O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

concriformis va Lepidurus apus  uchraydi. 
Shoxdor  mo’  ylovlilar  (Cladocera)  kenja  turkumi.  Shoxdor  mo‘  ylovlilar  tanasi  ikki 
yondan  yassilashgan  bo‘lib,  ikki  tavaqali  tiniq  xitin  chig‘anoq  ichida  joylashgan.  Bir  qancha 
turlari  (masalan,  dafniya)  bosh  qismi  pastga  egilgan  tumshuqsimon  o‘simta  -  rostrumni  hosil 
qiladi. Boshida bitta fasetkali ko‘z, uning oldida oddiy nauplius ko‘zi joylashgan.  Dafniyaning 
fasetkali ko‘  zida 22,  yirtqich vakillarida 300 tagacha  ommatidalar bor.  Rostrum  ostida kalta 
cho‘  psimon  antennulalari  joylashgan  (123-rasm).  Antennalar  esa  kuchli  rivojlangan  uzun  va 
ikki  shoxli  patsimon  qillar  bilan  qoplangan  bo‘  lib,  harakatlanish  vazifasini  bajaradi.  Dafniya 
ikkala  antennalarini  orqaga  siltab,  oldinga  sakrab  harakatlanadi.    Shu  sababli  shoxdor  mo‘ 
ylovlilarni ―suv burgalari‖ ham deyishadi. 
 Shoxdor  mo‘  ylovlilarning  ko‘krak  bo‘limi  4-6  bo‘g‘imdan  iborat.  Ko‘krak  oyoqlari 
juda ko‘p patsimon qillar bilan ta‘minlangan. Qillar  yordamida suvdan mayda oziq zarralarini 
filtrlab  oladi.  Ko‘krak  oyoqaridagi    xaltasimon  o‘simtalar  nafas  olish  funksiyasini  bajaradi. 
Oldinga egilgan qorin bo‘limi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Qorni uchki qismi ikkita tirnoqsimon 
o‘simta  bilan  tugaydi.  Shoxdor  moylovlilar  rangi  qon  plazmasi  tarkibidagi  gemoglobin 
miqdoriga,  gemoglobin  esa  suv  tarkibidagi  kislorodga  bog‘liq  bo‘ladi.  Suvda  kislorod  ko‘p 
bo‘lganida  qon  och  qizg‘ish,  kislorod  tanqislida  to‘q  qizil  rangga  kiradi.  Qon  tomirlari 
bo‘lmaydi. Ko‘krak orqasida joylashgan pufaksimon yuragi qonni tana bo‘shlig‘ida aralashtirib 
turadi. Dafniya yuragi bir minutda 150—500 marta qisqaradi. 
Shoxdor mo‘ ylovlilarning dengiz va chuchuk suvlarda 400 ga yaqin turi bor. Chuchuk 
suvda  Daphnia  pulex  (123-rasm)  va  bosmina  Bosmina  longirostris  ko‘p  uchraydi.  Ko‘pchilik 
shoxdor  moylovlilar  bahor  va  yozda  partenogenez  ko‘payadi.  Tuxumlarini  tanasi  orqa 
tomoniga qalqon ostidagi kameralarga qoyadi. Ulardan  yana urg‘ochilari chiqadi. Kuzda havo 
sovishi  bilan  tuxumlar  qishlaydigan  stadiya  efippiy  hosil  qiladi.  Shunday  qilib,  dafniyalar  va 
ayrim  shoxdormoylovlilar  rivojlanish  sikli  kolovratkalarga  o‘xshab  geterogoniya  usulida  bo-
radi. 
Ko‘pincha  shoxdor  moylovlilar  chig‘anog‘i    shakli  va  o‘lchami  yil  davomida  o‘zgarib 
turadi. Yoz mavsumida dafniya chig‘anog‘i bosh qismida qalpoqcha paydo bo‘ladi; chig‘anoq 
o‘simtasi  cho‘ziladi.  Siklomorfoz  deb  ataladigan  bu  fasliy  o‘zgarishlar  bosmina  (Bosmina 
logirostris) uchun ham xoc. Siklomorfoz harorat ta‘sirida suv zichligi o‘zgarishi bilan bog‘liq. 
Yuqori haroratda suv zichligi kamayganidan suzish uchun tana yuzasi kengroq bo‘ lishi lozim. 


Shoxdor mo‘ ylovlilar chuchuk suvlarda har xil umurtqasizlar va baliqlar, ayniqsa baliq 
chavoqlari uchun qimmatli oziq bo‘ ladi. Baliqchilik xo‘ jaliklarida maxsus hovuzlarda dafniya 
va ayrim boshqa qisqichbaqasimonlar ko‘ paytiriladi. 
Jag‘oyoqlilar  (Maxillopoda)  kenja  sinfi.  Jag‘oyoqlilarning  og‘iz  organlari  yaxshi 
rivojlangan  bo‘  lib,  ozig‘ini  suvdan  ajratib  olish  uchun  xizmat  qiladi.  Fasetkali  ko‘  zlari  va 
jabralari  bo‘  lmaydi.  Ko‘  pchilik  turlarida  qon  aylanish  sistemasi  rivojlanmagan  yoki  juda 
soddalashgan.  Ko‘  kragi  odatda  6  bo‘  g‘imdan  iborat.  Ko‘  krakoyoqlari  suzish  uchun  xizmat 
qiladi. 
Jag‘oyoqlilar  keng  tarqalgan,  dengiz  va  chuchuk  suvlarda  turli  chuqurlikda  uchraydi. 
Ba′zi  turlari  o‘  troq  yashaydi  yoki  boshqa  suv  hayvonlari,  jumladan  qisqichbaqasimonlarda 
parazitlik qiladi. Ular mistakokaridlar, kurakoyoqlilar, karpxo‘ rlar, mo‘ ylovoyoqlilar, xaltako‘ 
kraklilar turkumlariga bo‘ linadi.  

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish