198
(enish- vo’goraniya) sindromiga" olib keladi. Uning xarakterli jismoniy simptomi
bo’lib, yurakni tez urishi, mushaklarni kuchlanishi va bosh og’rig’i hisoblanadi.
Undan tashqari xotiraning yomonlashuvi, fikrni to’play olmaslik, asabiylashish, ruhiy
siqilish,charchash paydo bo’lishi mumkin. Shuningdek uyqusizlik va alkogolizm
kuchayishi mumkin.
Ish jarayonidagi nosog’lom ijtimoiy- psixologik muhit oqibati bo’lib, ishchilarni
tez-tez kasal bulishi, mehnat unumdorligining pastligi, jamoa ichidagi konfliktlar,
kadrlarni tez-tez bo’shab ketishi hisoblanadi.
Ko’p vaqt davomida hukm surayotgan noxush ijtimoiy-psixologik ishchi muhit
xizmatchilar depressiyasi va yurak-asab kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin.
Bo’lishi mumkin bo ’lgan muammolarni aniqlang
Ijtimoiy- psixologik ishchi muhitni baholaganda ish va uning tashkil etilishini bir
yagona birlik deb qarash kerak. Agar xizmatchini qaror qabul qilishda huquqlari
yetarli emas va u ijtimoiy quvvatlanmasa, uni og’ir ishlar toliqtirib qo’yadi. Ijtimoiy-
psixologik ishchi muhiti bilan bog’liq muammolarni baholashda quyidagi jihatlarni
e’tiborga olish kerak.
Ishning juda og’irligi va vaqtning yetishmasligi
Ishning juda og’irligi va vaqtning yetishmasligi tez-tez davriy ravishda yuzaga
kelib chiqishi mumkin. Masalan, magazinda navbatning ko’payishi, mahsulotlarni tez-
tez yetkazib bermaslik sabab bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda ishchi vaqtidan
tashqari ishlashi va dam olishga vaqti bo’lmasligi mumkin. Mijozlarga o’z vaqtida
xizmat ko’rsata olmaslik ular bilan konfliktga olib kelishi mumkin.
Ishning doimo monoton- bir xilligi
Ish vaqtida doimo chuqur fikrlash talab qilmagan bir xil ishni bajarish va boshqa
ishga chalg’ish imkoniyati bo’lmasligi muhim muammoga olib kelishi mumkin.
Xizmatchini qaror qabul qilishda huquqlari yetarli emasligi
Xizmatchini qaror qabul qilishda huquqlari yetarli emasligi, ishchi o’z ishi hajmi,
bajarish tezligi va muddatlarini belgilay olmasligi va dam olish vaqtlaridan o’rinli
foydalana olmasligi sababli yuzaga kelib chiqadi.
Ba’zida mijozlar bilan muomala qilish og’irlik qilishi mumkin. Masalan, mijoz
199
o’zini yemon tutsa ham xizmtchi hushmuomali bo’lib, kulib turishi va mijozga imkon
yaratishi kerak. Mijozlarni tez-tez qiladigan arzlari ham xizmatchi uchun katta yuk
bo’lishi mumkin.
Konfliktlar, ta’qid qilish va ezish
Korxonada biror xizmatchi rahbar yoki hamkasblar tomondan qisilayotgan yoki
seksual ezilayotganligini aniqlash juda muhimdir. Masalan, qandaydir xizmat nizosi
shaxsiy nizoga olib kelmasligi kerak. Ba’zi ishchilar gapirish va nutqdagi balandlikni
ham qabul qila olmaydilar.
Ijtimoiy-psixologik muhitni belgilaydigan bir qator sabablar mavjud. Ularni
qurib chiqamiz.
Global makromuhit:
jamiyatdagi holat, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa
shart-sharoitlar yig’indisi. Iqtisodiy va siyosiy xayotdagi barqarorlik uning a’zolarini
ijtimoiy va psixologik ravnaqini ta’minlaydi va ishchi guruhlardagi ijtimoiy-
psixologik muhitga bevosita ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: