O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

 
3.Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari 
 
Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55-65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik 
davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy 
determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. 
Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, 
jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan 
ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan 
“iste’fo shoki” holatining o‘tkir kechishida namoyon bo‘ladi. 
Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy hissiy 
holatlarni vujudga keltiradi. L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalarning uch 
xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin
7
. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga 
chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb 
ko‘chadilar, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. Bularning bari 
ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori bo‘lishiga hamda umrining 
uzun bo‘lishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar hayotga passiv 
munosabatda bo‘ladi. Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga 
hurmatning yo‘qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi. 
7
Л.И.Анцифирова Новые стадии поздней жизни: Время теплой осени или суровой зимы.// Психологический
журнал. 1994 № 3. С.99-105. 


195 
Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri “hayotga 
yangicha qarash” texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi ijtimoiy yondashuvga 
psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini, 
jamiyatga kirishishning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan 
his qilish, nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy cheklovlardan ozod 
bo‘lish hamda insonning yangi qobiliyatlari namoyon etadigan erkin fazo sifatida 
ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Keksalik davriga o‘tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yondashuv shaxs 
ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alomatlari sub’ekt tomonidan emas
balki atrofdagilar tomonidan seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari domiyligi 
tufayli uzoq vaqt sub’ekt tomonidan anglanmaydi, o‘zining “o‘zgarmasligi” haqida 
illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir bo‘ladi (masalan, 
sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan 
qarilikni anglash bilan bog‘liq inqiroz o‘smirlik davridagi inqiroz bilan 
tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni 
ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi og‘irroq kechadi. 
E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yo‘lining tugashi sifatida talqin 
etiladi
8
. Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, Egoning 
yaxlitlikka erishishidir. Keksa psixologik yoshga o‘tish muvaffaqiyatini E.Erikson 
oldingi yosh inqozlarini ijobiy hal qilish bilan bog‘laydi. Eriksonning 
ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bo‘lib, bunda o‘tmish, hozir 
va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarixini tasodiflardan xalos etish hamda 
avlodlar bilan aloqa o‘rnatish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik 
davrining eng yuksak yutug‘idir. 
Qarilik davrida rivojlanishning yosh vazifalari quyidagilarda bo‘lishi mumkin: 
yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik; 
keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish); 
vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib foydalanish; 
8
Э.Эриксон. Детство и общество 


196 
rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz kechish va yangilarini 
shakllantirish; 
yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlarning uzoqlashishi munosabati bilan 
bo‘ladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, emotsional egiluvchanlikni 
saqlash; 

ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib o‘tish), xulq-atvorning 
yangi shakllarini izlash; 

ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish