Tiriklikning zamonaviy systemasi. Hozirga davrda Er yuzida 2 mln ga yaqin tirik
organizmlar mavjum. Ularni sistematika fani o‘rganadi. Sistematika biiologiyaning
bo‘limlaridan biri bo‘lib, uning vazifasi hozirmavjud bo‘lgan va qadimda yashab qirilib ketgan
organizmlarni tavsiflab berish hamda turli taksonomik kategoriyalarning bir-biriga nisbatan
o‘zaro ierarxik joylashuvini tartibga solish orqali organizmlar o‘rtasidagi evolyutsion
munosabatlarni to‘liq ochib berishdan iborat. Hozirgi sistematikada tur eng kichik asosiy
sistematik birlik bo‘lib, ikki nom nom bilan ataladi (binar nomenklatura). Turning ikki nom
bilan atashni 16-asr o‘rtalarida Konrad Gesner taklif etganligi taxmin qilinadi. Lekin binary
nomenklaturaning ilmiy asosini birinchi bo‘lib Karl Linney ishlab chiqqan. Hozirgi davrda
sistematikada quyidagi taksonomik birliklar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |