O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi 
Tasmasimon  chuvalchanglar  voyaga  yetgan  davrida  umurt-qali  hayvonlar  va  odam 
ichagida  parazitlik  qiladi.  Ularning  lichinkasi  umurtqasiz  va  umurtqali  hayvonlar  tana  bo‘ 
shlig‘i va ichki organlarida parazitlik qiladi.  
          Tuzilishi.  Tanasi  ko‘pincha  uzun  tasmasimon  bo‘lib,  ko‘p  sonli  bo‘g‘imlar– 
proglottid-larga  bo‘lingan.  Tanasining  oldingi  qismi  kichik  boshcha-  skoleksni  hosil  qiladi. 
Tananing  skoleksdan  keyingi  bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan  qismi  boyin  deyiladi,  undan  keyinda 
esa proglottidlar joylashgan. 
Tasmasimon  chuvalchanglar  boshchasida  yopishuv  organlari  bo‘ladi.  Yopishuv  organi 
monogeniyalarnikiga o‘xshash so‘rg‘ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat 
bo‘lishi  mumkin.  Ko‘pchilik  tasmasimon  chuvalchanglar  boshchasining  uchida  har  xil 
shakldagi  ilmoqchalar  ham  bo‘ladi.  Ba‘zan  ilmoqchalar  xartumda  joylashgan  bo‘ladi.  Ba‘zan 
xartum to‘rtta bo‘lib, juda ko‘p ilmoqlar bilan ta‘minlangan. 
Tasmasimon  chuvalchanglar  hazm  kilish  sistemasi  reduktsiyaga  uchragan.  Ular  ichak 
bo‘  shlig‘ida  hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalarni  butun  tana  yuzasi  bilan  so‘rib  oladi. 
Mikrotrixiyalarga ega bo‘lgan tegument bunga imkon beradi. 
Ayirish  sistemasi  protonefridiy  tipdagi  buyraklar  tana  bo‘  ylab  o‘tadigan  ikkita  ayirish 
naychalaridan  iborat.  Naychalar  tananing  keyingi  qismidan  boshlanadi,  oldingi  bosh  qismiga 
yaqinlashgach,  yana  orqaga  burilib,  tanasining  keyingi  qismida  tashqariga  ochiladi. 
Tasmasimon  chuvalchanglarda  yon  ayirish  naylari  o‘zaro  ko‘ndalang  naylar  orqali  qo‘shilib, 
narvon ko‘ rinishga ega bo‘ladi. 


Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylardan 
va ulardan tana boylab orqaga ketadigan nerv stvollaridan iborat. 
Jinsiy  sistemasi  germafrodit,  so‘  rg‘ichlilarga  o‘xshash  tuzilgan.  Ko‘pchilik 
tasmasimonlar  tanasi  bo‘g‘imlarga  bo‘lingan,  jinsiy  organlar  har  bir  bo‘g‘imda  takrorlanadi. 
Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlar jinsiy sistemasi (Caryophyllaeus) takrorlanmaydi. 
 Qoramol  tasmasimoni  -  Taeniarhynchus  saginatus  tanasining  boyindan  keyin 
joylashgan  yosh  bo‘g‘imlarida  jinsiy  organlar  rivojlanmagan.  Bunday  organlar  tanasi  o‘rta 
qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlanadi. Erkaklik jinsiy organlari parenximada 
sochilgan  juda  ko‘p  urug‘donlar,  ulardan  boshlanadigan  urug‘  chiqarish  naylari  va  naychalar 
hosil  qiladigan  umumiy  urug‘  yo‘lidan  iborat.  Urug‘  yo‘li  bo‘  g‘im  chetida  joylashgan 
qo‘shilish  organi  ichidan  o‘tadi.  Ko‘shilish  organi  muskulli  naydan  iborat  bo‘lib,  yon 
tomondagi chuqurcha- jinsiy kloakaga kirib turadi (55-rasm). 
Urg‘ochilik  jinsiy  organlari  shoxlangan  bitta  tuxumdon  va  undan  chiqadigan  tuxum 
yo‘lidan  iborat.  Tuxum  yo‘li  va  bo‘g‘imning  keyingi  qismida  joylashgan  to‘rga  o‘xshash 
sariqdon  yo‘li  ootipga  ochiladi.  Ootipdan  boshlanadigan  ikkita  naydan  biri  yon  tomonga 
yo‘nalib, jinsiy qin - kloakaga ochiladi. Ootipdan boshlanadigan ancha keng uchi berk ikkinchi 
nay  oldinga  yo‘nalgan  bo‘lib,  bachadon  deyiladi.  Yetilgan  tuxum  va  spermatozoidlar  ootipga 
tushadi.  Tuxum  hujayra  ootipda  urug‘lanib,  qobiqqa  o‘raladi.  Tuxumga  to‘lgan  bachadon 
kengayib,  bo‘  g‘imning  hamma  qismini  egallab  oladi  (55-rasm).  Jinsiy  sistemaning  boshqa 
qismlari  esa  asta-sekin  yo‘qolib  boradi.  Tuxumga  to‘lgan  bunday  bo‘g‘imlar    "yetilgan" 
deyiladi. Etilgan bo‘ g‘imlar chuvalchang tanasi keyingi qismidan bir nechtadan uzilib ichakka 
tushadi  va  axlat  bilan  tashqariga  chiqib  ketadi.  Qoramol  tasmasimoni  juda  serpusht  bo‘ladi. 
Parazit  ichakda  18-20  yil  yashab,  har  yili  600  mln  gacha,  hayoti  davomida  11  mld  ga  yaqin 
tuxum qo‘ yadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish