O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan muhandislik – pеdagogika instituti


-Mavzu:    Ma`ruza  mashg`uloti  uchun  elektron  taqdimotlar



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/48
Sana29.12.2021
Hajmi1,35 Mb.
#74215
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
kasb talimi metodikasi (1)

14-Mavzu:    Ma`ruza  mashg`uloti  uchun  elektron  taqdimotlar 

yaratish. Ulardan foydalanish samaradorligini orttirish. 

 

 

 

Tayanch so`z va atamalar 

Zamonaviy  axborot  texnologiyalari.  Multimedia  vositalari.  Elektron 

qo`llanma.  Elektron  taqdimot.  Elektron  taqdimotni  yaratish 

vositalari. Taqdimotdagi  effektlar. 

 

Jadal sur`atlarda rivojlanayotgan  yangi axborot texnologiyalari inson hayoti 

faoliyatining  barcha  jabhalarini  keng  qamrab  olib,  davlat,  fan,  texnika  va 

iqtisodiyotning  barcha  sohalari  taraqqiyotiga  o`z  ta`sirini  ko`rsatmoqda.  Ilmiy-

texnik  taraqqiyot  yutuqlarini  birinchi  navbatda  o`zida  aks  ettiradigan  eng  muhim 

sohalardan biri – bu ta`lim sohasi hisoblanadi. Aynan ta`lim alohida mamlakatlar 

va  butun  insoniyatning  kelajagini  ta`minlaydigan  omil  hisoblanadi.  Ta`lim  –  bu 

jamiyat  taraqqiyotini  tezlashtiruvchi,  ilgari  boshlovchi  kuchdir.  SHunday  qilib, 

zamonaviy  axborot  texnologiyalari,  komp  yuter  texnikasi  va  kommunikatsiyalari, 

aloqa vositalarini ta`lim tizimiga qo`llash ta`lim samaradorligini keskin oshirishga 

sabab  bo`luvchi  omillardan  biri  hisoblanadi.  So`nggi  yillarda  O`zbekiston 

Respublikasida  ta`lim  sifatiga  dolzarb  masala  sifatida  keng  ahamiyat  berilmoqda. 

Darsliklar  va  o`quv-metodik  resurslarning  yangi  zamonaviy  avlodini  yaratish 

masalalari  qo`yilmoqda.  Hozirgi  vaqtda  o`quv  materiallari,  axborotlarni  ekranda 

namoyish  etish  imkonining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  esa  o`quv  jarayonida 

yangidan-yangi yutuqlarga erishish imkoniyatini xosil qilmoqda.  

Ma`lumki,  axborot    texnologiyasi  ob`ekt,  jarayon  yoki  hodisaning  holati 

haqida  yangi  sifatli  axborot  olish  uchun  ma`lumotlar  yig`ish,  qayta  ishlash  va 

uzatish  vositasi  va  uslublari  jamlanmasidan  foydalanadigan  jarayondir.  YAna 

shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma`lum bir maqsadga erishish uchun 

amalga  oshiriladigan  jarayonlar  zanjiridan  iborat  yaratuvchi  faoliyat  tushuniladi. 

Axborot  texnologiyalari  bugungi  kunda  hayotimizning  hamma  sohalarini  qamrab 

olgan.  

Zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  o`quv  jarayoniga  tadbiq  etilishi 

ta`limda yangicha o`quv materiallarini keng ko`lamda qo`llashga imkoniyat yaratib 

beradi.  Maxsus  ixtisoslashtirilgan  auditoriyalar,  chunonchi,  komp  yuter  bilan 

ta`minlangan  auditoriyalarda  dars  o`tish  borgan  sari  ommalashib  bormoqda. 

Ayniqsa,  o`quv  jarayoniga  komp  yuterning  qo`llanishi  barcha  didaktik 

funktsiyalarni  muvaffaqiyatli  bajaruvchi  videometodni  qo`llash  imkonini  beradi. 

Quyida  mazkur  didaktik  texnologiyani  qo`llashdan  kutiladigan  samaralarni 

tavsiflaymiz: 

  talabalarga  o`rganayotgan  mavzusi,  hodisa,  jarayon,  faoliyat  bo`yicha  to`liq, 

ishonchli axborot berish; 

  o`quv jarayonida ko`rgazmalilik tamoyilining namoyon bo`lishi; 

  talabalarning xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish; 



  talabada  axborotni  mustaqil  qabul  qilish  va  idrok  etish  ehtiyojining  paydo 

bo`lishi, uni mustaqil va ijodiy fikrlashga majbur etishi; 

  o`qituvchini  talabalarning  bilimi  hamda  malakalarini  sinash  bilan  bog`liq 

texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o`rnatish; 

  talabaning  o`zlashtirishi  bo`yicha  ob`ektiv    hisobot  hamda  to`laqonli 

ma`lumot olish imkonining mavjudligi.  

SHunday  qilib,  axborot  texnologiyalari  rivojlanayotgan  hozirgi  vaqtda  dars 

o`tishda zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanish, texnik vositalarni qo`llab dars 

o`tish  o`quvchi-talabalarning  fanni  o`rganishga  bo`lgan  qiziqishlarini  orttirishga, 

berilayotgan  axborotlarni  chuqur  o`zlashtirishga,  ularda  mustaqil  fikrlash 

qobiliyatlarini rivojlantirishda katta yordam beradi.  

O`qitish  jarayonida  mul  timedia  vositalaridan  foydalanish  o`qitish  sifati  va 

samarasini  oshirishning  eng  qulay  usullaridan  biri  hisoblanadi.  Mul  timedia 

vositalari  yordamida  olib  borilgan  audio-  video  muloqot    o`quvchining  darsga 

bo`lgan  qiziqishini  va  bilim  olishga  bo`lgan  havasini  oshiradi.  Mul  timedia 

vositalari(1-rasm)  o`quvchiga  yakka  tartibda  shug`ullanish  imkonini  beradi. 

O`quvchi  o`qituvchining  bevosita  ishtirokisiz  ham 

materialni  mustaqil 

o`zlashtirishi mumkin bo`ladi.  

Mul  timedia  quyidagi  an`anaviy  axborot  turlarini:  matn,  jadval,  turli  xil 

bezaklar  hamda  original  axborot  turlarini:  nutq,  musiqa,  telekadrlar,  videofil 

mlardan 


parchalar, 

lavhalar, 

animatsiya 

ko`rinishidagi axborotlarni o`z ichiga oladi. 

Hozirgi  amaliyot  shuni  ko`rsatmoqdaki, 

mul timedia  vositalari  yordamida tinglovchilarni 

o`qitish  an`anaviy  ta`limdan  bir  necha  barobar 

samarali bo`lmoqda.  

Ta`lim  sohasida  mul  timedia  vositalari 

yordamida 

tinglovchilarga 

bilim 


berish 

afzalliklari deb quyidagilarni ko`rsatish mumkin: 

 

ta`lim 


jarayonida 

berilayotgan 

materiallarni  chuqurroq  va  mukammalroq  o`zlashtirish  imkoniyatining 

mavjudligi; 

  ta`limning  turli  shakllaridan  bir  vaqtning  o`zida  foydalanish  imkoniyatining 

mavjudligi; 

  boshqa fan sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining paydo bo`lishi; 

  dars  jarayonida  bilim  olish  vaqtining  qisqarishi  natijasida  vaqtni  tejash 

imkoniyatiga ega bo`linishi; 

  olingan bilimlarni kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolish va uni amaliyotda 

qo`llash imkoniyati. 

Mul  timedianing  ajralib  turuvchi  belgilari  deb  esa  quyidagilarni  aloxida 

ajratib ko`rsatish mumkin: 

 

axborotning  xilma-xil  turlari:  an`anaviy  (matn,    jadvallar,    bezaklar), 



original  (nutq,    musiqa,    videofil  mlardan  parchalar,    telekadrlar,    animatsiya) 

turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. 




 

mul  timedia  vositalaridan  foydalanishda  video  va  audio  axborotlarni 

komp  yuterda  qayta  ishlash  va  aks  ettirish  uchun  markaziy  protsessorning 

harakatchanligini,  ma`lumotlarni  uzatish  shinasining  o`tkazish  qobiliyatini,  tezkor 

va  video-xotira  hajmini,  katta  sig`imli  tashqi  xotirani,  komp  yuter  kirish-chiqish 

kanallari bo`yicha almashuv tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi. 

 

“Inson-komp  yuter”  interaktiv  muloqotining  yangi  darajasi  namoyon 



bo`ladi.  Bunda  muloqot  jarayonida  foydalanuvchi  ancha  keng  va  har  tomonlama 

axborotlarni  oladiki,  mazkur  holat  ta`lim,  ishlash  yoki  dam  olish  sharoitlarini 

yaxshilashga imkon beradi.   

  


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish