O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi narziyeva nargiza norkuziyevna


-MAVZU: KASBIY FAOLIYATDAGI MULOQOT



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/129
Sana08.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#168714
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129
Bog'liq
kasbiy psixologiya

11-MAVZU: KASBIY FAOLIYATDAGI MULOQOT. 

O’QITUVSHINING KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARI.  

REJA: 

1.

 



Kasbiy faoliyatdagi muloqot to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar. 

2.

 



Kasbkorlikda nutq va kommunikativ muloqotning ahamiyati. 

3.

 



O‘qituvchining kommunikativ muloqot bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalari. 

4.

 



Kasbiy faoliyatdagi muloqot. Oqituvchining komunikativ bilimdonligi. 

1.

 



Kasbiy faoliyatdagi muloqot to’g’risidagi ilmiy qarashlar. 

Inson  faoliyatining  turli  soxasida  axborot  almashish,  xar  qanday  muammoni 

jamoa  bo'lib  muhokama  qilish  natijasida  yangi  natijalarni  olish  zaruriyati 

konferensiya,  seminarlar,  yig'inlar  kabi  muloqot  shakllarini  keltirib  chiqardi. 

Hozirda biror bir jiddiy ishni oraliq natijalar, yakunlar, variantlar, qaror variantlari, 

opponentlarni  tinglash  va  tegishli  qarorlar  qabul  qilishning  turli  darajalarida  hal 

qilmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. 

Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. Sharqda 

psixologik qarashlarning paydo bo'lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta 

bo'lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn 

Sino,  Mirzo  Ulug’bek  kabilar  o'zlarining  inson  psixikasi  va  yosh  avlodni 

tarbiyalashga  doir  boy  fikrlar  va  qarashlarini  meros  sifatida  qoldirganlar.  Ular 

orasida  ayniqsa  Abu  Ali  ibn  Sinoning  mantiq,  metafizika,  tabiiy  fanlar,  ayniqsa, 

tibbiyot xaqidagi fikrlari asrlar o'sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta xissa qo'shdi. U 

maxsus  psixologik  muammolar  bilan  shug'ullangan  olimlardan  biridir.  Uning  ruh, 

asab  tizimi  haqidagi  qarashlari  katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa,  Abu  Ali  ibn 

Sinoning  temperament  xususiyatlariga  qarab  yondashish  zarurligi  haqidagi  fikrlari 



 

163 


 

ming yildan so'ng ham zamonaviy psixologiyada o'z qimmatini yo'qotmagan. Abu 

Ali  ibn  Sino  dunyoda  birinchi  bo'lib  psixoterapevtik  usullarni  qo'llab  ko'rgan 

olimlardan biridir. 

So'nggi  vaqtlarda  juda  ko'p  chet  el  psixologlari  20-30  yillarda  nomi  chiqqan 

amerikalik psixolog E.Torndaykning ayrim fikrlariga murojaat etmoqdalar. Hozirgi 

zamon  burjua  psixologi  o'z  qarashlarini  niqoblashni  yoqtiradi.  E.Torndayk  esa 

nihoyatda  aniq  yozar  uning  qarashlarida  hech  qanday  ikkilanish  holatlariga  yo'l 

qo'yilmas  edi.  “Arifmetika  o'qituvchisining  yangi  metodlari”  va  “Psixologiyaga 

asoslangan prinsiplar” degan asarlarida E.Torndayk to'g'ridan to'g'ri o'quvchilarning 

“tabiiy  kuchlari”ga,  ularning  “tug'ma  mayllari”ga  shama  qiladi.  E.Torndayk 

muhitning  ta'siri  haqida  tarbiyaning  ta'siri  haqida  gapirgan  lekin  bu  faktorlarning 

ta'siriga  ochiqdan  ochiq  ikkinchi  darajali,  tobelik  rolini  bergan  o'qitish  qanchalik 

yaxshi  bo'lishiga  qaramay,  ayrim  o'quvchilar  hech  qanday  muvaffaqiyatga  erisha 

olmaydilar, boshqa bir o'quvchilar esa, o'qitish qanchalik yomon bo'lishiga qaramay 

muvaffaqiyatga  erishadilar.  Mutlaqo  ochiq-  oydin  fikr!  Shunday  qilib 

o'qituvchining roli yakka chiqarilmoqda va oldingan pedagogik brak oqlanmoqda . 

Muloqot  yoki  kommunikatsiya  -  odamlarning  o'zaro  hamkorligi  shakllaridan 

biri.  Muloqot  odamlarning  voqelikni  aks  ettirishi  natijasini  ifodalovchi  xabarlar 

almashish  jarayoni  bo'lib,  ular  ijtimoiy  borliqning  ajralmas  qismi  hamda  ularning 

individual  va  ijtimoiy  ongi  shakllanishi  va  amal  qilishining  vositasidir. 

Odamlarning  birgalikdagi  faoliyati  jarayonida  maqsadli  hamkorlikni  tashkil  etish, 

tajriba  almashish,  mehnat  va  turmush  ko'nikmalarini  olish,  ma'naviy  ehtiyojlarni 

namoyon etish va qondirish muloqot yordamida yuz beradi. 

Muloqot yoki muomala, yangi axborotlarning almashinuv jarayoni hamdir, bu 

haqida Bernard Shou quyidagilarni qayd etadi: 

“Agar menda bitta olma va sizda ham shuncha olma bo'lib, o'zaro almashsak, 

sizda ham, menda ham bittadan olma qoladi, agar har birimizda shaxsiy fikr bo'lsa 

va o'zaro almashsak, unda har birimizda ikkitadan g'oya bo'ladi”. 

Ushbu ta'kiddan ham muloqot davomida o'zaro fikr almashinuv munosabatlari 

yuzaga kelishini ko'rish mumkin. 



 

164 


 

Muloqot  ijtimoiy  psixologik  hodisa  bo'lib,  odamlar  o'rtasida  birgalikdagi 

faoliyat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadigan  bog'lanishlar  rivojlanishining  ko'p  qirrali 

jarayonidir.  SHaxslar  o'zaro  munosabatga  kirishar  ekan,  aloqaning  eng  muhim 

vositalaridan  biri  sifatida  tilga  murojaat  qiladilar.  Muloqotning  yana  bir  muhim 

tomoni  shundaki,  munosabatga  kirishuvchilar  muomala  jarayonida  faqat  so'zlar 

bilan  emas,  balki  xatti-harakatlar  bilan  ham  axborot  ayirboshlashadilar.  Muloqot 

jarayoni  shaxslarning  qiziqishlari,  dunyoqarashi,  muomala  madaniyatiga  ham 

bog'liq bo'ladi, chunki shaxslardagi o'zaro muloqot bu tabiiy ehtiyojdir. 

Muloqot  har  qanday  faoliyatning  muhim  jihati  hisoblanib,  u  orqali  insonning 

mohiyati  namoyon  bo'ladi,  ya'ni  o'zaro  tushunishga,  ishni  bajarish  chog'ida 

uyg'unlikka  erishiladi  yoki,  aksincha,  nizolar  va  axloqiy  ziddiyatlar,  ishdagi 

kelishmovchiliklar muloqot tufayli yuzaga keladi. 

Muloqot  orqali  shaxslarning  birgalikda  aloqa  qilish  metodikasi  ketma-ket 

bo'lgan olti bosqichdan iborat: 

I

 



bosqich -o'zaro bir-birini tushunish; 

II

 



bosqich -umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish; 

III


 

bosqich -muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qilinadigan 

prinsiplar; 

IV

 



bosqich -muloqot uchun xavflibo'lgan sifatlarni aniqlash; 

V

 



bosqich -individual ta'sir etish va suhbatdoshga moslashish; 

VI

 



bosqich -umumiy qoidalarni yaratish va o'zaro harakat qilish. 

Bosqichlar 

ketma-ketligiga 

rioya 


qilish 

to'g'ri 


ta'sir 

etishni 


tashkillashtirishdamuhim ahamiyatga egadir. 

Kasbiy  muomala  har  bir  xodim  faoliyatida  muhim  o'rin  egallaydi.  Shuning 

uchun  ham  muomalaning  har  biri  turli  faoliyat  jarayonida  ishtirok  etadi.  Xodim, 

muomala  qonuniyatlariga  suyangan  holda  shaxslar  bilan  munosabatga  kirishadi. 

Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, 

tafakkur,  xayol)  ishtirok  etadi.  Bu  jarayonlar  xodimning  mantiqiy  fikrlashga, 

voqeani o'tmishdagi vaziyat bilan bog'lashga, o'zaro solishtirish va qiyoslash, obekt 

va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi. 




 

165 


 

Xodimlar faoliyatida muloqotning quyidagi turlari mavjud: 

 

 

 



 

 

 



 

Bevosita muloqot “yuzma-yuz” suhbat bo'lib, uning har bir ishtirokchisi idrok 

qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo'llaydi. 

2.

 




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish