O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Yassi  chuvalchanglar  filogeniyasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Yassi  chuvalchanglar  filogeniyasi.  Yassi  chuvalchanglar  orasida  ichaksiz  kiprikli 
chuvalchanglar eng sodda tuzilgan. Kipriklilar gipotetik planulasimon bo‘shliqichlilardan kelib 
chiqqan. 
Ichaksizlardan 
to‘g‘ri 
ichaklilar 
kelib 
chiqqan 
bo‘lishi 
kerak. 
Yassi 
chuvalchanglarning  boshqa  hamma  guruxlari  filogenetik  jihatdan  to‘g‘ri  ichaklilar  bilan 
boglangan.  Hozirgi  parazit  yassi  chuvalchanglar  filogenetik  jihatdan  to‘g‘ri  ichaklilarning 
ajdodlari  bilan  bog‘langan.  Qadimgi  to‘g‘ri  ichaklilar  evolyutsiyasi  uch  yo‘nalishda  borgan. 
Ularning biridan hozirgi to‘g‘ri ichaklilar, qolgan ikkitasidan parazit yassi chuvalchanglar kelib 
chiqqan. 
Erkin  yashovchi  hayvonlarning  parazitlikka  o‘tishi  bir  necha  yo‘ldan  borgan  bo‘lishi 
mumkin.  Bu  jihatdan  kvartirantlik  deb  ataladigan  simbiotik  munosabat  diqqatga  sazovor. 
Kvartirantlikda  hayvonlardan  kichikrog‘i  yirikrog‘i  tanasidan  pana  joy  sifatida  foydalangan. 
Hozirgi monogeniyalarni kiprikli chuvalchanglarga o‘xshaydigan ajdodi ana shunday kvartirant 
bo‘lgan.  Ular  baliqlar  jabrasi,  terisi  yoki  suzgichlariga  yopishib  olib,  dastlab  yuqoridan 
tushadigan  mayda  organizmlar  yoki  baliq  tanasidan  ajraladigan  shilimshiq  modda  bilan 
oziqlangan;  keyinchalik  xo‘jayini  qoni  va    tanasi  to‘  qimalari  bilan  oziqlanishga  o‘  tib, 
parazitga aylangan. 
Ayrim  hollarda  ektoparazitlik  ichki  parazitlikning  paydo  bo‘lishiga  olib  kelishi  ham 
mumkin.  Bu  jarayonni  tushuntirishda  baqa  so‘rg‘ichlisini  misol  keltirish  mumkin.  Hozirgi 
monogeniyalar orasida ham baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi va qizil o‘ngachida parazitlik 
qiladigan turlari bor. Ehtimol, evolyutsiya davomida dastlab jabralarda parazitlik qilgan hayvon 
asta-sekin og‘iz bo‘ shlig‘i orqali ichak bo‘shlig‘ida parazitlik qilishga o‘tgan bo‘lishi mumkin. 
Ana shu yo‘l bilan qadimgi monogeniyalardan tasmasimonlar va sestodsimonlar kelib chiqqan. 
Endoparazit hayot kechirishga o‘tish hayvon tuzilishining yanada soddalashuvi, ya‘ni ichak va 
sezgi 
a‘zolarining 
yo‘qolishiga, 
jinsiy 
organlarning 
yanada 
kuchliroq 
rivojlanib, 
serpushtlikning  ortishiga  sabab  bo‘  lgan.  Individlar  sonining  ortishi,  ba‘zan  pedagenezning 
paydo  bo‘  lishi  bilan  bog‘liq  (exinokokk,  miya  qurti).  Evolyutsiya  davomida  ayrim 
sestodsimonlarning  oraliq  xo‘jayini  paydo  bo‘lgan.  Ektoparazitlarning  tarqalishida  oraliq 
xo‘jayin  katta  ahamiyatga  ega  emas.  Shuning  uchun  ularning  hayot  siklida  oraliq  xo‘jayin 
bo‘lmaydi. 
So‘rg‘ichlilar evolyutsiyasi simbiotik munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, tasmasimon 
chuvalchanglarga  nisbatan  boshqacha  borgan.  Hozirgi  so‘rg‘ichlilar  hayot  sikli  mollyuskalar 
bilan  bog‘likligi  nazarda  tutiladigan  bo‘  lsa,  ularning  evolyutsiyasi  qadimgi  erkin  yashovchi 
kipriklilarning mollyuskalar bilan simbiotik munosabatlariga borib taqaladi. So‘rg‘ichlilarning 
to‘g‘ri  ichakli  kipriklilarga  o‘xshash  lichinkasi  suv  tubidagi  toshlar  ostida  yashagan  yoki 
mollyuskalar  chig‘anog‘idan  pana  joy  sifatida  foydalangan.  Chuvalchang  chig‘anoqdan  jabra 
bo‘shlig‘iga kvartirantlikka, asta-sekin mustaqil oziqlanishdan parazit yashashga o‘ tgan. Ilgari 
xo‘  jayin  tanasidan  chiqib,  tashqi  muhitda  voyaga  yetadigan  parazit,  endi  undan  chiqmasdan 
ko‘payishga  va  rivojlanishga  o‘tadi;  parazit  hayoti  geterogeniya  xususiyatiga,  ya‘ni,  ikki  xil 
                                                           
10
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish