O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan muhandislik – pеdagogika instituti


-  Mavzu:  Baxolash  usullari,  mezonlari  va  asosiy  vazifalari



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/48
Sana29.12.2021
Hajmi1,35 Mb.
#74215
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
kasb talimi metodikasi (1)

17-  Mavzu:  Baxolash  usullari,  mezonlari  va  asosiy  vazifalari  . 

Nazoratning asosiy maqsadi va  unga qo`yilgan talablar. Nazorat turlari. 

Nazorat  jarayonida  foydalaniladigan  testlarning  turlari  va  ularga 

qo`yiladigin  talablar.  Test  tarixi  va  test  sinovlarining  nazorat 

samaradorligini oshirishdagi axamiyati. Test topshiriqlariga qo`yiladigan 

talablar. Testlarning turlari. 

 

 

 

Tayanch so`z va atamalar 

Nazoratning  asosiy  maqsadi.  Nazoratga  qo`yilgan  talablar. 

Nazorat turlari. Joriy nazorat. Ichki nazorat. Oraliq nazorat. Test. 

Test tarixi. Test  turlari. Test tuzishga qo`yiladigan talablar.  

 

 


O`qituvchi  darsni  o`quvchilar  o`rganayotgan  materialni  anglabgina    qolmay, 

uni  aniq,  takrorlab  bera  oladigan,  bilimlarni  kelgusi  o`quv  ishlarida  va  amalda 

qo`llay oladigan yo`sinda tashkil etishi kerak. 

Bilimlarni  mustahkamlash  va  takomillashtirishda  o`quvchilar  ularni  qanday 

o`zlashtirishgan  bo`lsalar,  xuddi  shunday  aytib  berishlari,  ularga  aniqlik, 

mukammallik kiritishlari lozim. Ta`limiy ishning ana shu bosqichida yangi o`quv 

materiali  bilan ilgari o`zlashtirilgan materiallarni o`zaro chambarchas, o`quvchilar 

yaqqol tushunadigan yo`sinda bog`lash ularning fandan olgan bilim, ko`nikma va 

malakalarini boyitadi, kengaytiradi va yanada shakllantiradi. 

O`quvchilarning  bilim,  o`quv  hamda  malakalarini  nazorat  qilish,  ularning 

o`zlashtirishini hisobga olish, o`quv jarayonining eng muhim qismlaridan biridir. 

O`quvchilarning 

o`rganilayotganlarni 

qanchalik 

idrok 

etayotganligi, 



tushunayotganligi va eslab qolayotganligi, o`z bilimlaridan amaliy masalalarni 

yechishda  qanday  foydalanayotganligi  hisobga  olinmasa,  o`qitish  jarayoni 

mukammal  bo`la  olmaydi.  Nazoratning  eng  asosiy  vazifasi  o`quvchilarning 

nimani va qanday o`zlashtirayotganligini, o`quv jarayoniga qanday munosabatda 

ekanligini  aniqlash  hamda  baholashdan  iborat.  Bu  yerda  o`qituvchining 

vazifasi  o`quvchilarning  o`qishdagi    muvaffaqiyatlarini  qayd  qilish  bilangina 

cheklanmaydi,  bunda  u  nazorat    natijalariga  tayanib,  o`quvchilarning  

bilimlarni mustahkam o`zlashtirishlari- uchun zarur bo`lgan vazifalar belgilaydi  

va  o`tkazadi.  Nazorat  tufayli  o`qituvchi  bilan  o`quvchilar  orasida  o`ziga  xos 

«Qayta aloqa» o`rnatiladi, bu aloqa o`qish davomida o`quvchilarning aqliy va 

amaliy ishlarini boshqarishga imkon beradi. «Qayta aloqa»    qanchalik   to`liq 

bo`lsa,  shunchalik  ko`p    o`quvchi        nazorat      qilinadi        va  uning  uzluksizligi 

qanchalik uzoq vaqt   ta`minlansa, o`qitish   jarayonini  boshqarish    imkoniyati 

shunchalik keng bo`ladi. Bir tomondan,  «qayta aloqa»ning takrorligini oshirish 

zarurligi,        ikkinchi  tomondan,        buning  uchun  ajratilgan  vaqtning 

cheklanganligi  o`quvchilar  bilim,  uquv  va  malakalarini  nazorat  qilish  hamda 

o`zlashtirishini  hisobga  olishning  usul  va  vositalarini  takomillashtirish 

zaruratini tug`diradi. 

O`quvchilarning bilim, o`quv hamda malakalarini nazorat qilish o`z vaqtida 

va sistemali ravishda o`tkazilgandagina zarur o`quv va tarbiyaviy samara beradi. 

O`qituvchi har bir o`quvchining muvaffaqiyatlari qanday ekanligini hamma vaqt 

bilishi kerak, shundagina u o`quvchilarning xatosini o`z vaqtida aniqlashi va uni 

tuzatishi,  tegishli  yordam  ko`rsatish  mumkin  bo`ladi.  O`quvchilarning  o`qishdagi 

muvaffaqiyatlarini nazorat qilish ular uchun o`quv mehnatining motivlarini ko`p 

jihatdan belgilaydigan rag`batlantiruvchi faktor bo`ladi. 

O`qituvchi  o`quvchilarning  bilim,  uquv  hamda  malakalarini  nazorat  qilib, 

ularga  baho  qo`yadi.  Qo`yiladigan  baho  ob`ektiv  va  haqqoniy  bo`lishi  kerak. 

To`g`ri  qo`yilgan  baho  o`quvchilarga  o`z  imkoniyatlarini  baholashga  yordam 

beradi. Bahoning tarbiyaviy roli ana shularda namoyon bo`ladi. 

O`quvchilarning  o`qishdagi  muvaffaqiyatlarini nazorat qilish va  baholashda 

ularning  individual  xususiyatlari  e`tiborga  olinishi  kerak.  Tabiiyki,  gruppadagi 

hamma  o`quvchilarga  bilimlarning  hajmi  va  sifati  jihatidan  bir  xil  talablar 




qo`yiladi.  Ammo,  shu  bilan  birga,  ba`zi  hollarda  ayrim  o`quvchilarning 

jur`atsizlik  yoki  tortinchoqlik,  sust  fikrlash,  o`ziga  ortiqcha  ishonish,  jismoniy 

kamchilik  kabi  xislatlarini  ham  e`tiborga  olish  zarur.  Biror  uzrli  sababga  ko`ra 

ayrim  o`quvchilarning  vaqtincha  qiyinchilikka  tushib  qolishini  ham  e`tiborga 

olish kerak. 

O`quvchilarning o`qishdagi muvaffaqiyatlari darajasini aniqlash yo`llaridan 

biri tekshirib ko`rish bo`lsa, boshqa yo`li-kundalik kuzatishlardir. 

 

O`quvchilarning  o`zlashtirishini  hisobga  olish  natijalari  ma`lum  darajada 



o`qituvchi  pedagogik  mahoratining  ko`rsatkichi  bo`lib,  o`qituvchi    ishini 

tashkil etishga va o`quvchilarni o`qitish sifatini yaxshilashga yordam beradi. 




Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish