O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi 
Kiprikli  chuvalchanglarning  tana  yuzasi  mayda  kiprikchalar  bilan  qoplangan  cho‘ziq 
bargsimon  shaklda  bo‘ladi.  Dengiz  yoki  chuchuk  suvlarda  erkin  yashaydi,  ayrim  turlari 
qurukdikda ham uchraydi. 
       Teri-muskul  xaltasi.  Kiprikli  chuvalchanglar  tanasi  uzunligi  bir  necha  mm  dan  bir 
necha  sm  gacha  yetadi.  Ayrim  turlari  (masalan,oq  planariya)  tanasining  oldingi    qismida 
paypaslagichga  o‘xshash  kalta  o‘simtalari  bo‘ladi.  Tanasi  silindrsimon  kiprikli  epiteliy  bilan 
qoplangan. Ba′zan sitoplazmaning yadro joylashgan bir qismi parenximaga chuqur botib kirishi 
tufayli  hujayralar orasida chegara yo‘ qoladi. Bu xildagi tana qoplag‘ichi botib kirgan epiteliy 
deyiladi. 
Epiteliy  hujayralari  orasida  va  parenximada  yakka  yoki  to‘p  bo‘lib  ―teri  bezlari‖  deb 
ataladigan qadahsimon hujayralar joylashgan. Ulardan bir xili- tayoqchasimon rabditlar hayvon 
ta‘sirlanganida tashqariga otilib chiqib, tana sirtini himoya qiladigan qobiq hosil qiladi. Epiteliy 
ostida  elastik  bazal  membrana,  uning  ostida  esa  halqa  va  buylama  muskullar  qavati  hamda 


tolalari  o‘  zaro  kesishgan  diagonal  muskullar  joylashgan.  Epiteliy  va  muskul  qavatlari 
birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi(45-rasm). 
Hazm qilish sistemasi halkumdan va uchi berk o‘ rta ichakdan iborat. Hazm bo‘ lmagan 
oziq qoldiqlari og‘iz orqali chiqarib yuboriladi. Ko‘pchilik turlari yirtqich bo‘lib, har xil mayda 
hayvonlar  bilan  oziqlanadi.  Og‘iz  teshigi  qorin  tomonining  o‘rtasida,  tanasining  oldingi  yoki 
keyingi  uchiga  yaqin  joyda  joylashgan  (46-rasm).  Mayda  vakillarining  o‘rta  ichagi  uchi  berk 
oddiy xaltaga yoki nayga o‘xshaydi. Yirik vakillarining ichagi shoxlangan. Ko‘p shoxlilarning 
halqumi  oshqozonga  ochiladi,  oshqozondan  esa  har  tomonga  ichak  shoxlari  taraladi.  Uch 
shoxlilarda  esa  halkumdan  birdaniga  ichakning  uchta  shoxi  boshlanadi,  ulardan  biri  oldinga, 
ikkitasi  orqaga  taraladi.  Bu  shoxlar  o‘z  navbatida  yana  bir  necha  marta  shoxlanib, 
parenximadaga  barcha  to‘qima  hamda  organlarga  yetib  boradi.  Ichak  oziq  moddalarni  barcha 
to‘qimalarga etkazib beradi. Oziq bo‘shliqichlilar singari hujayra ichida fagotsitoz orqali hazm 
bo‘ ladi. 
Nafas olish va qon aylanish organlari bo‘lmaydi. Kiprikli chuvalchanglar tanasiga suvda 
erigan kislorod butun tana yuzasi orqali diffuziya yo‘li bilan o‘tadi. 
Ayirish  sistemasi.  Maxsus  ayirish  sistemasi  kiprikli  chuvalchanglarda  birinchi  marta 
paydo  bo‘ladi.  Bu  sistema  tana  boylab  o‘tadigan  ikki  yoki  bir  nechta  umumiy  naylardan  va 
ularning  parenximaga  ko‘p  marta  shoxlanishi  natijasida  hosil  bo‘lgan‘  juda  ingichka 
naychalardan    iborat.  Naychalar  uchida    yulduzsimon  kiprikli  hujayralar  joylashgan.  
Kipriklarning  ishlashi  yonib  turgan  sham  shulasini  shamolda  hilpirashiga  o‘xshaydi.  Shu 
sababdan  ular  ―hilpirovchi  hujayralar‖  deyiladi.  Kipriklar  suvda  erigan  ayirish  mahsulotlarini 
naylarga  haydaydi.  Bunday  ayirish  sistemasi  protonefridiylar,  ya′ni  oddiy  buyraklar  deyiladi. 
Tuban  ichaksiz  kiprikli  chuvalchanglarda  maxsus  ayirish  organi  bo‘lmaydi,  ayirish 
mahsulotlarini amyobotsitlar tanadan olib chiqib ketadi. 
Nerv sistemasi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari tana oldingi qismida to‘ planib, 
qo‘sh tugunlar - miya gangliysini hosil qiladi (46, 47-rasmlar). Gangliydan orqa tomonga nerv 
stvollari ketadi. Stvollar nerv tolalaridan va ular bo‘ ylab joylashgan nerv hujayralaridan iborat. 
Ayrim  ichaksiz  kiprikli  chuvalchanglar  nerv  sistemasi  bo‘shliq  ichlilarga  o‘  xshab  diffuz 
(tarqoq) joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Boylama nerv stvollari ko‘ndalang komissuralar 
bilan  qo‘shilib,  narvonga  o‘xshash  shaklga  ega  bo‘ladi.  Nerv  sistemasining  barcha  yassi 
chuvalchanglarga xos bo‘ lgan bu tipi ortogon deyiladi. 
Sezgi organlari. Kiprikli chuvalchanglarning sezgi a‘zolari kuchsiz rivojlangan. Tuyg‘u 
vazifasini  teri,  ayrim  vakillarida  esa  tana  oldingi  qismida  joylashgan  bir  juft  o‘simtalari 
bajaradi. Mexanik va kimyoviy ta‘sirni tana boylab tarqalgan harakatsiz kiprikchalar sezadi. Bu 
kiprikchalar xuddi bo‘ shliqichlilar knidotse-liga o‘ xshash tuzilgan, lekin nerv hujayralari bilan 
bog‘langanligi  bilan  ulardan  farq  qiladi.  Nerv  hujayralarining  o‘simtasi  miya  gangliysi  bilan 
bog‘langan. Bunday sezgi a‘zolarini sensillalar deyiladi (48-rasm). 
Ko‘  zlari  bitta  yoki  bir  necha  hujayradan  hosil  bo‘lgan  pigmentli  qadahchadan  iborat. 
Hujayralardan  chiqadigan  nerv  tolalari  ko‘rish  nervlariga  birlashib,  miya  gangliysiga  boradi. 
Pigmentli qadahning botiq tomoni tashqariga o‘girilgan. Yorug‘lik retseptor hujayra tanasidan 
o‘  tib,  uning  yorug‘likka  sezgir  qismiga  tushadi.  Bunday  ko‘zlar  teskari  ag‘darilgan,  ya‘ni 
invertirlangan deyiladi. 


Jinsiy  sistemasi  germafrodit,  odatda  murakkab  tuzilgan.  Ko‘pchilik  chuvalchanglarda 
jinsiy  bezlar  yaxshi  rivojlangan  va  xilma-xil  tuzilgan.  Quyida  ko‘p  shoxli  va  uch  shoxli 
chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi keltirilgan. Erkaklik jinsiy sistemasi parenximada 
yoyilib  joylashgan  juda  ko‘p  mayda  pufakchalar,  urug‘  naychalari  va  tana  ikki  yonida 
joylashgan  urug‘  yo‘lidan  iborat.  Ikkita  urug‘  yo‘  li  qo‘shilib,  urug‘  to‘kuvchi  nayni  hosil 
qiladi.  Bu  nay  kuyikish  organi  orqali  kloakaga  ochiladi.  Kloakaga  urg‘ochilikorganlari  nayi 
ham ochiladi. 
Urg‘ochilik jinsiy sistemasi  har xil sondagi  tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan ikkita 
tuxum yo‘li, jinsiy qin va juda ko‘p sariqdonlardan iborat. Sariqdonlar rivojlanayotgan embrion 
uchun  oziq  modda  bo‘lib,  ularning  nayi  tuxum  yo‘  liga  ochiladi.  Sariqdon  hujayralari 
urug‘lanish  xususiyatini  yo‘qotgan  tuxum  hosil  qiluvchi  ootsitlar  hisoblanadi.  Urg‘ochilik 
jinsiy  bezlari  va  ko‘pincha  urug‘  qabul  qilgich  yo‘li  ham  kloakaga  ochiladi.  Tuxum  hujayra 
tuxum  yo‘lida  urug‘lanib,  sariq  modda  va  qobiq  bilan  o‘raladi.  Tuxumning  bunday  tuzilishi 
boshqa yassi chuvalchanglarga ham xos bo‘ladi. 
Ko’payishi  va  rivojlanishi.  Ko‘pchilik  kiprikli  chuvalchanglar  faqat  jinsiy  yo‘  l  bilan 
ko‘  payadi.  Har  xil  sistematik  guruhlarning  embrional  rivojlanishi  turlicha  bo‘ladi.  Odatda 
tuxum hujayrasi to‘liq, lekin notekis bo‘linadi. 
Ko‘ p shoxlangan ichakli dengiz kiprikli chuvalchanglari metamorfoz orqali rivojlanadi. 
Tuxumdan chiqqan Myullerov lichinkasi (49-rasm) voyaga yetgan davridan keskin farq kidali. 
Lichinkaning  tanasi  tuxumsimon,  ichagi  xaltaga  o‘xshash  bo‘ladi.  Dastlab  lichinka  radial 
simmetriyaga  xos  belgilarga  ega  bo‘ladi.  Lichinka  tanasining  o‘rta  qismida,  ya‘ni  og‘iz 
teshigidan oldinroqda 8 ta eshkaksimon uzun o‘simtalar osilib turadi. O‘simtalar qirrasida uzun 
kipriklar  joylashgan.  Lichinka  kipriklar  yordamida  planktonda  suzib  yuradi;  mayda 
chuvalchangga  aylangandan  so‘ng  suv  tubiga  cho‘kadi.  Birqancha  turlari  o‘zgarishsiz 
rivojlanadi.  Makrostomidlar  turkumi  vakillari  ko‘ndalang  bo‘linish  orqali  ko‘payadi.  Kiprikli 
chuvalchanglar 12 turkumga bo‘linadi.  
  1.  Ichaksizlar  (Aeoela)  turkumi.  Tuban  tuzilgan,  asosan  dengizlarda  yashovchi 
mayda  chuvalchanglar.  Ichagi  va  protonefridiylari  bo‘lmaydi;  nerv  va  jinsiy  sistemasi  sodda 
tuzilgan. Parenxi-masi hazm qilish vazifasini bajaradi. 
2. Makrostomidlar (Makrostomida) turkumi. Dengiz va chuchuk suvlarda yashaydi. 
Sodda  tuzilgan,  ichagi  xaltaga  o‘xshab  kengaygan.  Bu  turkum  vakillari  yuqorida 
ko‘rsatilganidek jinssiz ko‘ndalang bo‘linish orqali ko‘payadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish