O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

antennal bezlar deyiladi. Daryo qisqichbaqasi ayirish bezlari yashil bo‘ lganidan yashil bezlar 
ham deyiladi.  
 Ko‘pchilik tuban qisqichbaqasimonlar uchun xos bo‘ lgan bir juft maksillar bezlar ham 
antennal  bezlarga  o‘xshash  tuzilgan.  Lekin  ularning  chiqarish  yo‘li  ikkinchi  juft  maksillalar 
asosiga  ochiladi.  Maksillar  bezlar  yuksak  qisqichbaqalarda  faqat  lichinkalik  davrida  bo‘ladi; 
voyaga yetish davrida antennal bezlar bilan almashinadi. Ayrim qisqichbaqasimonlarda bu ikki 
xil bezlar ham bo‘lishi mumkin. 
      Nerv  sistemasi.  Qisqichbaqasimonlar  nerv  sistemasining  umumiy  tuzilish  halqali 
chuvalchanglarga  o‘xshaydi.  Eng  tuban  tuzilgqan  jabraoyoqlilar  nerv  sistemasi  bir  juft  bosh 
gangliylari,  halqum  atrofi  qonnektivalar,  qorin    nerv  stvollari  va  har  bir  tana  bo‘  g‘imida  bir 
juftdan  joylashgan  nerv  gangliylardan  iborat.  Qorin  stvollari  bir-biridan  uzoqlashganligi, 
qarama-qarshi  tugunlarni    ko‘ndalang  komissuralar  orqali  tutashganligi  tufayli  nerv  sistemasi 
narvon  -  ortogon  shakliga  kiradi.  Narvon  tipidagi  nerv  sistemasi  tanasi  ko‘p  bo‘g‘imli  tuban 


qisqichbaqasimonlar uchun xos. Ayrim tana bo‘g‘imlari qo‘shilishi bilan  nerv gangiylari ham 
birlashib  ketadi.  Qorin  nerv  stvoli  esa  qisqaradi.  Masalan,  daryo  qisqichbaqasi  tanasi  18 
bo‘g‘imdan iborat, lekin qorin zanjiri boylab faqat 12 ta gangliylar joylashgan. Krablarda nerv 
tugunlari  konsentratsiyasi  yanada  kuchayadi.  Ularning  qorin  nervlari  qo‘shilib,  yaxlit  ko‘krak 
nerv  tugunini  hosil  qiladi.  Kurakoyoqlilar  va  chig‘anoqli  qisqichbaqasimonlarning  qorin  nerv 
tugunlari ham ana shu tarzda to‘ planib, ko‘krak tugunini hosil qiladi. 
Qisqichbaqasimonlar  bosh  miyasi  prototserebrum  va  deytotserebrum  bo‘limlaridan 
iborat.  Ko‘pincha  antennalar  tugunlari  ham  bosh  miyaga  yondoshib,  uchinchi  bosh  miya 
bo‘limi-  tritotserebrumni  hosil  qiladi.  Prototserebrumdan  ko‘zlarga,  deytotserebrumdan 
antennulalarga  nervlar  chiqadi.  Qisqichbaqasimonlar  va  hamma  bo‘g‘imoyoqlilar  tanasidagi 
nerv sistemasi tarkibiga gormonlar ishlab chiqaruvchi maxsus neyrosekretor bezlar ham kiradi. 
Bu  bezlarning  gormoni  gemolimfaga  tushib,  barcha  organlar  faoliyatiga,  modda  almashinuvi, 
tullash,  metamorfoz  kabi  jarayonlarga  ta‘sir  ko‘  rsatadi.  Neyrosekretor  sistema  bezlari  bosh 
miya va qorin nerv zanjirining turli qismlarida, shuningdek ko‘ rish nervlari yo‘lida joylashgan. 
Bezlar sekreti nervlar orqali sinuslariga, ulardan gemolimfaga tushadi. 
Sezgi  organlari.  Qisqichbaqasimonlarning  tuyg‘u,  hid  bilish,  ko‘rish  va  muvozanat 
saqlash  organlari  yaxshi  rivojlangan.  Antenna,  antennullalar  va  oyoqlari  yuzasida  joylashgan 
sezgir  tuklar  va  qilchalar  tuyg‘u  vazifasini  bajaradi.  Hid  bilish  organlari  antennalarda 
joylashgan juda yupqa kutikulali tuklardan iborat. 
Ko‘rish  organlariga  bitta  oddiy  nauplius  ko‘zcha  va  ikkita  murakkab  fasetkali  ko‘zlar 
kiradi.  Nauplius  ko‘z  nauplius  lichinkalar  uchun  xos  bo‘lsa-da,  voyaga  yetgan 
qisqichbaqasimonlarning  ko‘pchilik  turlarida  ham  uchraydi.  Bunday  ko‘z,  boshning  peshona 
qismida  antennullalar  o‘rtasida  joylashgan.  Nauplius  ko’z  chuqurcha  shaklidagi  2  yoki  4  ta 
qadahchadan  iborat.  Chuqurchalar  devorida  qora  pigment  bilan  qoplangan  bir  qavat  retinal 
(sezgir)  hujayralar,  tashqi  botiq  tomonida  nurni  sindiradigan  gavhar  linza  joylashgan.  Nerv 
tolalari  retinal  hujayralar  orqa  tomonidan  chiqqani  uchun  nauplius  ko‘z  teskari  ag‘darilgan 
hisoblanadi. 
Fasetkali  ko’zlar  juda  ko‘p  mayda  ko‘zchalar-  ommatidlardan  iborat.  Daryo 
qisqichbaqasining  ko‘zida  3000  dan  ko‘proq  ommatidlar  bor.  Ommatidlarni  pigmentli  yupqa 
parda ajratib turadi. Har bir ommatid yorug‘lik nurini qaytaruvchi va sezuvchi elementlarga ega 
bo‘lgan mustaqil ko‘zcha hisoblanadi. Ommatidning muguzsimon sirtqi yuzasi prizma shakliga 
ega.  Unga  buyumning  kichik  bir  qismi  tasviri  tushadi.  Ana  shunday  minglab  kichik 
bo‘lakchalardan umumiy tasvir hosil bo‘ladi. Tasvirning bu xilda hosil bo‘lishi mozaik ko’rish 
deyiladi.  Ommatidlarning  qavariqligi  sababli  fasetkali  ko‘zlarning  ko‘rish  maydoni  keng 
bo‘ladi.  Ko‘pchilik  qisqichbaqasimonlarning  fasetkali  ko‘zlari  poyacha  ustida  joylashganligi 
ham ko‘rish maydonini kengaytiradi. Ko‘pchilik yuksak qisqichbaqasimonlarda faqat fasetkali 
ko‘zlar,  kurakoyoqlilar  (siklop)  va  chig‘anoqli  qisqichbaqasimonlarda  esa  faqat  nauplius 
ko‘zlar  rivojlangan.  Bargoyoqlilarning  ko‘pchilik  turlarida  (dafniya)  va  ayrim  boshqa 
qisqichbaqasimonlarda nauplius bilan birga  fasetkali ko‘zlar ham  bo‘ladi. Ko‘rish organlarida 
paydo  bo‘ladigan  qo‘zg‘alishlar  ta‘sirida  neyrosekretor  hujayralar  tana  rangiga  ta‘sir  etadigan 
gormonlar  ishlab  chiqarishi  mumkin.  Ayrim  qisqichbaqasimonlar  (krablar,  krevetkalar)  o‘z 
rangini  o‘zgartirish  xususiyatiga  ega.  Ularning  bu  xususiyati  tana  qoplag‘ichi  xujayralarida 
pigmentning tarqalishi bilan bog‘liq. Pigment sitoplazmada bir tekis tarqalganida xujayra rangi 


ham o‘zgaradi. Pigment sitoplazma markazidagi xromatoforalarda to‘planganida xujayra oqish 
rangga kiradi. Pigmentli xujayralar faoliyatini sinus bezlari neyrosekretlari boshqaradi. 
 Muvozanat  saqlash  organlari  yuksak  qisqichbaqasimonlar,  asosan  o‘noyoqlilar  uchun 
xos.  Statotsistalar  deb  ataladigan  muvozanat  saqlash  organlari  antennulalarning  asosiy 
bo‘g‘imida  joylashgan  bo‘lib,  xitin  po‘stning  tana  ichiga  botib  kirishidan  hosil  bo‘lgan 
chuqurchadan iborat. Chuqurcha ichida patsimon sezgir tukchalar bor. Tashqi muhitdan odatda 
chuqurchaga  qum  zarralari  tushib  turadi.  Bu  zarralar  statolitlar  (muvozanat  toshchalari) 
vazifasini  o‘taydi.  Tullash  davrida  statolitlar  xitin  qoplag‘ich  bilan  birga  tushib  ketadi. 
Qisqichbaqa qisqichlari  yordamida  yoki  boshini  qumga bir  necha marta tiqib, qum  zarralarini 
statotsistalar chuqurchasiga tushiradi. 
Ko‘payishi  va  rivojlanishi.  Germafroditlik  faqat  o‘troq  hayot  kechiradigan  mo‘ 
ylovoyoqlilar  orasida  uchraydi.  Boshqa  qisqichbaqasimonlar  esa  ayrim  jinsli  bo‘ladi. 
Ko‘pchilik turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Ayrim qisqichbaqasimonlar (masalan, 
artemiya  jabraoyoqlisi)  erkaklarida  shakli  o‘zgargan  antenna  yoki  antennullalar  urg‘ochisini 
tutib  turish  vazifasini  bajaradi.  Daryo  qisqichbaqasi  erkagining  qorin  qismi  urg‘ochisinikiga 
nisbatan  ingichka,  birinchi  va  ikkinchi  juft  oyoqlar  esa  kopulyativ  (kuyikish)  organiga 
aylangan.  Tuban  qisqichbaqalar  erkaklari  urg‘ochilaridan  kichikroq.  Ayrim  parazit  va 
moylovoyoqli qisqichbaqalarning erkaklari urg‘ochilariga nisbatan juda kichik bo‘ladi. 
Qisqichbaqasimonlar  jinsiy  organari  ancha  sodda  tuzilgan;  ko‘pincha  bir  juft  jinsiy 
bezlar (urug‘donlar, tuxumdonlar) va ulardan boshlanadigan tuxum yoki urug‘ chiqarish naylari 
hamda  tashqi  jinsiy  teshikdan  iborat.  Urug‘  chiqarish  yo‘llari  bir  juft  uzun  naylardan  iborat. 
Urug‘  chiqarish  nayi  devorida  maxsus  bezlar  sekreti  yordamida  urug‘  hujayralar  bir-biriga 
yopishib,  ancha  yirik  qopchiqlar  -  spermatoforlarni  hosil  qiladi.  Urug‘lanishda  erkagi 
spermatoforlarni  urg‘ochisi  jinsiy  teshigiga  kiritadi  yoki  uning  yaqiniga  osib  qoyadi. 
Jabraoyoqlilar  kenja  sinfi  turlarida  tuxum  hujayralari  partenogenetik  rivojlanish  xususiyatiga 
ega. Ayrim turlarida urg‘ochilari jinsiy teshigi  yaqinida maxsus urug‘qabulqilgich joylashgan. 
Unda  urug‘  hujayralari  saqlanadi.  Jinsiy  teshiklar  tananing  turli  qismida  joylashgan.  Daryo 
qisqichbaqasi  erkagi  jinsiy  teshigi  beshinchi  juft,  urg‘ochisiniki  uchinchi  juft  yurish  oyoqlari 
koksopoditlarida  joylashgan.  Ayrim  qisqichbaqasimonlarning  urug‘  hujayralari  juda  yirik 
bo‘ladi.  Chig‘anoqli  qisqichbaqalar  ayrim  turlari  urug‘  hujayralari  6  mm,  ya‘ni  hayvonning 
tana uzunligidan bir necha marta ortiq bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish