O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi narziyeva nargiza norkuziyevna


Kasbkorlikda nutq va kommunikativ muloqotning ahamiyati



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/129
Sana08.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#168714
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   129
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Kasbkorlikda nutq va kommunikativ muloqotning ahamiyati

Birgalikdagi  faoliyat  davomida  odamlar  turli  fikrlar,  o'y-xayollar,  his 

kechinmalar bilan o'rtoqlashadilar. 

Kommunikativ  muloqot  -  shaxslararo  munosabatlarda  ma’lumot,  axborot, 

g’oyalar almashinuvi jarayonidir. 

Kommunikativ  jarayonda  qo'llaniladigan  bir  necha  belgilar  tizimi  mavjud. 

Ular  verbal  kommunikatsiya  (nutq  orqali)  va  noverbal  (nutq  bilan  bog'liq 

bo'lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. 

Verbal kommunikatsiya.Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo'llaniladi. Nutq - 

inson  tomonidan  qo'llaniladigan  tovush  signallari  yoki  yozma  belgilardan  iborat 

bo'lib,  ular  orqali  muloqotdan  olingan  ma'lumot  qayta  ishlanadi,  saqlanadi  va 

uzatiladi.  U  jarayon  til  orqali  amalga  oshiriladi.  Til  so'z  belgilari  tizimi  bo'lib,  u 

muloqot jarayonida psihik faoliyat maxsuli bo'lib yuzaga keladi. 

Til  muomala  vositasidir.  Til  muomalaga  kirishuvchilar  o'rtasidagi 

kommunikasiyani ta'minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi 

ham  birday  tushunadi.  Boshqa  kishiga  axborot  beruvchi  (kommunikator)  va  uni 

qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks 

holda 

bir-birini 



to'g'ri 

tushunolmaydi. 

Axborot 

almashish 

muomala 

qatnashuvchilariga  tushunarli  belgi  va  mazmunga  ega  bo'lishi  kerak.  Til  so'z 

belgilari  yig'indisidan  iboratdir.  So'zning  ma'nosi  uning  mazmuniy  tomonidir.  har 

bevosita; 

bilvosita; 

rolli; 


mazmunli

rasmiy; 


norasmiy. 


 

166 


 

bir  alohida  odamning  harakatlari  va  faoliyatlarini  boshqa  odamning  harakati  va 

faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. 

Birinchidan,  butun  insoniyatning  yoki  birmuncha  tor  doiradagi  kishilar 

jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasini belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil 

ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, 

bu  javoblardan  bola  o'z  faoliyatini  keyinchalik  foydalanadigan  umumiy 

bilimlarning  faqat  ozgina  qismini  oladi.  Umumiy  bilimlarning  bu  ozginagina 

qismini  bola  til  shaklida,  til  yordamida  so'z  belgilari  tizimida  hosil  qila  oladi. 

Maktabda  ham  xuddi  shunday  bo'ladi,  o'quvchi  olam  haqida  barcha  bilimlarni 

o'qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya'ni til yordamida o'zlashtiradi. Bu 

erda  til  o'zining  muhim  vazifalaridan  birini  bajaradigan,  ya'ni  yashash  vositasi, 

ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o'zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo'ladi. 

Ikkinchidan,  har  bir  alohida  odamning  ish-harakati  va  faoliyatini  ko'pincha 

ijtimoiy qiymatga ega bo'lmagan o'zga kishilarning bevosita tajribalarini belgilaydi. 

Masalan,  men  oshxona  tomon  yo'l  olaman.  Yo'lda  o'rtog'im  uchrab  menga: 

“oshxona  yopilgan”,  deydi.  Shu  paytda  bu  xabar  mening  faoliyatimni  ma'lum  bir 

tarzda  boshqaradi:  men  qayrilib,  boshqa  oshxona  tomon  jo'nayman.  Bu  yerda  til 

o'zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya'ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki 

olamning hatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo'ladi. 

Natijada  har  qanday  kommunikatsiya,  har  qanday  munosabat  suhbatdoshiga 

ta'sir qilishdan iboratdir. 

Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir 

ayrim  kishilarning  shaxsiy  tajribasi  belgilaydi.  Odamning  “shaxsiy”  o'z  individual 

tajribasi  boshqa  kishilarning  tajribalari  va  ijtimoiy  tajribaning  o'ziga  xos 

aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o'laroq, o'z harakatlarini rejalashtira 

oladi.  Bunday  rejalashtirish  va  umumiy  fikriy  masalalarni  hal  qilishning  asosiy 

quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, 

tafakkur,  xayol)  quroli  sifatidagi  vazifasiga  to'qnash  keldik.  So'z  belgilari  tizimi 

sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi. 

Nutq  faoliyati  -  odam  tomonidan  ijtimoiy-tarixiy  tajribani  o'zlashtirish  va 



 

167 


 

avlodlarga  berish  yoki  kommunikasiya  o'rnatish,  o'z  harakatlarini  rejalashtirish 

maqsadida  tildan  foydalanish  jarayonidir.  Til  aloqa  vositasi  yoxud  quroldir,  nutq 

faoliyati  yoki  nutq  esa  aloqa  jarayonining  o'zidir.  Bu  jarayonda  nutq  faoliyatining 

faol  va  passiv  turlari  farqlanadi.  So'zlovchining  nutqi  faol  nutq,  tinglovchining 

nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo'linadi. Tashqi nutq - 

yozma  va  og'zaki  nutqqa,  og'zaki  nutq  esa  monolog  va  dialogik  nutqqa  bo'linadi. 

Monolog  -  bir  kishining  o'ziga  yoki  boshqalarga  qaratilgan  nutqidir.  Bu 

o'qituvchining  bayoni,  o'quvchining  to'laroq  javobi,  ma'ruza  va  boshqalardir. 

Monologik  nutq  ma'lum  qiyinchiliklarga  ega.  Monologda  gapirayotgan  kishi 

fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan 

fikrlarning  izchilligiga  e'tibor  berishi  kerak.  Dialogik  nutqqa  nisbatan  monologik 

nutq  kechroq  shakllanadi.  Maktabda  o'qituvchilar  o'quvchilarda  monologik  nutqni 

rivojlantirishga  alohida  e'tibor  berishlari  kerak.  Ikki  yoki  undan  ortiq  kishilar 

o'rtasidagi  nutq  -  dialog  deyiladi.  Dialogik  nutqda  bayon  qilinayotgan  fikr  ko'p 

jihatdan  undan  oldingi  fikrga  bog'liq  bo'ladi.  Dialogik  nutqda  suhbatdoshlarga 

ma'lum  bo'lgan  ayrim  so'zlar  tushirib  qoldiriladi.  Shuning  uchun  yozib  olingan 

dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo'lmasligi mumkin: Dialogik nutqda har xil 

turdagi  shablonlar,  ya'ni  odatlanib  qolingan  so'z  birikmasi  ko'p  uchraydi  (qoyil, 

marhamat  qilib aytingchi).  Nutqning ichki  nutq deb  atalgan  turi nutq  faoliyatining 

alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi 

sifatida 

namoyon 

bo'ladi. 

Biz 

so'zni 


chala-yarim 

aytishimiz 

bilanoq 

tushunaveramiz.  Ichki  nutq  ayrim  og'zaki  nutq  aktlaridan  ilgariroq,  xususan 

ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo'lgan og'zaki nutqdan ilgariroq sodir bo'lishi 

mumkin.  Yozma  nutq  monologik  nutqning  turlaridan  biri  bo'lib,  yozma  nutq 

monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. 

Kommunikativ  jarayon  aksial  (bunda  axborot  ayrim  aniq  odamlarga 

yo'naltiriladi)  yoki  retial  (bunda  axborot  bir  qancha  ehtimol  qilinayotgan 

retsipientlarga yo'naltiriladi) xarakterda bo'lishi mumkin. 

Kommunikativ  jarayonda  o'zaro  munosabatga  kirishuvchilarni  bir-birlarini 

tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo 




 

168 


 

bo'ladi, ya'ni mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta'sirchanlik ko'rsatiladi. 

Buyuk  fransuz  yozuvchisiAntuan  Sent  Ekzyuperi  “Muloqot  -  shunday 

ne'matki, u orqali inson lazzatlanadi”, deb yozgan edi. 

So'zning  mohiyati  haqida  Sa'diy  “Aqllimisan  yoki  axmoq,  kattamisan  yoki 

kichik buni bir so'z aytmaguncha bila olmaymiz” degan edi. 

Xalqimizda  shunday  ibratli  ibora  bor:  «Insonning  aql  farosati  nutqini 

aniqligida namoyon bo'ladi». 

Noverbal  kommunikatsiya  vositalariga  yuz  ifodasi,  mimika,  ohang,  pauza, 

poza  (holat),  ko'z  yosh,  kulgu  va  boshqalar  kiradi.  Bu  vositalar  verbal 

kommunikatsiya  -  so'zni  to'ldiradi,  kuchaytiradi  va  ba'zan  uning  o'rnini  bosadi. 

Bolgarlarda  boshni  qimirlatish  yo'q  degani,  ruslarniki  teskarisi  bo'ladi.  Turli  yosh 

guruhlarida  noverbal  kommunikatsiya  vositasi  turlicha  bo'ladi.  Masalan,  bolalar 

ko'pincha  kattalarga  ta'sir  etish,  ularga  o'z  xohish  va  kayfiyatlarini  o'tkazishda 

yig'idan  vosita  sifatida  foydalanadilar.  Axborotni  so'z  bilan  bayon  etishning 

mazmuni  va  maqsadiga  noverbal  kommunikatsiya  vositalarining  mos  kelishi 

muomala madaniyatining bir turidir. 

Noverbal  kommunikatsiyaga  belgilarning  optik-kinetik  tizimi  kirib,  ularga 

jestlar (qo'l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo'l, oyoq, tana 

harakatlari) kiradi. 

Jestlar - insonning qo'l harakatlari bo'lib, u orqali insonning ichki holati, biror 

bir  obyektga  munosabati  va  tashqi  olamga  yo'nalganligi  ifodalanadi.  U  yoki  bu 

halqlarda  jestlar  turlicha  qabul  qilinadi.  Italyan  va  fransuzlar  o'z  muloqotlarini 

jestlarsiz  tavsavvur  eta  olmaydilar.  O'zbek  xalqida  nutqda  jestlardan  foydalanish 

yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham ta'kidlash lozimki, noverbal 

kommunikatsiya  og'zaki  nutqda  aytilmay  qolgan  fikrlarni  ifoda  etish  imkonini 

beradi. 

Mimika - inson yuz harakatlarining bir qismi bo'lib, u orqali insonning o'ylari, 

xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarida namoyon bo'ladi. 

Pantomimika  -  inson  tanasi  yoki  uning  qismlari  yordamida  ifodalanadigan 

harakatlar tizimidir. 



 

169 


 

Tadqiqotlar  shuni  ko'rsatadiki,  kundalik  muloqot  jarayonida  so'zlar  7%  ni, 

tovushlar va intonatsiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi. 

Kishilar  jamiyatda  doimo  jamoa  bo'lib  yashaydilar.  Ijtimoiy  mexnat  va 

ijtimoiy  munosabatlar  odamlarning  bir-birlari  bilan  doimiy  aloqa  qilish  zaruratini 

keltirib chiqaradi. Bu munosabat, albatta, nutq, vositasida amalga oshiriladi. 

Nutq ham odam ongi singari mehnat mahsulotidir. Nutq, boshqa kishilar bilan 

aloqada bo'lish ehtiyojidan va buning qat'iy zarurligidan kelib chiqqandir. 

Biz  nutq  orqali  o'z  fikrimizni,  bilimimizni,  tajribamizni  boshqalarga 

yetkazamiz  va  boshqa  kishilarning  fikrini  bilib  olamiz,  o'zimizning  ruhiy 

holatimizni,  kechirayotgan  tuyg'u  hissiyotlarimizni  ham  ifoda  qilamiz.  Biz  nutq 

yordamida bir- birimizga ta'sir qilamiz. 

Nutq  kuchi  haqida  har  bir  xalqda  alohida  maqollarning  bo'lishi  ham  bejiz 

emas,  bu  maqollar  aqlning  kishi  ruhiga  qanday  ta'sir qilish kuchiga ega ekanligini 

yaqqol ko'rsatadi. Masalan, yaxshi so'z - jon ozig’i", "Sevdirgan ham til, bezdirgan 

ham til va h.k. 

Nutqning fiziologik asoslari 

Odamning  individual  hayoti  va  faoliyati  davomida  o'zlashtirilib  boriladi.  Biz 

gapirganimizda, bir tomondan. ovoz signallarini qabul qilamiz, ikkinchi tomondan. 

talaffuz qilish nutqqa oid muskul apparati orqali vujudga kelishini ko'ramiz. 

Nutq,  faoliyati  uchun  bosh  miya  katta  yarim  sharlarida  po'stining  murakkab 

markazlashgan,  nerv  hujayralarining  ishlashi  talab  etiladi.  Nutqning  anatomik-

fiziologik  asosi  eng  avvalo  fonetik  nutqning  nafas  olish,  ovoz  va  artikulyatsiya 

muskul  apparatlaridan  iboratdir.  Nafas  olish  kishining  hayot  kechirishi  va  nihoyat 

ovoz  chiqarishi  chiqarishi  uchun  katta  ahamiyatga  ega  bo'lib,  u  diafragmadan, 

o'pkadan,  o'pkani,  bronxni  va  bo’g’izni  harakatga  keltiruvchi  muskullardan 

iboratdir. 

Ovoz  chiqarish  apparati  kekirdak  bo'lib,  u  to'rtta  to’qaydan  iborat.  Ana  shu 

to’qaylar  o'rtasida  ikkita  elastik,  xususiyatga  ega  bo'lgan  muskullar  bor.  Bularni 

ovoz muskullari deymiz. 

Nutq turlari. 



 

170 


 

Nutq o'zining xususiyatiga va bajaradigan vazifalariga qarab asosan uch turga 

bo'linadi : og’zaki, yozma va ichki nutq kabi. 

Og’zaki  nutq.  Odatda  kishilar  bir-birlari  bilan  muomala  va  munosabatda 

bo'lganlarida o'zlarining fikrlarini ovoz chiqarish, gapirish bilan amalga oshiradilar. 

Gapiruvchi  shaxs  o'z  fikrini,  xis-tuyg’ularini  faqat  so'z  bilan  emas,  balki  imo-

ishora, mimika va intonatsiyalarda ham ifoda qiladi. Gapiruvchi nutqi aniq, ravon, 

emotsional  bo'lishi  kerak.  O’quvchi  esa,  o'z  diqqatini  jalb  etib,  ma'ruzachining 

nutqini  tinglagandagina  uning  ma'nosiga  yaxshi  tushunib  oladilar.  Dialogik  nutq 

ikki yoki undan ortiq kishilarning bir-birlari bilan suhbatlashish protsessidir. Bunda 

suhbatdoshlar  faollik  ko'rsatishlari  kerak.  Dialogik  nutq  orqali  suhbat  qilayotgan 

kishilar bir-birlarining fikrlarini tez tushunib olgani holda, suhbatdoshining aytgan 

gaplarini tasdiqlashi yoki unga e'tiroz bildirishi mumkin. 

Monologik nutq  esa,  dialogik  nutqdan  farq  qilib,  bitta  odamning boshqalarga 

qarata  nutq  so'zlashidir.  Masalan,  dokladchi  nutqi,  lektorning  auditoriyadagi 

o'quvchi, 

o’quvchilarga 

qarata 


ma'ruza 

o'qishi 


kabilar 

monologik 

nutqdir.Monologik nutqning ham  o'ziga xos xususiyatlari  mavjud.  Bu xususiyatlar 

eng  avvalo  shundan  iboratki,  ko'pchilik  oldida  so'zlagan  notiq  fikrining  mantiqiy 

jihatdan  izchilligiga,  talant  burroligi,  talaffuzning  aniqligiga  va  nihoyat  fikrning 

ta'sirchanligiga e'tibor berishi lozim. Ma'ruzachi o’quvchilarning ham aytilayotgan 

gaplarga munosabatini hisobga olib borsa yaxshi bo'ladi. 

Yozma  belgilardan  foydalangan  holda  nutq  tuzish  mumkin,  bu  yozma  nutq 

bo'ladi. Yozma nutq, monologik nutqning turlaridan biri bo'lib, ko'pincha boshqalar 

uchun tayinlangan nutqdir. 

Yozma  nutqning  o'ziga  xos  xususiyatlari  bor.  Avvalo  yozma  nutqning 

murakkab  va  mukammal  tuzilib  ifoda  qilinadigan  nutq  turlaridan  ekanligini  qayd 

qilish  kerak.  Chunki,  u  masofa  va  zamon  e'tibori  bilan  uzoqda  bo'lgan  kishilarga 

atalgan  bo'ladi.  Shuning  uchun  ham  yoziladigan  xat,  maqola,  kitob  va  boshqa 

yozma  asarlardagi  gaplarning  hamma  bo'laklari  grammatik  qoidaga  muvofiq  o'z 

joyida  ishlatilishi  lozim.  Bunda  gapning  egasi,  kesimi  va  boshqa  bo'laklari  tushib 

qolar  ekan,  uning  mazmuniga  tushunmaslik  mumkin.  Bu  yana  shuning  uchun 



 

171 


 

zarurki,  biz  o'z  bilim  va  tajribalarimizni  kelgusi  avlodga  faqat  yozma  shaklda 

qoldiramiz, u albatta kelgusi avlodlarga tushunarli bo'lishi kerak. 

Nutqning  alohida  xili  ham  bo'lib,  uni  ichki  nutq  deb  yuritamiz  ichki  nutq, 

kishining o'ziga qaratilgan bo'lib, o'z ichidan o'ylab, jim o'tirgan vaqtdagi nutqidir. 

Odatda,  u  ovozsiz  o'tadi.  Ba'zi  hollarda  esa,  u  shivirlab  aytiladi  yoki  ovoz  bilan 

gapiriladi. Bunday hodisa kishi bir narsadan qattiq ta'sirlangan, hayajonlangan yoki 

bir  narsadan  pushaymon  bo'lgan  yoki  o'zi  yolg’iz  o'tirgan  vaqtlarda  ro'y  beradi. 

Kishi o'zi sezmasdan baland ovoz bilan gapira boshlaydi yoki ayrim so'zlarni ovoz 

chiqarib  gapirib  ham  qo'yadi.  ko'p  hollarda  ichidan  o'ylanib  o'tirgan  kishi  yuz 

ifodasini  o'zgartirib,  boshini  qimirlatib,  qoshini  chimirib,  qo'llarini  silkitib  ham 

qo'yadi. Bu ichki nutqning harakat bilan ifoda qilinishidir. Bunday hodisa ayniqsa, 

kichkina bolalarda ko'p uchraydi. Bola o'ynar ekan, uning og’zi ham jim turmaydi, 

u o'z-o'zidan gapirib o'ynaydi. ya'ni o'z ichida nimani o'ylayotgan bo'lsa, shuni ovoz 

chiqarib gapiraveradi. 

Ichki  nutq,  to'la  bo'lmasligi,  ko'pincha  kimlardan  tuzilgan  bo'lishi  ham 

mumkin. Masalan. kishi portfelini axtarar ekan, “uyda esdan chiqib qolibdiku” yoki 

"olmabman" deb shivirlab qo'yadi va nima olishini unutganligini o'zi biladi. 

Ichki nutq tafakkurga tabiiy ravishda bog’langandir. 

Nutqning bolalarda rivojlanishi. 

Inson  hayotida  nutq,  ma'lum  davrda  paydo  bo'lib,  taraqqiy  eta  boshlaydi.  Bu 

taraqqiyot  asosan  uch.  davrga  bo'linadi.  Birinchi  davr  -  nutqni  o'zlashtirishdan 

oldingi davr. Bu ikki oylikdan o'n bir oylikkacha to'g’ri keladi. Ikkinchi davr - tilni 

dastlabki  o'zlashtirish  davri.  U  o'n  bir  oylikdan  bir  yoshu  etti  oylik  davrgacha 

davom etishi mumkin. Uchinchi davr - bir yoshu yetti oylikdan 3 yoshgacha bo'lgan 

davrni o'z ichiga oladi. Bundan keyingi davrda bola o'z nutqida printsipial jihatdan 

katta  o'zgarish  bo'lmaydi.  Faqat  so'z  boyligi  ortib  borishi  va  grammatik  jihatdan 

so'z formalari ko'payib borishi mumkin. 

Masalan,  ikki  yashar  bola  taxminan  300-500  so'z  egallagan  bo'lishi  mumkin. 

Ikki yosh bilan 5-7 yosh o'rtasida bolaning nutqi tez o'sa boshlaydi va so'z boyligi 

3-4  mingga  yetadi,  Shu  bilan  birga  uning  tafakkuri  ham  rivojlana  boradi.  Bola 



 

172 


 

ko'rgan,  eshitgan  narsalari  to'g’risida  ko'p  savol  beradi,  yangi  so'z  va  tushunchani 

egallay  boshlaydi.  Albatta,  buning  uchun  bolaga  to'g’ri  tarbiya  berish,  u  bilan 

so'zlashish, ertaklar gapirib berish, kitob o'qib eshittirish kerak. Nutqda o'z vaqtida 

amaliy  egallab  olish  va  so'z  boyligini  o'stirish  umuman  maktabda  sifatli  o'qish 

uchun yaxshi zamin bo'ladi. 

3.O‘qituvchinmg kommunikativ muloqot bilan bog’liq bo’lgan ko‘nikmalari. 

Maktabda  o'qitiladigan  barcha  fanlar  orqali  o'quvchining  lug’at  boyib  boradi. 

Bolalar  o'z  nutqiga  ongli  munosabatda  bo'ladilar.  Bunga  til  va  adabiyot  darslari 

katta  hissa  qo'shadi.  Chunki,  bu  fanlar  o'quvchilarga  o'z  nutqini  muayyan 

grammatik talablarga javob bera oladigan qilib tuzish qonunlarini o'rgatadi. 

Biz  oldimizga  har  tomonlama  rivojlangan,  yetuk,  komil  inson  (shaxs)ni 

tarbiyalashni  qo'yganmiz.  Prezidentimiz  doimo  yoshlarni  erkin  fikrlaydigan  qilib 

tarbiyalashni  uqtiradilar.  Demak,  muloqot  fikrlash  bilan  uzviy  bog’liq  holda 

shakllanadi. 

Nutq bilan  ishlash orqali ham  muloqotga o’rgatish  mumkin.  Masalan,  ovozni 

baland  chiqarib  she’r  o’qish,  hikoyani  gapirish  kabi  treninglar  ham  muloqotni 

shakllanishiga  yordam  beradi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  esa  o’yin  faoliyati 

davomida muloqotga o’rgatish oson kechadi. 

Muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda 

va  bilish  bo’yicha  ma’lumot  almashishdan  iborat  bo’lgan  o’zaro  ta’sir  etishdir. 

Muloqotning  tizimida  o’zaro  bir-biriga  bog’liq  jihatlari  ajratiladi:  kommunikativ, 

interaktiv  va  perseptiv.  1.  Muloqotning  kommunikativ  jihati  bu  muloqotdagi 

individlarni  o’zaro  ma’lumot  almashinishidir.  2.  Muloqotning  interaktiv  jihati  bu 

individlar  muloqotda  nafaqat  bilim  va  g’oyalar  balki  harakatlar  bo’yicha  ham 

o’zaro  ta’sirini  tashkil  etishdan  iborat.  3.  Muloqotning  perseptiv  jihati  muloqot 

jarayonida o’zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir. 

Demak,  muloqot  birgalikdagi  harakat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadigan,  aloqa 

almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar o’rtasida kontakt 

o’rnatish va rivojlantirish jarayoni. 

Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. 



 

173 


 

Muloqotning  o’zaro  birgalikdagi  harakati  va  kommunikativ  jihatdan 

tashqarida  uning  perseptiv  jihati  munosabat  ishtirokchilarining  uning  jarayonida 

amalga  oshiriladigan  o’zaro  idrok  etish  yuzaga  keladi.  Taniqli  psixolog  S. 

L.Gubinshteyn  shunday  deb  yozgan  edi:  “Kundalik  hayotga  odamlar  bilan 

muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo’ljal olamiz. Negaki biz 

ularning  tanqidiy  ma’lumotlariga  ma’lumotlari  mohiyatini  go’yo  o’qib  ya’ni 

mag’zini  chaqib  chiqamiz  va  shu  yo’sinda  kontekstda  mujassamlashadigan 

matnning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini aniqlaymiz”. 

Pedagogik  kommunikatsiyaning  texnologiyasini  egallash,  ya’ni  professional 

pedagogik  muomala  va  malakalari  shakllanishini  o’z  ichiga  oladi.  Psixologik 

pedagogik  trenining  shakllaridan  yana  biri  tipik  pedagogik  vaziyatlarining  misol 

uchun  imtihon1arni  modellashtiruvchi  amaliy  o’yinlari.  Muomala  trening,  ya’ni 

muomalani  mashq  qilish  o’qituvchilarni  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 

sistemasida  pedagogik  ishning  yangi  shakli  bo’lib,  pedagogik  ta’lim  uchun  juda 

istiqbolli hisoblanadi. 

Pedagogik  munosobat  deganda  pedagog  va  o’quvchilar  kollektivi  o’rtasida 

o’zaro  birgalikdagi  harakatining  mazmunan  axborot  ayirboshlashdan,  o’quv 

tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish va o’zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi 

usullari va malakalari tushuniladi. 

Muomala. Insonning o’zini o’rab turgan olam bilan o’zaro birgalikdagi 

harakati odamlar o’rtasida ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo, ishlab chiqarish 

faoliyati jarayonida tarkib topadigan obyektiv munosabatlar tizimida yuz beradi. 

Muloqot-odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan 

bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. 

Munosabat  va  muloqot  birgalikdagi  faoliyat  ko’rsatuvchilar  o’rtasida  axborot 

ayirboshlanishini  o’z  ichiga  oladi.  Odamlar  muloqotga  kirisharkan,  muloqotning 

eng  muhim  vositalaridan  biri  sifatidagi  tilga  murojaat  qiladilar.Munosabatning 

ikkinchi  jihati  munosabatga  kirishuvchilarning  o’zaro  birgalikdagi  harakati  -  nutq 

jarayonida  faqat  so’zlar  bilan  emas,  balki  harakatlar,  xatti-harakatlar  bilan  ham 

ayirboshlashdan iboratdir. (Masalan, ro’paradan kelayotgan mashina haydovchisiga 



 

174 


 

bormoqchi bo’lgan yo’nalishni ishora qilish har ikkala tomon uchun ham qulay va 

tejamli ekanligi tushunarli bo’lsa kerak). 

Nihoyat,  muloqotning  uchinchi  jihati  munosabatga  kirishuvchilarning  bir-

birlarini  idrok  eta  olishlarini  taqozo  qilishidir.  Suhbatdoshining  holatiga,  rangi-

ro’yiga,  ovoziga  qarab  muomala  qilish.  Shunday  qilib,  yagona  munosabat 

jarayonida shartli ravishda uchta jihatni kommunikativ (axborot uzatish, interaktiv, 

o’zaro birgalikdagi harakat qilish ) va perseptiv  (o’zaro birgalikda  idrok  etish, har 

ikkovlonning bir xil ko’rishi, etishishi jihatlarini alohida ko’rsatish mumkin). 

Axborot uzatish, ayirboshlash tarzidagi munosabat. 

Odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi, 

ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini 

bildiradi. Til- munosabatga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi. 

Og‘zaki  kommunikatsiya.  Nutq  -  bu  og’zaki  kommunikatsiya,  ya’ni  til 

yordamida  muomala  qilish  jarayoni  demakdir.  So’zlar  ovoz  chiqarmasdan  yoki 

eshittirib  aytilishi,  yozib  qo’yilishi,  yoki  imo-ishora  bilan  almashtirilishi  mumkin. 

(Masalan, daktilologiya- barmoq yordamida ishora -ma’no anglatish ). 

Muomalaning  perseptiv  jihati  -  bu  kishining  kishi  tomonidan  idrok  etilishi, 

tushunilishi va baholashi demakdir. 

O’zaro  bir-birini  bilish  borasida  shaxslararo  idrok  etishning  uchta  muhim 

mexanizmining  ta’siri  -identifikatsiyalash  (aynan  o’xshatish),  refleksiya  (fikrni 

taxlil  etishga,  o‘z-o‘zini  anglashga  moyillik)  va  stereotiplashtirish  (bir  xil  qolipga 

solish)ni alohida ko’rsatish mumkin. 

Identifikatsiyalash-  bir  kishining  ikkinchi  kishini,  uning  ta’rifini  subyektning 

o’z  ta’rificha  anglab  yoki  anglamay  o’xshatishi  orqali  tushunish  usulidir.  (O’zini 

«uning» o’rniga qo’yib ko’rish yetishmaydi). 




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish