O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Embrional  rivojlanishi.  Mezoderma  dastlab  halqali  chuvalchanglar  singari  selomik 
xaltachalarni  hosil  qiladi.  Lekin  bu  jarayon  tugallanmasdan  ,  mezoderma  yemirilib,  uning 
xujayralaridan  yurak  va  boshqa  mezodermal  organlar  shakllanadi.  Selom  birlamchi  tana 
bo‘shlig‘i bilan qo‘shilib, aralash tana bo‘shlig‘iga aylanadi. 
Postembrional 
rivojlanishi. 
Qisqichbaqalar 
postembrional 
rivojlanishini 
murakkablashuvi  tuxum  xujayrasidagi  sariqlik  miqdoriga  bog‘liq.  Sariqliqligi  kam  bo‘lgan 
tuxumdan  ancha  sodda  tuzilgan  nauplius  lichinka  chiqadi.  Lichinka  tanasi  akron,  antenna  va 
mandibula bo‘g‘imlari hamda bo‘g‘imlarga bo‘ linmagan anal qismdan iborat. Akron o‘simtasi 
-  antennulla  shoxlanmagan,  antennalar  va  mandibula  jag‘lari  ikki  shoxli  bo‘  ladi.  Antennalar 
og‘iz  teshigi  ikki  yonida  joylashgan,  ularning  asosi  oziq  to‘plash  uchun  xizmat  qiladi. 
Rivojlanish  davomida  antennalar  boshning  oldingi  tomoniga  ko‘chadi.  Bu  hol  antennalarning 


kelib  chiqishi  halqali  chuvalchanglar  parapodiylari  bilan  bog‘liqligini  ko‘rsatadi.  Nauplius 
jag‘lari  antennalar  orqasida  joylashgan  bo‘lib,  dastlab  suzish  uchun xizmat  qiladi.  Lichinkada 
ichak,  bosh  miya,  ikkita  qorin  nerv  gangliysi,  nauplius  ko‘zi  va  bir  juft  antenna  bezlari  ri-
vojlangan.  Qolgan  bo‘g‘imlar  tananing  bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan  keyingi  qismidan  hosil 
bo‘ladi. Dastlabki ikki juft pastki jag‘lar va oldingi ko‘ krak oyoqlari shakllanishi bilan lichinka 
metanauplius  stadiyasiga  o‘tadi.  Keyinchalik  boshqa  ko‘krak  oyoqlar  va  qorin  oyoqlar 
shakllanadi;asta-sekin fasetkali ko‘zlar paydo bo‘ladi. Tana o‘ simtalari va bo‘g‘imlarning to‘la 
shakllanishi  bilan  lichinka  voyaga  yetgan  hayvonlarga  o‘xshab  ketadi.  Rivojlanish  davomida 
lichinka po‘st tashlab turadi.  
Yuksak  qisqichbaqasimonlarning  bir  qancha  turlarida  rivojlnish  dastlab  yuqorida 
keltirilgan  yo‘nalishda  boradi.  Masalan,  krevetkalarda  tuxumidan  chiqqan  nauplius  lichinkasi 
rivojlanib,  metanaupliusni  hosil  qiladi.  Metanauplius  esa  rivojlanib,  faqat  yuksak 
qisqichbaqasimonlar  uchun  xos  bo‘lgan  zoyea  stadiyasiga  o‘tadi.  Zoyea  lichinkasinng  og‘iz 
organlari,  oyoqjag‘lari  va  qorin  bo‘limi  bo‘g‘imlari  rivojlangan;  ko‘krak  oyoqlari  to‘la 
rivojlanmagan,  qorinoyoqlardan  faqat  keyingi  jufti  shakllangan.  Metamorfozning  bundan 
keyingi  mizid  bosqichida  ikki  shoxli  ko‘  krak  oyoqlar  to‘la  shakllanadi;  qorin  oyoqlar  paydo 
bo‘ladi. Mizid lichinka tullagach, yosh qisqichbaqaga aylanadi. 
Odatda  yuksak  qisqichbaqalar  tuxumi  sariqlikka  boy  bo‘ladi.  Shuning  uchun 
metamorfoz  davri  yoki  uning  bir  qismi  tuxum  ichida  o‘tadi.  Daryo  qisqichbaqasi,  dafniya  va 
chuchuk suv qisqichbaqalari xuddi shunday rivojlanadi. Tuxumdan voyaga yetgan davriga juda 
o‘xshaydigan  qisqichbaqacha  chiqadi.  Postembrional  rivojlanish  metamorfozsiz  boradi. 
Krablarda  lichinka  rivojlanishining  bir  qismi  tuxum  ichida  o‘tadi.  Metamorfoz  juda  qisqarib, 
tuxumidan zoyea lichinkasi chiqadi. 
Tullashi.  Qisqichbaqalarning  tullashi  murakkab  fiziologik  o‘zgarishlar  natijasida  sodir 
bo‘ladi.  Tullash  oldidan  gemolimfa  va  to‘qimalarda  har  xil  organik  va  mineral  moddalar 
to‘planadi;  moddalar  almashinuvi  jarayoni  tezlashib  ketadi.  Kutikula  tarkibidagi  moddalar  bir 
qismini  gemolimfaga  o‘tishi  natijasida  eski  kutikulai  yupqalashadi.  Eski  kutikula  ostida 
gipodermadan  yangi  kutikula  hosil  bo‘ladi.  Buning  uchun  zarur  bo‘lgan  moddalar  gemolimfa 
va to‘qimalardan olinadi. 
Tullash  davrida  eski  kutikula  yorilishi  natijasida  hosil  bo‘lgan  teshikdan  hayvon 
sirg‘alib  chiqadi.  Eski  kutikula  qini  -  ekzuviy  bo‘shab  qoladi.  Yangi  kutikula  egiluvchan  va 
yumshoq  bo‘lganidan  hayvon  tez  o‘sadi.  Hayvon  tanasi  hajmining  yiriklashuvi  asosan  to‘ 
qimalarga  ko‘p  miqdorda  suv  shimilishi,  hujayralarning  bo‘linib  ko‘payishi  natijasida  sodir 
bo‘ladi. Tullashdan so‘ng mineral tuzlarning ko‘p to‘planib borishi bilan kutikula qattiqlashib, 
hayvon o‘sishiga tosqinlik qiladi. 
Tullash  jarayonini  gormonal  sistema  nazorat  qiladi.  Bu  jarayonda  sinus  bezlarining 
neyrosekretor  hujayralari  va  endokrin  bezi  gormonlari  muhim  ahamiyatga  ega.  Endokrin  bez 
gormonlari  tullashni  tezlashtiradi.  Ko‘z  poyachasida  joylashgan  neyrosekretor  xujayralarning 
gormonlari  esa  endokrin  bezi  gormonlari  ta‘sirini  to‘  xtatib  turadi.  Tullash  davrida  endokrin 
bezi  gormonlari  ko‘p  ishlab  chiqariladi.  Tullash  tamom  bo‘lgach,  bu  bez  gormoni  kamayib, 
ko‘z poyachasidagi neyrosekretor hujayralar gormonlari ko‘p ishlab chiqarila boshlanadi. 
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi 


Qisqichbaqasimonlar 
jabraoyoqlilar, 
sefalokaridlar, 
jag‘oyoqlilar, 
yuksak  
qisqichbaqasimonlar, chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar kenja sinfariga bo‘linadi. 
      Jabraoyoqli qisqichbaqasimonlar (Branchiapoda) kenja sinfi. Jabraoyoqlilar -  tuban 
tuzilgan qisqichbaqasimonlar. Tana bo‘g‘imlari deyarli gomonom tuzilgan. 
Boshi  ko‘krak  bilan  qo‘shilmagan;  tanasidagi  bo‘g‘imlar  soni  doimiy  emas.  Bargga 
o‘xshash  ko‘krak  oyoqlari  harakatlanish,  nafas  olish  va  oziqni  og‘izga  haydash  vazifasini 
bajaradi.  Qon  aylanish,  jinsiy  sistemasi  boshqa  qisqichbaqalarga  nisbatan  birmuncha  sodda 
tuzilgan. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvda, ayrim turlari dengizlarda erkin hayot kechiradi. Sinf 
jabraoyoqlilar va bargoyoqlilar turkumlariga bo‘linadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish