O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

Hayron qolish hissi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda hayron qolish 
hissi kuchli bo‘lib, tushuntirilayotgan yangi materialni, tadqiq qilinayotgan 
faktlarning sabablarini topishda qiynalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha 
ma’lum bo‘lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda 
bolada hayron qolish hissi tug‘iladi. Bu his ham kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga yo‘llovchi kuchli 
vositadir. 
Ishonch 
hissi.
Narsa 
va 
hodisalar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlar va 
munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab yoshidagi bolalarning tafakkuri 
jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning 
o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.
Shubhalanish
hissi 
kichik 
maktab 
yoshidagi 
o‘quvchilarda to‘liq 
rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi 
chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida 
tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va 
aytilgan qoidalarni har tomonlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. “Samarali 
ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq 
zarur” ( I.P. Pavlov) Bu hislar bola qiyinchiliklarni yengib, o‘z ishida ma’lum 
muvafaqqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravishda rivojlanadi. Kichik maktab 
yoshidagi bola o‘qish va yozishni bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani 
yechishni o‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. 
O‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga 
keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarning intellektual hislari uning bilish qiziqishlari bilan bog‘liqdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi nima bo‘lganiga, qaerda, qachon va qanday qilib 
bo‘lganiga juda qiziqadi, shuningdek uni ”Nima uchun bo‘ldi?” savoliga javobga 
nisbatan shu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u o‘qib berishga yoki 
yozib berishga qo‘rqib, uyalib hijolat torsa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga 
chiqara berish kerak, ana shunda u tortinmaydigan bo‘lib qoladi. Qayta-qayta 
doskaga chiqaverish natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat butunlay 
«so‘nib qolishi» va yo‘k bo‘lib ketishi mumkin. 


112 
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorlana berishi emas, 
balki odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol o‘ynaydi. 
"Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez o‘tib ketadigan hislarga ya’ni, bolaga 
bir xilda tasir qiluvchi va mazmuni chuqur bo‘lmagan obektlar sababli tug‘iladigan 
hislargagina taalluqlidir. Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tug‘dirgan 
ob’ektlar bizga qayta-qayta ta’sir o‘tkaza berganida yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki, 
aksincha, yana ham kuchli va barqaror bo‘lib qoladi. Masalan, muzika asarlarini 
qayta-qayta eshitish natijasida bizning estetik hislarimiz chuqur va kuchli bo‘lib 
qoladi. O‘zimiz yaxshi ko‘rgan, o‘zimiz uchun qadrli bo‘lgan joylarga har safar 
borganimizda bizning shu joylarga bo‘lgan hislarimiz, mehrimiz, odatda, kuchaya 
boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib qolishi»da boshqa qonuniyatlar 
ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar ba’zi nisbatlarda bir-birini yo‘qotib 
yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bo‘lib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga 
keltiradigan sabab paydo bo‘lib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qolishi 
mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yig‘lab turibdi. Onasi shu paytda kelib 
qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bo‘lishiga kuchli sababchi 
bo‘ladi, shuning uchun ham bolada ko‘z yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo 
bo‘ladi. O‘quvchidagi cho‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yo‘li 
bilangina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yo‘li 
bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin. Masalan, birinchi sinf 
o‘quvchisining xavotirligining sababi uning o‘z kuchiga ishonmaganligida bo‘lsa, 
unga oson bajara oladigan vazifalarni berish kerak. Shu vazifalarni bajara olgani 
uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalinishi bolada ijobiy hislarning 
tug‘ilishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning uchun ham 
doska oldida u o‘zini dadilroq his etadi.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish