O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

N.V.Kuzmina
o‘qituvchi faoliyatidagi ba’zi qobiliyatlarga muvofiq keluvchi 
asosiy tarkibiy qismlarga qonstruktivlik (pedagogik maqsadga mos keluvchi 


304 
materialni tanlay olish va uni namoyon etish vositalarida aks etadi), 
tashkillashtirish, kommunikativlik (tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘rnata olish 
qobiliyati) va gnostik (bilimlardan foydalanish va qo‘llay olish qobiliyati) 
qobiliyatlarni kiritadi. Bundan tashqari, N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatlarga 
pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, pedagogik takt, diqqatning 
taqsimlanishi, talabchanlikni kiritadi. 
-
O‘z ishini muvaffaqiyat bilan olib borishi uchun pedagog bir qator zarur 
bo‘lgan umumiy va maxsus qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Umumiy qobiliyat 
deganda, har qanday inson faoliyatida yuqori natijalarga erishish mumkin bo‘lgan, 
maxsus qobiliyat esa bolalarga ta’lim va tarbiya berishda yutuqlarga erishish 
mumkin bo‘lgan pedagog faoliyati davomidagi kerakli qobiliyat tushuniladi. 
Umumiy qobiliyatlarga bu yerda to‘xtalib o‘tmaymiz, chunki ular faqatgina 
pedagogik faoliyat bilan bog‘liq emas, maxsus qobiliyatni esa batafsil ko‘rib 
chiqamiz. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
Bu barcha maxsus qobiliyatlar-ta’lim berish, o‘qitish, o‘rgatish- uchta o‘zaro 
bog‘langan bilim olish, malaka oshirish va ko‘nikma hosil qilishning jihatlaridir. 
Ular ontogenezda qachon va qanday shakllana boshlanishini, shuningdek, qanday 
qonuniyatlar bo‘yicha rivojlanishini aniq aytish qiyin. Ulardan qaysilaridir tug‘ma 
hisoblanib, zehn ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, holbuki hozirgacha ilm-fan bu 
narsalar to‘g‘risida aniq ma’lumot bera olmaydi. Boshqa qobiliyatlar kabi 
pedagogik qobiliyat ham tarbiyalanadi va ularni ongli ravishda bolalarda 
shakllantirish hamda rivojlantirish mumkin.
Maxsus pedagogik qobiliyatlar ichida bolalarni tarbiyalash qobiliyati o‘ziga 
xos sinfni tashkil etadi. Ular ichida asosiylar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1.
Boshqa odamning ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholay olish, hamdardlik, 
hamfikrlik (empatiya) qobiliyati. 
2.
Bolalar uchun qilayotgan ishlarda namuna va o‘rnak bo‘la olish qobiliyati. 
3.
Bolalarda olijanoblik hissini, yaxshi inson bo‘lishga xohish va intilishni
yuqori axloqiy maqsadlarga erishishni shakllantirish qobiliyati. 
4.
Tarbiyalanuvchi bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga tarbiya ta’sirlarini 
moslashtira olish qobiliyati. 
5.
Odamda ishonch hissini uyg‘ota olish, uni tinchlantirisha olish, o‘z-o‘zini 
rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash qobiliyati. 
6.
Har bir bola bilan muomala qilishning kerakli usulini topa bilishi, o‘zaro 
tushunishga erisha olish qobiliyati. 
7.
Tarbiyalanuvchi tomonidan o‘ziga nisbatan hurmat uyg‘ota olish, bolalar 
orasida hurmat qozona olish qobiliyati. 
Pedagogning tarbiyachi sifatidagi qobiliyati ham uning o‘qituvchilik 
qobiliyatiga muvofiqdir. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi o‘qituvchi 
bo‘lishdan ko‘ra yaxshi tarbiyachi bo‘lish birmuncha murakkabroqdir.
Ba’zan yaxshi o‘qituvchi bo‘lib, nisbatan kuchsiz tarbiyachi bo‘lish mumkin. 
Ba’zan esa yaxshi tarbiyachi bo‘lib, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish murakkablik qiladi. 
Bu holat ayrimlarda o‘qituvchilik, ayrimlarda esa tarbiyachilik faoliyat doirasining 
asosiy ekanligini anglatadi. 


305 
Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham borki, ularni aniq 
o‘qituvchilik yoki tarbiyachilik faoliyatiga mansub deb ajratib bo‘lmaydi. Negaki, 
ular har ikkalasi uchun ham bir xilda zarurdir. Bu narsa - pedagogik muloqot
muomaladir. Psixolog olim 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish