O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Rivojlanishi.  So‘  rg‘ichlilarning  hayot  sikli  juda  murakkab  bo‘lib,  nasl  almashinish 
orqali  boradi.  Jigar  qurti  (Fasciola  nepatica)ning  rivojlanishi  quyidagicha  boradi. 
So‘rg‘ichlilarning  voyaga  yetgan  davri  marita  deyiladi.  Jigar  qurtining  maritasi  jigarning  o‘t 
yo‘llarida  parazitlik  qiladi  va  shu  joyga  tuxum  qoyadi.  Tuxumlari  o‘t  yo‘li  orqali  ichakka, 
so‘ngra  xo‘jayini  axlati  bilan  tashqi  muhitga  chiqib  ketadi.  Tasodifan  suvga  tushib  qolgan 
tuxumlardan  kipriklar  bilan  qoplangan  mikroskopik  lichinka  -  miratsidiy  rivojlanib  chiqadi. 
Miratsidiyning  ikkita  oddiy  ko‘zchasi,  nerv  gangliysi  va  bir  juft  protonefdiylari  bo‘ladi  (51-
rasm).  Miratsidiyning  tanasi  keyingi  qismida  maxsus  partenogenetik  tuxumlari,  ya‘ni  murtak 
hujayralar bo‘ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli xartumi bor. Xartumi 
uchiga maxsus lichinka bezining yo‘li ochiladi.  
Miratsidiy  o‘z  tanasidagi  zaxira  glikogen  hisobiga  yashaydi.  Miratsidiyning  bundan 
keyingi  rivojlanishi  oralik  xo‘jayini  tanasida  davom  etadi.  Bunday  xo‘jayin  chuchuk  suvlarda 
uchraydigan  har  xil  qorinoyoqli  mollyuskalar  hisoblanadi.  Jigar  qurtining  lichinkasi  kichik 
chuchuk  suv  shillig‘i  (Lamnaea  truncatula)  tanasida  rivojlanadi.  Miratsidiy  xartumchasi 
yordamida shilliq tanasini teshib, uning ichki organlariga kirib oladi. Maxsus bez suyuqdigi suv 
shillig‘i  to‘qimalarini  eritib  lichinkani  mollyuska  tanasiga  o‘tib  olishiga  imkon  beradi.  Mol-
lyuska  tanasida  miratsidiy  kipriklarini  tashlab,  xaltasimon  shakldagi  sporotsistaga  aylanadi. 
Sporotsista  parazitning  ko‘payish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  voyaga  yetgan  davri  deyish 
mumkin. U holda miratsidiy sporotsistaning lichinkasi bo‘ladi. 


Sporotsista  davrida  uning  ichidagi  partenogenetik  tuxumlar  bo‘linib,  navbatdagi 
lichinkalar - rediyalar hosil bo‘ladi. Rediyaning xaltaga o‘ xshash kalta ichagi bor. Sporotsista 
yorilib,  rediyalar  mollyuska  tanasiga  chiqali.  O‘z  navbatida  rediyalar  ichidagi  partenogenetik 
tuxum  hujayralardan  yana  yangi  lichinkalar-  serkariyalar  hosil  bo‘ladi.  So‘rg‘ichlari,  ikki 
shoxli  ichagi,  ayirish  sistemasi  va  nerv  tugunlarining  tuzilishi  bilan  serkariya  voyaga  yetgan 
parazit  maritaga  o‘xshaydi,  lekin  undan  uzun  va  yo‘  g‘on  muskulli  dumining  rivojlanganligi 
bilan farq qiladi. Serkariyalar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasiga, so‘ngra suvga 
chiqadi.  Serkariylar  ham  miratsidiylar  singari  oziqlanmaydi,  bir  necha  kundan  so‘  ng  suv  o‘ 
tlariga  o‘tirib  olgach,  dumini  tashlab  tanasi  sirtida  sista  hosil  qiladi.  Parazitning  bu  davri 
adoleskariy  deyiladi.  Suvga  kelgan  hayvonlar  o‘tlarni  yeb,  parazitni  yuqtiradi.  Ichakda 
sistaning qobig‘i eriydi. yosh parazit hayvonning tana bo‘ shlig‘i orqali jigar o‘t yo‘llariga o‘tib 
olib voyaga yetadi. 
So‘  rg‘ichlilar  nasl  almashinish  orqali  ko‘  payadi.  Ularning  lichinkalik  davrida 
murtaklik 
hujayralarining 
bo‘linishi 
orqali 
ko‘payishi 
Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish