O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Jabraoyoqlilar  (Anostraca)  turkumi.  Jabraoyoqlilar  -  tana  bo‘g‘imlari  gomonom  bo‘ 
lgan  eng  tuban  tuzilgan  qisqichbaqalar.  Tanasi  bosh,  ko‘krak  va  qorin  bo‘limlariga  bo‘linadi. 
Boshining oldingi qismida antennulalar, antennalar, yagona nauplius ko‘zi va bir juft fasetkali 
ko‘zlari;  keyingi  qismida  ikki  juft  erkin  joylashgan  jag‘lari  bo‘ladi.  Bosh  qalqoni 
rivojlanmagan.  Ko‘kragi  11-19  bo‘g‘imdan  iborat.  Har  bir  bo‘g‘imida  bir  juftdan  ikki  shoxli 
bargsimon oyoqlari joylashgan. Ko‘krak oyoqlari bir xil tuzilgan. Oyoqlar tashqi tomonida 1-2 
ta nafas olish, bitta suzish va ichki tomonida suvni og‘izga  yo‘naltiradigan 6 ta o‘simtasi bor. 
Ko‘krak oyoqlari navbat bilan oldindan orqaga silkinib, qisqichbaqani oldinga suradi.  Oyoqlar 
qorin  tomonga  egilganida  esa  suv  oqimi  og‘izga  yo‘naladi.  Suvdagi  mayda  organizmlar  va 
chirindi moddalar og‘izda tutib qolinib, ichakka o‘tkaziladi. 
Jabraoyoqlilar  urug‘langan  tuxumlarni  suvga  qoyadi.  Tuxumlari  tashqi  muhit  ta‘siriga 
juda  chidamli,  qurib  qolgan  suv  havzalarida  ham  3—4  yilgacha  o‘z  hayotchanligini 
yo‘qotmaydi.  Jabraoyoqlilarning  180  ga  yaqin  turi  bor.  Ko‘  pchilik  turlari  chuchuk  suv 
havzalarida  yashaydi.  Tanasi  uzunligi  2  sm  dan  oshmaydi.  Yomg‘irdan  yoki  erigan  qordan 
keyin  hosil  bo‘ladigan  ko‘lmak  suvlarda  chalqanchasiga  suzib  yurgan  branxipus 
(Branchipus)ni uchratish mumkin. 
Sho‘r  suvli  ko‘llarda  artemiya  Artemia  salina  keng  tarqalgan.  Uning  ko‘payishi  va 
hayoti  boshqa  jabraoyoqlilardan  farq  qiladi.  Artemiyalar  ko‘pincha  urug‘lanmasdan 
partenogenetik yoki nauplius lichinkasi tug‘ib ko‘payishi mumkin. Suvning sho‘rlanish darajasi 
artemiyaning tashqi tuzilishiga ta‘sir qiladi. Nisbatan kam sho‘rlangan suvlarda artemiya qorin 
bo‘ limining uchki qismida furka - ayrisi va uni qoplab turuvchi qillar juda yaxshi rivojlangan. 
O‘ta  sho‘rlangan  suvlarda  esa  furka  va  uning  qillari  rivojlanmaydi.  Artemiyalar  hayvonot 
dunyosida juda kam uchraydigan poliploidlik xususiyatiga ega. Ularning individlari orasida -di, 
-tri, -tetra, -penta va hatto oktoploid shakllari ham bo‘ladi. 
Artemiya  qulay  sharoit  bo‘lganida  juda  tez  ko‘payib,  bir  m

suvda  13,6  g  gacha 
biomassa hosil qilishi mumkin. Ular osyotrsimon baliqlarning asosiy oziqasi hisoblanadi. Baliq 
urchitiladigan  xo‘jaliklarda  artemiyalar  maxsus  hovuzlarda  ko‘paytiriladi.  Tuxumlari  suv 
tanqisligiga  juda  chidamli  bo‘lganidan  ularni  qopchalarga  joylab  pochta  orqali  ham  jo‘natish 
mumkin. 
Bargoyoqli  qisqichbaqasimonlar  (Phyllopoda)  turkumi.  Bargoyoqlilarning  ko‘krak 
oyoqlari  bargsimon,  asosan  chuchuk  suvlarda  yashaydi.  Bargoyoqlilar  qalqondorlar, 
chig‘anoqlilar va shoxdor moylovlilar kenja turkumlariga bo‘linadi. 


  Qalqondorlar  (Notostraca)  kenja  turkumi.  Qalqondorlarning  boshko‘krak  va  qisman 
qorin  bo‘limini  yopib  turuvchi  ko‘krak  qalqoni  yaxshi  rivojlangan  (122-rasm).  Ko‘krak 
bo‘g‘imlarida  oyoqlar  soni  har  xil  bo‘ladi.  Oldingi  1-  10  ko‘krak  bo‘g‘imlarida  bir  juftdan, 
keyingi  bo‘g‘imlarida  esa  4—6  juftdan  oyoqlar  bor.  Qalqondorlar  hovuz  va  ko‘lmak  suvlar 
tubidagi balchiqdan har xil organik qoldiqlar va mayda jonivorlarni topib yeydi. Oziqni ko‘krak 
oyoqlar  o‘simtalari  yordamida  tutib,  oyoqlar  o‘rtasidagi  tarnovchasi  orqali  og‘izga  haydaydi. 
Oziqlanishning bunday usuli eng qadimiy hisoblanadi. Qalqondorlar partenogenez  ko‘payadi. 
Tuxumlari  noqulay  sharoitga  chidamli.  Turkum  9    turni  o‘z  ichiga  oladi.  Quyosh  nuri  tushib 
turadigan  suv  havzalari,  ba‘zan  yomg‘irdan  so‘ng  hosil  bo‘ladigan  halqob  suvlarda  Triops 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish