O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Jinsiy  sistemasi.  Nematodalar  odatda  ayrim  jinsli  bo‘lib,  jinsiy  dimorfizm  yaxshi 
rivojlangan. Jinsiy sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg‘ochisining 
jinsiy  organlari  juft,  erkaginiki  toq  (bitta)  bo‘ladi  (64-rasm).  Urg‘ochisi  jinsiy  sistemasi 
naylarining  ingichka  uchki  qismi  tuxumdon,  undan  keyingi  qismi  tuxum  yo‘li  deyiladi. 
Tuxumdonda  hosil  bo‘lgan  tuxumlar  tuxum  yo‘lida  urug‘lib,  xaltaga  o‘xshab  kengaygan  2  ta 
bachadonga o‘tadi. Bachadonlar qo‘ shilib, jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan 
tashqariga ochiladi. 
Erkagi  jinsiy  sistemasining  ingichka  uchki  qismi  urug‘don,  undan  keyingi  qismi  biroz 
yo‘g‘onlashib urug‘ yo‘lini hosil qiladi. Urug‘ yo‘li kalta va keng nay - urug‘ pufagiga ochiladi. 
Urug‘ pufagida urug‘ to‘planadi. Urug‘ pufagi birmuncha tor va muskulli urug‘ to‘kuvchi nayga 
ochiladi.  Bu  nay  orqa  ichakning  keyingi  qis-miga  tutashgan.  Kloakaga  ichida  kutikulyar 
spikulalar  bo‘lgan  juft  kuyikish  qopchasi  ham  ochiladi.  Spikulalar  nematodalarning 
urug‘lanishida  jinsiy  qinni  kengaytirish  vazifasini  o‘taydi.  Ko‘  pchilik  nematodalar  erkagi  anal 
teshigi  atrofida  yupqa  parda  -  bursa  hosil  bo‘ladi.  Bursa  erkak  nematodalarni  urg‘ochisi  ustida 
ushlab  turish  vazifasini  bajaradi.  Nematodalar  urug‘  hujayrasining  xivchini  bo‘lmaydi.  Urug‘ 


hujayra kalta soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Tuxum hujayra ona organizmida 
urug‘lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug‘adi. 
Rivojlanishi.  Ko‘pchilik  turlarining  hayot  siklida  nasl  almashinish  kuzatilmaydi.  Faqat 
ayrim vakillarida (masalan, baqa o‘pkasi paraziti (Rhabdias bufonis)fla geterogoniya kuzatiladi. 
Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim 
nematodalarning tuxumi oraliq xo‘jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra to‘liq, lekin bir oz notekis 
maydalanadi. 
Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga  yetgan  nematodaga o‘xshash  bo‘ladi, uning bundan 
keyingi rivojlanishi o‘zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi. 
Nematodalar  tanasidagi  hujayralar  soni  doimiy  bo‘lishi  bilan  boshqa  chuvalchanglardan 
farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan 
iborat.  Nematodalarda  yangi  hujayralar  hosil  bo‘lishi  jarayoni  ular  lichinkasi  rivojlanishining 
dastlabki davrlarida to‘xtaydi, shundan so‘ng hujayralar soni umr boyi doimiy bo‘lib qoladi. Bu 
xususiyat faqat nematodalar va og‘izaylangichlilar uchun xos bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish