O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

I.V.Straxov
benihoyat 
katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda muhimi -o‘quvchilarga ta’sir 
etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga 
muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga 
olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda 
mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir. 
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri - har qanday pedagogik 
ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirshp, jazolash, 
pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Farosatli o‘qituvchi bolalarga e’tibor 


303 
berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan 
hisoblashadi.
Pedagogik taktning yo‘qligi ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi. 
O‘qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish 
joizki, qachon o‘quvchilar o‘qituvchining ijobiy hislatlari to‘g‘risida gapirar 
ekanlar, ular hamisha o‘qituvchining adolatliligi kabi hislatlarini birinchi o‘ringa 
qo‘yadilar. 
8. Pedagogik xayol
— bu kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy 
tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra 
bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma’lum 
o‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda 
u yoki bu xildagi hislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon 
bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o‘quvchilarga 
bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
— bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida 
diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida 
g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. 
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zining diqqat-e’tiborini o‘quv materialini 
qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday 
ochib berishga yoki o‘quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir 
vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, 
e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, 
o‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-
atvoriga (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor 
beradi. Tajribasiz o‘qituvchi, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga berilib 
ketib, o‘quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan 
chiqarib qo‘yadi, agar, bordiyu, o‘quvchilarni diqqat-e’tibor bilan 
kuzatishga harakat kilsa, bunday hollarda o‘z bayonotining izchilligini 
yo‘qotib qo‘yadi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashkari,o‘qituvchi inson 
shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik 
kabi qator ijobiy hislatlariga ega bo‘lishi lozim.
U o‘quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yurish-turishi, 
xullas, butun o‘qituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
O‘kituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir. 
Xulosa kilib, shuni aytish joizki, o‘kituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy 
axlok me’yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi 
hislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. 
Jumladan, o‘kituvchining tashki kiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. 
O‘kituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning poqizaligi, saranjom – sarishtaligi, 
o‘zini chiroyli tutishi kaddi-komati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi 
taassurot koldiradi.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish