Aspidogasterlar (Aspidogasteraea) kenja sinfi. Aspidogasterlarning 40 ga yaqin turi
ma‘lum. Ularning yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator
so‘ rg‘ich chuqurchalariga bo‘ lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin
hayot siklida nasl gallanishi bo‘lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola baqachanoq
yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va
toshbaqalarda parazitlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |