3. To‟g‟ri ichaklilar (Rhabdocoela) turkumi. Juda mayda (0,5-5 mm) chuvalchanglar.
Tanasi bir oz yassi, asosan silindrsimon; ichagi naysimon, uchi berk bo‘ ladi. Og‘iz teshigi
tanasi oldingi qismida joylashgan. Ayirish sistemasi bir juft naychalardan iborat. Chuchuk suv,
dengiz va quruqlikda uchraydi. Ayrim turlari mollyuskalar va boshqa umurtqasizlarda
parazitlik qiladi. To‘g‘ri ichaklilar chuvalchanglarning kelib chiqishini tushuntirishda
ahamiyatga ega.
4. Uchshoxlilar (Tricladida) turkumi. Xilma-xil turlarni o‘z ichiga oladi. Ayrim
quruqlikda yashovchi turlari 30 sm ga yetadi. Tanasi bargsimon yoki tasmasimon, o‘rta ichagi
uch shoxli bo‘ladi. Asosan chuchuk suvda, ba‘zan quruqlikda va dengizlarda hayot kechiradi.
Chuchuk suvlarda yashaydigan oq planariya (Dendrocoelum lacteum) va ko‘p ko‘zli
(Polycelis) shu turkumga kiradi.