18- Mavzu: YAngi ta`limiy paradigma . Kasbiy ta`limning
funktsiyasi. Kasbiy ta`limni rivojlantirish tendentsiyalari va istiqbollari.
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorliklar, ijtimoiy
iqtisodiy sohalardagi islohotlar, ma`naviy-ma`rifiy tizimdagi yangilanishlarning
zamirida hayotimizning asl mazmuni — farzandlarimizningbarkamol turmush
tarzini yaratishdek maqsad mujassam. Aytish mumkinki, 2010 yilning yurtimizda
“Barkamol avlod yili” deb e`lon qilinishi, tom ma`noda, yurtimizda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatimizning mantiqiy davomi bo`ldi. Negaki,
barcha sa`y-harakatlarimizning negizida yoshlarni ham jismoniy, ham ma`naviy
jihatdan sog`lom qilib o`stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko`rish,
dunyoda hech kimdan kam bo`lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi. Joriy
yilning mamlakatning kelajagi va umidi bo`lmish yosh avlodning barkamolligi
yo`lidagi xayrli ishlarga bag`ishlanishi, bir tomondan, yoshlar uchun
yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarning ko`lamini yanada kengaytirsa,
ikkinchi tomondan, biz, ustozlar uchun o`z faoliyatimiz davomida yanada samarali
va mas`uliyatli mehnat qilish zaruratini taqazo etadi.
Mustaqillik yillarida ta`lim sohasi, xususan, o`rta maxsus kasb-hunar
ta`limini rivojlantirishga berilayotgan e`tibor har tomonlama yetuk avlodni
tarbiyalash maqsadini ko`zlaydi. Bugungi kunda o`quv jarayoniga yangi axborot
va pedagogik texnologiyalar keng joriy etilmoqda, ta`lim va tarbiyada mukammal
vositalardan foydalanilayotir. Bundan tashqari, boy moddiy-texnika ta`minotini
yaratish, jismoniy tarbiya va sport ishlarini jonlantirish, kasb-hunar bo`yicha
o`quvchilarning keng ko`nikma va malakalarni egallashlariga yordamlashish,
mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish natijasida bugungi kunda
bitiruvchilarning oliy o`quv yurtlariga muvaffaqiyatli qabul qilinishiga,
mutaxassisliklari bo`yicha ishga joylashtirilishiga erishilmoqda.
2010 yilda qabul qilingan “Barkamol avlod yili” davlat dasturida quyidagi
asosiy vazifalar belgilab olindi:
-bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol
rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me`yoriy-
huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me`yoriy
hujjatlarga zamon talablariga mos o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish;
-“Sog`lom ona – sog`lom bola” dasturini izchil amalga oshirish asosida sog`lom
avlodni voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, onalar
va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish,
profilaktikaga asoslangan sog`liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy
xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog`lom bolalar tug`ilishi va
ularni tarbiyalash bilan bog`liq masalalar yuzasidan aholi o`rtasida tushuntirish
hamda maslahat ishlarini kuchaytirish;
-tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi
mavjud talabga alohida ye`tibor qaratgan holda, o`sib kelayotgan yosh avlodga
ta`lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash,
undan oqilona va samarali foydalanishni ta`minlash, davlat ta`lim standartlari,
o`quv dasturlari va o`quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
-ta`lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni,
yelektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy yetish orqali mamlakatimiz
maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o`quv yurtlarida o`qitish
sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarining o`quv-laboratoriya bazasini
zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari, komp yuter texnikasi bilan
mustahkamlash, shuningdek, o`qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy
hamda ma`naviy rag`batlantirish bo`yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;
-zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli
telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish,
ularni har bir oila hayotiga joriy yetish va keng o`zlashtirish;
-yosh avlodni jismonan barkamol yetib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish
sohasida,
yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport
bilan muntazam
shug`ullanishga keng jalb yetish, yangi sport majmualarini, stadionlar va
inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta`minlash,
yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo`yicha amalga
oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;
-iqtisodiyotni tarkibiy o`zgartirishning muhim yo`nalishi, aholi va o`rta sinf
mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo`lgan kichik biznes hamda
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish, bu sohadagi mavjud
muammolarni hal yetish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta`lim
muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga
keng jalb yetish uchun sharoit yaratish;
-ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga
keng jalb yetish, ularning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi
uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish; yosh
oilalarga g`amxo`rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy
muhofaza qilishni ta`minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol
avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida
tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo`g`ini bo`lgan sog`lom va mustahkam
oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
-yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va
giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot
bo`lgan diniy va yekstremistik ta`sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat”
xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
SHunday ekan, ta`lim jarayonida yangi axborot-kommunikatsiya va
pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, mul timedia vositalarini keng joriy
etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy
o`quv yurtlarida o`qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarining o`quv-
laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari, komp
yuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o`qituvchilar va murabbiylar
mehnatini moddiy hamda ma`naviy rag`batlantirish bo`yicha samarali tizimni
yanada rivojlantirish ustuvor vazifalardan sanaladi.
Mamlakatning ertangi kuni, yurtning istiqboli, uning dunyo hamjamiyatida
tutadigan o`rni va mavqei ko`p jihatdan yosh avlodga ko`rsatilayotgan
g`amho`rlik, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarga bog`liq. SHu ma`noda yoshlar
masalasi umumdavlat siyosati darajasiga ko`tarilgani bejiz emas, albatta. Bu
dolzarb masalaga mamlakatimiz Prezidenti va xukumati doimiy e`tibor qaratib
kelmoqda.
Ma`lumki, mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil qiladi.
YUrtimiz o`z taraqqiyotining yangi bosqichida mamlakatni yangilash va
modernizatsiya qilishdek ulug`vor maqsadlarni qo`yar ekan, bu keng ko`lamli va
murakkab vazifalarni bajarishga qodir bo`lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash
masalasi hal qiluvchi aqamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi,
kamoloti va istiqboliga alohida e`tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimizni
ma`naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek mas`uliyatli ishga jiddiy e`tibor
berilayotir. CHunki ma`naviyat insondagi yaratuvchilik kudratidir, insonda shu
kudratni uygotish va xarakatga keltirishga muvaffak bulinsa, barcha ulug`vor
rejalarni amalga oshirish uchun imkon vujudga keladi.
Olimlarning bashorat qilishlaricha, XXI asr insonshunoslik, ya`ni
psixologiya, pedagogika, gumanitar va jamiyat haqidagi fanlar sohasida katta
ixtirolar asri bo`ladi. Biologik ixtirolar, jumladan, klonlashtirish, genlarni
o`rganish va boshqalar alohida individni ham, jamiyat hayotini ham kuchli tarzda
o`zgartirishga asos yaratadi. Bu jarayon o`z o`rnida shaxsning zaxiradagi, yashirin
va bizga ma`lum bo`lmagan imkoniyatlari to`g`risida yangi bilimlarni kashf etadi.
Demak, inson va uning ma`naviyati, tarbiyasi, ta`limning mazmuni, usullari ham
o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |