetakchi faoliyat
bo‘sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat bilan shug‘ullanib,
o‘zlarini sinab ko‘radilar.
har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini ko‘rsatishga intilish;
ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo‘lsa-da) uchun o‘limga tayyorlanish
yetakchi faoliyat bo‘lib qoladi, bu dinga berilish, tez-tez qabristonga borish,
yaqinlariga “vasiyatlar” qilishda namoyon bo‘ladi.
IV.
Sog‘liqning birdan yomonlashishi sharoitidagi uzoq umr ko‘rish
sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati bir-biridan farq qiladi.
1.Ijtimoiy vaziyat.
yaqinlar, qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bilan asosan muloqot
amalga oshiriladi.
qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech kimi yo‘q qariyalarni
bunday uylarga joylashtiriladi).
2.Etakchi faoliyat:
da’volanish, qandaydir usullar bilan bo‘lsa-da kasallikka qarshi kurashish;
o‘z hayoti mazmunini anglashga intilish. O‘z hayotini bezashga intilish,
hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda inson “bekorga yashamaganligini
ko‘rsatish uchun” o‘zidan yaxshiroq narsa qoldirgisi keladi.
IV.
Nisbatan mustahkam sog‘liq bilan uzoq umr ko‘rish (75-80 yosh va
undan kattalar)
1.Ijtimoiy vaziyat.
yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida uzoq umr ko‘ruvchi
shaxs yashayotganligidan faxrlanish;
uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar paydo bo‘ladi;
uzoq umr kechirish noyob hodisa bo‘lganligi uchun u bilan gaplashishga
hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi.
200
2.Etakchi faoliyat:
Insonning layoqatiga bog‘liq bo‘lib, ko‘proq faol hayot tarzini kechirish,
sog‘liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytganlarini qilish emas, balki o‘z
sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |