O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi narziyeva nargiza norkuziyevna



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/129
Sana08.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#168714
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Peshqadam

 guruhning qolgan barcha a’zolari uchun o’zlarining manfaatlariga daxldor 

                                                           

8

Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational 



Psychology Copyright © 2009 Kelvin Seifert. 43-45 pages.

 



 

211 


 

bo’lgan  hamda  butun  guruh  faoliyatining  yo’nalishini  va  xususiyatini  belgilab 

beradigan eng mas’uliyatli yechimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblangan shaxsdir. 

Mehnatga moslashish omillari

 - bular mazkur jarayonning kechishi, muddatlari, 

suratlari va natijalariga tasir ko’rsatuvchi shart-sharoitlardir. 

Obektiv  omillar

  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bog’liq  omillar  bo’lib,  ular 

xodimga 

unchalik 

bog’liq 

bo’lmaydi.

FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI. 

1.

 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Axborot  texnologiyalari 

sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi Qarori. //Xalq 

so’zi, 2005 yil. 

2.

 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Bozor  islohotlarini 

chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni  yanada  erkinlashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida»gi Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 15 iyunb, 1-bet. 

3.

 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Tadbirkorlik  sub’ektlarini 

huquqiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida»gi Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 16-iyunb, 1-bet. 

4.

 



Kelvin  Seifert  va  Rosemary  Sutton.  Educational  Psychology 

Copyright © 2009 Kelvin Seifert. 

5.

 

Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004. 



6.

 

Professionalnaya  pedagogika.  Uchebnik  dlya  studentov.  -  M.: 



Pedagogika, 2002. 

7.

 



Nishonova  S.  Komil  insonni  tarbiyasi:  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta’limi muassasalari uchun qo’llanma. -T.: Istiqlol. 2003 

8.

 

G’ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.: 



“SHarq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi, 2000. 

9.

 



Egamberdiev E., Xo’jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.: 

Ma’naviyat, 2003. 

10.

 

Xoshimov K.  va  boshqalar  tahriri  ostida.  Pedagogika  tarixi  -  T.: 



Fan, 

2001. 



 

212 


 

11.


 

Э. F. Fc№eB, К. К Мямедэв. Kac6 ncMxanorncn. Т. 2003 й. 

12.

 

Н. В. rat^ypoBa, В. Л. Ля^ Е. В. Фесют и др. “nfflxomiw 



npcx|)eccromiibHoio oGpaBoBaHHH” (сибирский (J^epanbHbrn университет) 

СФУ, 2010г. 

Internetresurslari 

1.

 



www.edu.uz

 

2.



 

www.ziyonet.uz

 

3.

 



www.tuit.uz

14 -mavzu: O'qituvchining kasbiy xususiyatlari. Kasbiy faollik 

Reja: 

1.

 



Pedagogning 

kasbiy xususiyatlari haqida tushuncha. 

2.

 

Kasbiy  qiziqishlar va o'zini -o'zi baholash 



3.

 

Kasbiy faollik. 



1.

 

Pedagogning kasbiy xususiyatlari. 



O'qituvchi-pedagoglarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e'tibor qaratib 

kelingan  va  har  bir  zamon  talabidan  kelib  chiqib,  pedagogga  qo'yiladigan  talablar 

takomillashib, murakkablashib boravergan. 

O’quvchilarga  bilim  berish  o'qituvchining  mas'uliyatli  burchidir,  o'qituvchining 

shaxsiyati qanday bo'lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: 

O’quvchilar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish; 

Beriladigan bilimni o’quvchilar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish; 

Ta'limda turli usul va shakllardan foydalanish; 

O’quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini 

bilish; O’quvchilarni fanga qiziqtira olish; 

O’quvchilarga berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o'qitish; 

Bilimlarni o’quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish; 

G'arb  olimlari  o'qituvchining  xususiyatlari  haqida  shunday  fikr  bildirganlar: 

“Yaxshi  o'qituvchi o'zining tarbiya  prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi.  O'qituvchi 

o'z  ustida  doimo  mustaqil  ishlashi  lozim.  Yomon  o'qituvchi  haqiqatni  aytib  qo'ya 

qoladi, yaxshi o'qituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga o'rgatadi” degan. 

Ko'p yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar o'qituvchi va pedagog, ya'ni o'ziga 

yosh  avlodni  tarbiyalashni  kasb  qilib  tanlagan  inson  quyidagi  ijtimoiy  sifatlarga  ega 




 

213 


 

bo'lishi shart ekanini ko'rsatdi: 

*o'qituvchi  falsafani  yaxshi  bilishi  shart.  Chunki  falsafa  odamga  abstrakt  fikr 

yuritishni o'rgatadi. O'qituvchi sinf yoki auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur 

sust  rivojlangan  bo'lsa,  o'zini  yo'qotib  qo'yadi.  Sinf  va  auditoriyadagilar  diqqatini 

o'ziga qaratib olishi uchun, kishida abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak. 

Undan tashqari, falsafa dars paytida kechadigan bilish jarayonini o'rgatadi. Bilish 

jarayonini,  ya'ni  gnesologiyani  bilmagan  o'qituvchi  dars  o'tishda  bir  qator 

qiyinchiliklarga  duch  kelib,  darsni  amalga  oshira  olmaydi,  oshirganda  ham  noto'g'ri 

dars o'tadi. 

Shu  bilan  bir  qatorda,  falsafaning  asosiy  qonunlari  insonning  barcha  amaliy 

faoliyatida,  shu  jumladan,  pedagogik  faoliyatda  ham  umumiy  metodologik  asos 

vazifasini o'taydi. 

*pedagog aholi ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishni o'ziga kasb qilib olgan ekan, 

pedagogikaning  jamiyat  hayotidagi  o'rnini,  uning  paydo  bo'lish  tarixini  yaxshi  bilishi 

kerak.  Pedagogika  tarixini  o'rganish  jarayonida  kishi  pedagogik  faoliyatning  inson 

hayotidagi  o'rnini,  pedagogikadagi  asosiy  qonun-qoida  va  tamoyillari  hamda  asosiy 

tushunchalarning shakllanish tarixini bilib oladi. Shuningdek, pedagogikaning nazariy 

asoslari bilan qurollanish uchun didaktikani yaxshi bilishi kerak. Chunki u bilim berish 

va uni hayotda qo'llashga o'rgatish jarayonini amalga oshirishning asosiy tamoyillariga 

amal qilishlikni ilmiy tomondan asoslab beradi. Pedagogikaning umumiy masalalarini 

yoritib  beruvchi  Umumiy  pedagogikani,  fanning  o'ziga  xosliklarini  yoritib  beruvchi 

Xususiy pedagogika (metodika)ni mukammal bilishi lozim bo'ladi. 

*o'zi  o'qitadigan  fandagi  bilimlarni  puxta  egallagan  bo'lishi  shart.  O'qituvchi 

o'qitayotgan  predmetini  va  uning  nazariyasini  chuqur  bilishi,  uni  qiziqarli  qilib 

o'quvchi  va  o’quvchilarga  etkaza  olishi  ularning  shu  predmetga  bo'lgan  qiziqishini 

oshiradi. Bu esa o'qituvchining obro'sini ko'taradi. 

*pedagog  bolalarga  bilim  berishda  muayyan  yoshdagi  bolalar  vujudida  sodir 

bo'layotgan fiziologik va ruhiy hodisalarni yaxshi bilishi kerak. Aks holda o'zini ham, 

bolalarni  ham  qiynab,  dars  oldiga  qo'yilgan  maqsadiga  eta  olmaydi.  Buning  uchun 

pedagog  bolalar  anatomiyasi  va  fiziologiyasini  hamda  psixologiya  fanlaridan  to'liq 



 

214 


 

bilimga ega bo'lishi kerak. 

*o'qituvchi bolalarga o'z fanidan bilim berish jarayonida, ularni muayyan jamiyat 

va unda olib borilayotgan siyosat bilan tanishtirib borish shart. Shu sababli o'qituvchi 

va  pedagoglar  siyosatshunoslik  bilimlarini  puxta  egallab,  ularni  hayotda  qo'llay 

olishlari lozim. 

*pedagog  muayyan  jamiyatda  tarixan  shakllangan  ijtimoiy  guruhlardan  ham 

o’quvchilarni  xabardor  etmog'i  lozim.  Buning  uchun  o'qituvchi  va  pedagog 

sotsiologiya  bilimlaridan  xabardor  bo'lib,  ulardan  pedagogik  amaliyotda  foydalana 

olishi kerak. 

Shu  bilan  bir  qatorda,  o'qituvchi  bolalarga  madaniyat  to'g'isida  boshlang'ich 

tushunchalar berib, ularda madaniyat elementlarini shakllantirib borishi lozim. Buning 

uchun  o'qituvchining  o'zi  madaniyatshunoslik  bilimlarini  egallagan  va  ularni 

amaliyotda qo'llay oladigan bo'lishi kerak. 

*

 

yosh  avlodga  muayyan  fan  bilimlarini  o'rgatuvchi  pedagog,  ularni  axloq  va 



odobga  ham  o'rgatishi  shart.  Bu o'qituvchining  burch va  mas'uliyatiga  kiradi.  Buning 

uchun u avvalo, o'zi tarbiyalangan bo'lishi lozim. 

O'qituvchiga  xos  bo'lgan  fazilatlarni  undagi  pedagogik  odob  shakllantiradi. 

Pedagogik  odob  bu-  o'qituvchining  yuksak  kasbiy  fazilatidir.  U  o'qituvchiga  sabotli 

bo'lish,  o'z  hissiyotini  idora  qila  olish,  bolalarga  pedagogik  ta'sir  o'tkazish  vosita  va 

me'yorini  belgilash,  aniqlashda  yordam  beradigan  fazilat  hisoblanadi.  Yuksak 

pedagogik odobga ega bo'lgan o'qituvchigina sinfda mo''tadil psixologik muhit o'rnata 

oladi, bolalar qalbiga tez yo'l topa oladi. 

*ta'lim-tarbiya  bilan  shug'ullanuvchi  inson  so'zsiz,  estetik  tarbiyalangan  bo'lishi 

shart.  Estetik  tarbiya  ma'naviy  tarbiyaning  muhim  va  tarkibiy  qismi  ekanini 

unutmaslik kerak. estetik didning pastligi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga salbiy 

ta'sir ko'rsatadi. 

2.

 

O'qituvchining kasbiy qiziqishi va o’z o'zini baholash. 



O'qituvchining  kasbiy  shakllanishi  oliy  o'quv  yurti  dargohida kasbiy  ta'lim  olish 

jarayonida  boshlanadi.  Kasbiy  ta'lim  yo'nalishining  o'quv-reja  va  fanlar  bo'yicha 

dasturlarida  bo'lajak  o'qituvchilarga  shu  kasbning  sir-asrorlarini  o'rgatish,  ilmiy 



 

215 


 

bilimlar  berish,  o'qituvchi  kasbi  haqida  ma'lumot  berish  va  ko'nikma  hosil  qilish 

nazarda tutiladi. 

Ta'lim  jarayonida  fanlar  bo'yicha  amalga  oshiriladigan  seminar,  amaliy  va 

laboratoriya  mashg'ulotlari  nazariy  bilimlarni  mustahkamlashga  hamda  ularni 

ko'nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo'llashga ham 

imkon  beradi.  Bunday  mashg'ulotlar  tanlagan  kasbi  to'g'ri  ekaniga  ishonch  hissini 

uyg'otadi. 

Yosh o'qituvchilarga tajribali o'qituvchilarni biriktirib qo'yish, ularning darslarini 

kuzatish,  uslubiy  ishlarga  jalb  etish  kollej  rahbariyatining  asosiy  vazifalaridan  biri. 

O'qituvchi  o'z  kasbini  sekin-asta  o'zlashtirib  borishi  bilan  birga  ota-  onalar  o'rtasida 

pedagogik  bilimlarni  targ'ib  etadi.  Shu  yo'l  orqali  ham  kasbiy  shakllanishi 

takomillashib boradi. 

O'qituvchilik  kasbini  va  pedagogik  mahoratni  egallash,  o'qituvchilar  jamoasiga 

kirishib, unda o'z o'rnini topib keta olish yosh o'qituvchining o'ziga bog'liq. Jamoaning 

yordamidan  yuz  o'girmaslik,  qiyinchiliklarga  duch  kelganda  ruhan  tushmay,  o'z 

xatolarini ko'ra bilish va uni bartaraf etish uchun harakat qilish uning o'qituvchi bo'lib 

shakllanishidan darak beradi. 

Shu bilan birga, o'qituvchining kasbiy shakllanishi o'z-o'zini tarbiyalab borishga, 

o'z  ustida  tinmay  ishlashga  va  o'z  vaqtida  malakasini  oshirib  borishga  uzviy  bog'liq. 

Bularning hammasi kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. 

O'qituvchida  pedagogik  mahoratni  shakllantirish  uchun  avvalo  pedagogik  ishni 

ilmiy  asosda  tashkil  qilish  lozim.  Buning  uchun  o'qituvchining  istak  va  qiziqishlarini 

hisobga  olish,  uning  intilishi  va  boshqa  tashqi  omillarini  bir-biriga  uyg'unlashtirib, 

kasbi va shaxsining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faolligini oshirishni nazarda 

tutish kerak.  Bu hol tinmay  izlanishlar, kuzatishlar,  tajribalarni o'rganish, tahlil  qilish 

va  xulosalar  chiqarish  lozimligini  talab  qiladi.  Ilmiy  pedagogik  ta'limot,  o'tmish 

ajdodlarimizning  tajribasi  va  ta'lim  muassasasining  amaliy  faoliyati  shundan  dalolat 

bermoqdaki,  kasbiy  mohirlik,  muntazam  ilm  olish  bilan  shug'ullanish,  mashq  qilish, 

takrorlash,  xulosalar  chiqarish,  chiqarilgan  xulosalar  asosida  ish  olib  borish  orqali 

qo'lga  kiritiladi.  Pedagogik  mahorat  avvalo  falsafiy,  pedagogik,  psixologik,  metodik 



 

216 


 

bilimlar, o'quv predmeti bo'yicha keng va chuqur  ma'lumotlarga ega bo'lish va ularni 

takomillashtirib borish orqali shakllanadi. 

Kuzatishlar  shuni  ko'rsatadiki,  o'qituvchi-tarbiyachi  pedagogik  mahoratining 

shakllanishiga  muayyan  tarzda  ta'sir  etuvchi  omillar  mavjud.  Bu  omillarni  e'tiborga 

olmaslik  kasbiy  pedagogik  mohirlikning  tarkib  topishini  qiyinlashtiradi.  Ularni 

inobatga  olish  esa  o'qituvchi  mahoratining  pedagogik  va  psixologik  funksiyalarini 

rivojlanishini, uning madaniy-tarixiy xususiyatini oshirishini ta'minlaydi. 

“Pedagogik  nazariya  va  amaliy  faoliyat  natijalariga  ko'ra,  o'qituvchi  pedagogik 

mahoratining shakllanishiga ta'sir qiluvchi omillari mavjuddir. Shuningdek, bu kasbiy-

shaxsiy  xususiyatlar  o'qituvchi-tarbiyachiga,  o'quvchi  yoshlarning  ruhiy-jismoniy 

rivojlanishlari,  o'quv-biluv  faoliyatlarining  faollashuvini  ta'minlash  kabi  bir  necha 

pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishning tamal toshi bo'la oladi. 

Qayd qilib o'tganimizdek, pedagogik mahorat har bir o'qituvchi- tarbiyachi uchun 

xos bo'lgan ta'lim-tarbiya ishlarini doimo yuksakka ko'tarishga, uni takomillashtirishga 

asos bo'luvchi san'atdir. Bu san'at o'z ishini bilish faoliyatini muntazam tartibga solib, 

nazorat  qilib,  yuksaklikka  ko'tarish  bilan  tavsiflanadi.  Unda  eng  asosiysi  pedagogik-

psixologik nazariyalarni samarali qo'llash nazarda tutilgan. 

Ushbu  xulosalardan  kelib  chiqib,  pedagogik  mahoratni  shakllantirishda 

mutaxassislik  kasbini  tez  va  oson  egallash  yo'lini  anglash  muhim  rol  o'ynaydi.  Zero, 

pedagogik  mahorat  bu  maqsadning  aniqligi,  sub'ekt  va  ob'ekt  aloqasining  uzviyligini 

ta'minlovchi pedagogik hosiladir. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, uning shakllanishi va 

takomillashuvi,  murakkab  va  uzoq  davom  etadigan  jarayon  hisoblanadi.  Bu  jarayon 

o'qituvchi-tarbiyachidan  pedagogik-  psixologik,  nazariy  va  metodik  tayyorgarlikni 

chuqur  egallash  bilan  birga  pedagogik  axborotlarni  qunt  bilan  muntazam  o'qib 

borishni,  mavjud  nazariy-  amaliy  pedagogik  yutuqlardan  o'z  faoliyatida  o'rinli 

foydalana olishga o'rganishni talab etadi”

9



3.

 

Kasbiy faollik 



O'qituvchi  pedagogik  mahoratini  shakllantirishning  birinchi  sharti  faoliyatdir. 

Zero,  pedagogik  mahoratni  egallash  va  takomillashtirishda  faoliyat  etakchi  omildir. 

                                                           


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish