O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Pichano‟rarlar  (Opilliones)  turkumi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Pichano‟rarlar  (Opilliones)  turkumi.  Tashqi  ko‘rinishi  o‘rgimchaklarga  o‘xshaydi. 
Ulardan  tanasining  bo‘g‘imlarga  bo‘linganligi  bilan  farq  qiladi.  Qorin  bo‘limi  9—10 
bo‘g‘imdan  iborat.  Xelitserasi  qisqichga  o‘xshash,  oyoqlari  juda  uzun  va  ingichka  bo‘ladi. 
Traxeyalar  bilan  nafas  oladi.  3200  dan  ortiq  turi  ma‘lum.  Oddiy  pichano‘  rar-  Phalangium 
opillio imoratlar devori va daraxtlarda uchraydi. 
O‟rgimchaklar (Aranei) turkumi. O‘rgimchaklarning boshko‘krak va qorin bo‘limlari 
bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan,  lekin  bu  bo‘limlar  qisqa  va  ingichka  poyacha  orqali  o‘zaro 
tutashgan.  Xelitseralari  uchki  bo‘g‘imi  harakatchan  tirnoqqa  o‘xshaydi.  Pedipalpalari  uzun 
paypaslagichga  o‘xshash,  erkaklarida  qo‘shiluv  organi  vazifasini  bajaradi.  O‘pkalari  bir  yoki 
ikki  juftdan,  ko‘pchilik  turlarida  bir  juft  traxeya  naylari  ham  bo‘ladi.  Qorin  bo‘limining  ikki 
bo‘g‘imida  qorin  oyoqlari  o‘zgarib,  ikki  juft  to‘r  so‘gallari-o‘rgimchak  bezlarini  hosil  qiladi 
(133-rasm). 
O‘rgimchaklarning qorin bo‘shlig‘ida juda ko‘p bezlari bo‘ladi. Ayrim o‘rgimchaklarda 
bu  bezlarning  soni  1000  ga  yetadi.  Bezlarning  yo‘li  qornining  keyingi  qismida  to‘r  so‘gallari 
oldidagi  plastinkaga  ochiladi.  Bezlar  ishlab  chiqargan  yopishqoq  suyuqlik  havoda  qotib,  ip 
hosil qiladi. Bir necha yuzlab bezlar ishlab chiqaradigan juda ingichka ipchalarni bitta umumiy 
ipga yopishtirib o‘rgimchak ip to‘qiydi. Bu iplar quruq, ho‘l yoki yopishqoq bo‘lgadi. Ulardan 
o‘rgimchaklar tutuvchi o‘rgimchak to‘rini to‘qiydi  va pilla yasaydi. 
Hayot  kechirish  xususiyatlariga  ko‘ra  o‘rgimchaklarni  daydilar  va  o‘troqlar  ya‘ni  to‘r 
to‘quvchilarga  ajratish mumkin.  Daydi  o‘rgimchaklar tutuvchi to‘r to‘qimaydi,  o‘ljasini  yerda 
yoki  o‘simliklar ustiga  chiqib  olib poylaydi.  Ko‘pchilik o‘rgimchaklar uyada  yoki  to‘ri ustida 
o‘troq hayot kechiradi. Tutqich to‘rlarning o‘lchami va shakli juda xilma-xil, har bir to‘r o‘ziga 
xos bo‘ladi. O‘troq o‘rgimchaklarning tutqich to‘ri ini  yaqinida  yastanib  yetadi  yoki  daraxtlar 
va  butalarning  shoxlari  orasiga  tortilgan  bo‘ladi.  Bir  qancha  o‘rgimchaklar  yer  yuzasiga 


chuqurcha  shaklida  in  qurib,  uning  devorlariga    to‘rini  to‘shaydi.  Inni  to‘rdan  yasalgan 
qopqoqcha  yopib  turadi.  Suv  o‘rgimchagi  Argyroneta  aquatica  suv  tubida  qo‘ng‘iroqcha 
shaklida  tutqich  to‘r  to‘qiydi.  To‘  rni  suv  o‘simliklarga  yopishtirib,  havo  bilan  to‘ldiradi. 
O‘rgimchak damba-dam  suv  yuzasiga ko‘tarilib, tanasi sirtidagi tuklar orasiga havo olib, inga 
qaytadi. 
O‘rgimchaklar  to‘rga  tushgan  hasharotlarni  iplar  bilan  o‘rab  tashlaydi.  So‘ngra  o‘lja 
terisini  yirtib,  so‘lagini  tomizadi.  So‘lak  ta‘sirida  parchalanib,  suyuq  holga  kelgan  ichki 
to‘qimalarni  so‘rib  oladi.  O‘rgimchaklar  iplardan  tuxumi  atrofiga  pillaham    to‘qiydi  Urg‘ochi 
o‘rgimchaklar  pillasini  olib  yuradi  yoki  uni  qo‘riklaydi.  O‘rgimchak  iplari  o‘rgimchaklarni 
havo  oqimi  yordamida  tarqalishida  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Yengil  shabada  esib  turadigan 
kuz  kunlari  tuxumdan  chiqqan  yosh  o‘rgimchaklar  o‘tlarning  ustiga  chiqib,  uzun  ip  chiqara 
boshlaydi.  Ip  ma‘lum    uzunlikka  yetgach,  o‘rgimchak  oyog‘ini  yig‘ib  olib,  o‘simlikdan 
sakraydi. Shamol esa uni uchirib ketadi. 
O‘rgimchaklarda jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Erkaklari urg‘ochilariga nisbatan 
kichik,  pedipalpasida  naysimon  o‘simta  -  qo‘shilish  organi  bo‘ladi.  Erkak  o‘rgimchak  urug‘ 
bilan  to‘lgan  spermatoforini  urg‘ochisi  urug‘  xaltasiga  kiritadi.  Erkak  o‘rgimchaklar  kuyikish 
paytida  raqsga  o‘xshash  turli  hara-katlar  qiladi.  Ayrim  o‘rgimchaklarning  erkagi  urg‘ochisiga 
o‘ ldirilgan o‘lja in‘om etadi. Urug‘langan urg‘ochi o‘rgimchak qochishga ulgurmagan erkagini 
yeb qoyadi. 
O‘rgimchaklar hayotida tanasi  yuzasidagi  sezgir  tuklar tuyg‘u vazifasini bajaradi.  Ular 
tuklar yordamida yaqindan uchib o‘tayotgan hasharotlarni yoki tutqich to‘ ri iplari tebranishini 
sezadi. Bir qancha o‘ rgimchaklar ovoz chiqarish va uni eshitish xususiyatiga ega. Bu organlar 
tananing  turli  joylarida,  xususan  xelitsera  va  pedipalpalari,  ko‘krak  va  qorin  qismlarida  joy-
lashgan.  Hid  sezish  va  ta′m  bilish  vazifasini  oldingi  oyoqlar  panjasidagi  tarzal  organlar  yoki 
tana  sirtidaga  o‘simtalarda  joylashgan  lirasimon  organlar  bajaradi.  Hid  bilish  organlari 
kuyikish davrida katta ahamiyatga ega. O‘rgimchaklarning ko‘ zi 4 juft, ba‘zan 3 juft bo‘ladi. 
Ko‘pchilik  o‘rgimchaklarda,  ayniqsa  to‘r  to‘  qiydigan  turlarida  ko‘zlar  yaxshi  rivojlanmagan. 
To‘rdagi  o‘rgimchaklar  faqat  harakatlanadigan  yirik  narsalarni  ko‘radi.  Sakrovchi 
o‘rgimchaklarning  ko‘zlari  yaxshi  ko‘radi,  hatto  ular  narsalarning  rangini  ham  farq  qiladi. 
Tajriba  yo‘li  bilan  o‘rgimchaklarda  shartli  reflekslar  ham  hosil  qilish  mumkin.  Bir  qancha 
o‘rgimchaklarda himoya rangi va mimikriya xususiyati yaxshi rivojlangan. 
Ko‘pchilik  o‘rgimchaklarning  hayoti  bir  yilda  tugaydi.  Ularning  pilla  ichidagi  tuxumi 
yoki  yosh  nasli  qishlab  qoladi.  Tropik  iqlimda  hayot  kechiradigan  qushxo‘r  o‘rgimchak  (34-
rasm) 7—8 yildan 20 yilgacha umr ko‘ radi. 
O‘rgimchaklar  ko‘p  miqdorda  zararkunanda  hasharotlarni  yo‘qotib  foyda  keltiradi. 
Ularning  o‘zi  ham  boshqa  hayvonlar,  masalan,  kemiruvchilar,  sudralib  yuruvchilar  va 
hasharotlarga  yem  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  o‘rgimchaklar  zahari  faqat  hasharotlarga  ta‘sir  qiladi. 
Ayrim vakillarining zahari odam va hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi. O‘rta Osiyo, Kavkaz, 
Qrim  va  Eronning  cho‘l  va  dasht  mintaqalarida  uchraydigan  qoraqurt  Latrodectus 
tredecimguttatus  va  Amerika  cho‘llarida  tarqalgan  qora  beva  L.mactans  ayniqsa  juda  zaharli 
hisoblanadi. 


Qoraqurtning  urg‘ochisi  10—20  mm,  erkagi  4—7  mm  bo‘ladi.  Yosh  qoraqurt  qorin 
qismining  ustida  qizil  dog‘lari  bo‘  ladi.  Qoraqurt  odatda  qo‘riq  cho‘llar,  jarliklar  va  tog‘  yon 
bag‘irlarida  ko‘p  uchraydi.  O‘rg‘ochi  qoraqurt  tuproq  ustidagi  chuqurchalara,  kemiruvchilar 
ini,  yirik  toshlar  ostiga  in  quradi.  Inining  og‘ziga  tutqich  to‘rini  tortib  qoyadi.  Issiq  yoz 
mavsumida (iyun, iyul) qoraqurtlar pana joy qidirishga tushadi. Qoraqurt chaqishi ayniqsa ana 
shunday  migratsiya  davrida  ko‘  proq  sodir  bo‘  ladi.  Qoraqurt  zahari  tuyalar  va  otlarga  kuchli 
ta‘sir qilib, ularni odatda o‘limga olib keladi. Zahar odamga ham ta‘sir qilib, ba‘zan halokatga 
olib kelishi mumkin. Hozir qoraqurt zahariga qarshi zardob ishlab chiqilgan
15

Zaharli  o‘rgimchaklardan  O‘rta  Osiyo  va  Yevropaning  janubida  biy  (Lycosa 
singorensis)  keng  tarqalgan.  Biy  25—35  mm  kattalikda  bo‘lib,  tanasi  qalin  tuklar  bilan 
qoplangan. U chuqur vertikal inlarda yashaydi. Inining ostiga to‘r to‘shaydi. Biy ko‘proq nam, 
yerosti sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda uchraydi. Biy chaqqanida og‘riq 
sezilsa ham uning zahari odam uchun xavfli emas. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish