O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan muhandislik – pеdagogika instituti


qo`llaniladi.  Agar  ko`rgazmali  qurol  biror  o`quv  materialini  ifodalash



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/48
Sana29.12.2021
Hajmi1,35 Mb.
#74215
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
kasb talimi metodikasi (1)

qo`llaniladi.  Agar  ko`rgazmali  qurol  biror  o`quv  materialini  ifodalash, 

ko`rsatish vositasi bo`lsa,  nutq  asosiy,  ko`rgazmali qurol  esa yordamchi  vosita 

bo`ladi.  Agar  ko`rgazmali  vosita  kuzatishni  rivojlantirish  uchun  qo`llanilsa, 

nutq  qisqa  bo`lishi,  diqqat  asosiy  vositaga,  ya`ni  kuzatishning  maqsad  va 

vazifalarini amalga oshirishga qaratilishi kerak. 


Ko`rgazmali  qurollar  ishlatilgan  vaqtda  talabada  taqqoslash  xususiyati 

namoyon  bo`ladi.  Ma`lumotlarni  bayon  etish  vaqtida  o`qituvchi  taqqoslashdan 

foydalansa, o`quvchilar materialni yaxshiroq tushunadi. Zero, olamdagi hamma 

narsani taqqoslash orqali bilamiz. 

Bunda  ko`rsatmalilik  rolini  alohida  ta`kidlab  o`tmoq  zarur.  O`qituvchi 

so`zlab  berish  va  tushuntirishni  shunday  tuzishi  kerakki,  o`rganilayotgan 

materialning  mohiyatini  fikran  tasavvur  qilishi  uchun  o`quvchilarda  bayon 

etilganlar  to`g`risida  jonli  obrazlar  paydo  bo`lsin.  Bayon  etishni  muammoli 

qilib  tuzish  o`quvchilarni  aktivlashtirish  va  ular  e`tiborini  oshirishga  ko`p 

jihatdan  yordam  beradi.  Uning  mohiyati  shundan  iboratki,  o`qituvchi 

qonuniyat,  xulosa,  qoida  va  shu  kabilarni  shunchaki  bayon  etib  qolmay,  balki 

tushunchaga  tegishli    muammoni  o`rtaga  tashlab,  uni  hal  qilishda  vujudga 

keladigan ichki ziddiyatlarni tushuntiradi, o`z tahminlarini aytadi. 

        O`qituvchi  ana  shu  metodik  usul  yordamida  o`z  mulohazalariga 

o`quvchilarni  jalb  etadi,  ularni  o`zi  bilan  birga  fikrlashga  majbur  etadi, 

izlash  muhiti  hosil  qiladi.  Bu  formada  bayon  etishda  o`quvchilarni  o`z 

fikrlarini aytish va xulosalar qilishga odatlantirish foydalidir. 

O`qituvchi  o`quv  materialini  bayon  etganda,  laboratoriya-amaliy  ishlarni 

bajarish  vaqtida,  mashqlar  jarayonida,  mustaqil  kuzatishlar  vaqtida  ijodiy 

harakterdagi  ishlarni  bajarishi  jarayonida,  kichik  guruhlar  faoliyatini  tashkil 

etganda  tarqatma  materiallardan 

foydalanadi. 

O`qituvchining 

vazifasi 

o`quvchilar  faoliyatining  hamma  turlarini  bilimlar  olish  va  ularni 

kengaytirish manbaiga aylantirishdan iboratdir.  

Uchinchi guruh didaktik vositalar bugungi kunda keng qo`llanilayotgan 

elektron vositalardir.  



Elektron vositalar-zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni 

jamlash,  tasvirlash,  yangilash,  saqlash,  bilimlarni  interfaol  usulda  taqdim  etish  va 

nazorat  qilish  imkoniyatiga  ega  bo`lgan  manba  hisoblanadi.  Elektron  qo`llanma 

o`zida ko`pgina ma`lumotlar  mujassamlash bilan birga, bu ma`lumotlarni ekranda 

namoyish  etadi,  hamda  ovoz  yordamida  izohlaydi.  Elektron  kitobning  asosiy 

xususiyati voqea va ma`lumotlarni yaqqol aks ettirishidir. 

Fanning  o`quv-metodik  majmuasi  komponentlarining  mazmuni  Davlat  ta`lim 

standarti  asosida  tuzilgan    fan  dasturiga  muvofiq,  hamda  shaxsga  yo`naltirilgan, 

rivojlantiruvchi  va  mustaqil  ta`lim  olish  texnologiyalari,  tamoyillari  va  talablari 

asosida ishlab chiqiladi. 



Elektron  o`quv  uslubiy  majmualardan  foydalanish  fan  bo`yicha  nazariy 

ma`lumotlarni egallashga quyidagicha ta`sir etadi:. 

ta`lim oluvchilarni faol bo`lishga va tanqidiy fikrlashga undaydi; 



faqat  nazariy  ma`lumot  berish  bilan  cheklanib  qolmasdan  turli  xil 

ko`rgazmali namoyish etuvchi vositalarga ega; 

amaliy  ko`nikmalarini  shakllantiruvchi  muammoli  savollar,  loyihalar, 



mashqlar  va  ijodiy  topshiriqlarning  mavjudligi  nazariy  materialni 

mustahkamlanishiga sabab bo`ladi; 




ta`lim  oluvchiga  mustaqil  ta`lim  olish    imkoniyatining  yaratilganligi  uni 

mustaqil    izlanishga  va  ijodiy  fikrlashga  majbur  etadi.  Zero  har  qanday 

yangilik va ixtirolar debochasi ijodiy va mustaqil fikrlardir; 

o`quv  materialining  aniq   maqsad  va  vazifalarga  yo`naltirilganligi  bilimlar 



tizimini hosil qiladi; 

topshiriqlar va vazifalar keng ko`lamli ta`lim oluvchilar bajaradigan amaliy 



ishlarni juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etish imkoniyatini beradi; 

muammoli  vaziyat  va  topshiriqlar  talabani  reproduktiv,  ilmiy-tadqiqot 



faoliyatini shakllanishiga sabab bo`ladi; 

O`quv-uslubiy  majmuada  asosiy  mazmunni  dalillardan  na`munalarga, 

na`munadan-farazga,  farazdan-izlanishga, izlanishdan-amaliy qo`llashga, abstrakt-

ilmiy bilimdan-aniq kasbiy bilimga, bilimdan-amaliy ko`nikma va kompetentsiyani 

shakllantirishga qarab tuzilganligi o`zlashtirishning mukammalligini ta`minlaydi. 

SHunday  qilib,  to`g`ri  qo`llangan  o`qitish  metodi  va  didaktik  vosita  dars 

samaradorligini  sezilarli  oshishiga  olib  keladi.  YAna  shuni  alohida  ta`kidlash 

kerakki, faqatgina o`quvchilarning faol, mustaqil ishlari mavjud bo`lgandagina, biz 

tashabbuskor  kishilarni  tarbiyalay  olamiz.  Bunga  erishish  uchun  o`qituvchi 

o`quvchilar bilan ishlashning faol shakl va usullaridan foydalanishlari lozim! 

 


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish