Taroqlilar (Ctenophora) tipi Taroqlilar -yakka yashovchidengiz hayvonlari. Ko‘pchilik turlari suv qa‘rida, boshqalari
suv tubida o‘rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo‘shliqichlilarga o‘xshash ektoderma va
endodermadan iborat. Bu qavatlar o‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko‘pchilik taroqlilarning
yopishuvchi hujayralari bo‘ladi; Shaklan o‘zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga
yaqin turlari bitta sinfni tashqil etadi.
Taroqlilar (Ctenophora) sinfi. Tanasi odatda xaltaga o‘xshash, bir uchida og‘iz teshigi
(oral qutb), ikkinchi uchida chiqaruv teshigi (aboral qutb) joylashgan. Tana asosiy o‘qi shu ikki
qutb orqali o‘tadi. Asosiy o‘q orqali ikki simmetriya yuzani o‘tkazish mumkin. Shu sababdan
ularni ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo ko‘pchilik organlar (taroq
plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o‘qi boylab 8 tadan joylashgan bo‘lib, ularda
ikki va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda ilk bor embrion
varaqlar, muskul to‘qimasi va harakat organlari - taroqsimon plastinkalar paydo bo‘lgan.
Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi (43-rasm).
Taroqlilar tanasi ikki yonida ikkita uzun shoxlangan paypaslagichlar joylashgan.
Paypaslagichlar cho‘zilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin.
Paypaslagichlarda joylashgan juda ko‘p yopishqoq hujayralar o‘ljasini ushlab turishga xizmat
qiladi. Ayrim taroqlilarda paypaslagichlar bo‘lmaydi. Taroqlilar tanasi sirti boylab oral va aboral
qutbi oralig‘ida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir plastinka asoslari orqali
o‘zaro yopishgan qator kipriklardan iborat. Tarochalarni bir meyorda silkinishi tufayli hayvon
harakat qiladi. Mezogley tiniq moddadan iborat. Undagi taroq plastinkalari va paypaslagichlari
ostida muskul hujayralari to‘p bo‘lib joylashgan
9
.
Hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqum
endodermal oshqozon bilan tutashgan. Xaltaga o‘xshab oshqozon halqumga perpendikulyar
yo‘nalishda yassilashgan. Paypaslagichlari ana shu yuzada joylashgan. Oshqozondan beshta nay
boshlanadi. Ulardan, ikkita uchi berk naylar halqum ikki yoni boylab og‘iz teshigi tomonga
yo‘naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko‘tariladi. Bu nay ikki marta shoxlanib, to‘rtta
kalta va ingichka naylarni hosil qiladi. Ulardan ikkitasining uchi berk, ikkitasi esa ayirish teshigi
orqali tashqariga ochiladi. Yana ikkita oshqozon naylari tana o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda
9
И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s.