O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi narziyeva nargiza norkuziyevna



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/129
Sana08.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#168714
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 

 

13-MAVZU: JAMOADAGI PSIXOLOGIK MUHIT 

REJA: 

1.

 



Psixologik muhitni aniqlash faktorlari. 

2.

 



Hizmat  joyidagi  nosog’lom  ijtimoiy-psixologik  muhitni  yuzaga 

keltiruvchi sabablar. 

3.

 

Kasbiy muhitdagi muammolar yechimi. 



4.

 

Kasbiy  faoliyatdagi  psixologik  muhitni  chet  el  olimlari  tomonidan 



o’rganilishi. 

1.

 



Psixologik muhitni aniqlash faktorlari 

Ishchi  guruh  a’zolarini  bir-  biri  bilan  o’zaro  aloqa  shart-sharoitlari  guruh 

birgalikdagi  faoliyati  muvaffaqiyati  va  ish  jarayonidan  va  uning  natijalaridan 

qoniqishiga  ta’sir  qiladi.  Xususan,  unga  ishchilar  ishlaydigan  sanitar-gigienik 

sharoitlar:  temperatura  rejimi,  namlik,  yorug’lik,  xonaning  kengligi,  qulay  ish 

joyining mavjudligi va boshqalar. 

Guruhdagi  o’zaro  aloqalar  xarakteri  va  undagi  hukm  suradigan  kayfiyat  katta 

ahamiyatga  ega.  Guruhdagi  psixologik  holatni  belgilash  uchun  “ijtimoiy-psixologik 

muhit”,  “psixologik-atmosfera”,  “tashkilot-muhiti”,  “mikroiqlim”  va  boshqa 

tushunchalar ishlatiladi. 

O’z kelib chiqishiga ko’ra bu tushunchalar metaforalardir. O’simliklarni gullab - 

yashnaydigan  tabiiy-muhit  bilan  solishtirish  mumkin.  Bir  muhitda  ular  gullab- 

yashnasa, ikkinchi muhitda ular so’lishi mumkin. 

Xuddi  shunday  fikrni  ijtimoiy-psixologik  muhit  haqida  gapirish  mumkin: 

ma’lum  bir  sharoitda  guruh  a’zolari  o’z  imkoniyatlarini  to’liq  ishga  solib,  faoliyat 

ko’rsatsa,  ikkinchi  muhitda  odam  o’zini  noqulay  sezib,  guruhni  tashlab  ketishni 

istaydilar, ularning shaxsiy o’sishi sekinlashadi. 

Ijtimoiy-psixologik muhit deganda odatda quyidagilar nazarda tutiladi: 

Guruh ijtimoiy-psixologik xarakteristikalari yig’indisi; 

Jamoadagi asosiy hukm suruvchi psixologik kayfiyat; 




 

196 


 

Jamoadagi o’zaro aloqalar xarakteri; 

Jamoa holati yig’ma xarakteristikasi. 

Jamoadagi  sog’lom  ijtimoiy-psixologik  muhit  o’zaro  muloqotdan  mamnunlik, 

bir-biriga  ishonch,  himoyalanganlik,  xavfsizlik,  qulaylik,  o’zaro  bir-birini  qo’llab 

quvvatlash,  munosabatlardagi  iliqlik,  bir-birini  yoqtirish,  ochiq  fikr  bildirish, 

qat’iyatlilik, tetiklik, ijod qilish, intellektual va kasbiy o’sish, tashkilot ravnaqiga o’z 

hissasini  qo’shish,  xatoliklar  kelib  chiqishidan  qo’rqmaslik  hislari  bilan 

xarakterlanadi. 

Jamoadagi  nosog’lom  ijtimoiy-psixologik  muhit  zerikish,  ruhan  tushkunlik,  tez 

achchiqlanishlik,  zerikish,  tez  qizish  va  guruhdagi  mojaroli  munosabatlar, 

ishonmaslik, yanglish yoki xatolik kelib chiqishi va oqibatda jazolanishdan qo’rqish, 

bir-birini  tushunmaslik,  dushmanlik,  shubhalilik,  yagona  ishga  qattiq  urinmaslik, 

jamoa va tashkilot ravnaqiga o’z hissasini qo’shish istagi yo’qligi, umuman olganda, 

qoniqmaslik hislari bilan xarakterlanadi. 

Guruhdagi  muhit  haqida  bevosita  hukm  chiqarish  mumkin  bo  ’lgan  alomatlar 

mavjud: 

 



ishchilarini tez-tez ishdan bo’shashi; 

•mehnat unumdorligi; 

 



mahsulot sifati; 

•ishga kelmaslik yoki kechikishlar soni; 

•ishchilar va mijozlardan tushgan shikoyat va da’volar soni; 

 



ishlarni muddatida yoki kechikib bajarish; 

 



uskunalar bilan ehtiyotkorsiz yoki beparvolik bilan ishlash; 

 



ishdagi tanaffuslar tezligi. 

Quyida taklif qilingan savollar jamoadagi muhitni baholashga yordam beradi: 

 

sizga ishingiz yoqadmi? 



 

siz ishingizni almashtirni hohlaysizi? 

 

agar  sizga  hozir  ish  qidirishni  taklif  qilishsa,  siz  tanlovni  o’z  ishingizni 



tanlarmidingiz? 

•sizni ish joyingiz sharoiti qoniqtiradmi? 


 

197 


 

•sizni ishingiz qiziqarli va turli tumanmi? 

 



sizni ishdagi jihoz va uskunalar bilan ta’minlanganlik qoniqtiradimi? 

 



sizni ish haqi qanoatlantiradimi? 

 



Siz o’z malakangizni oshirish imkoniyatiga egamisiz? Bunday imkoniyatdan 

foydalanishni xohlaysizmi? 

 



sizni bajarayotgan ish hajmi qoniqtiradimi? Siz toliqmaysizmi? Ishdan tashqari 

ishlashga to’g’ri keladimi? 

 



birgalikdagi faoliyatga qanday o’zgartirish kiritishni taklif qilgan bo’lardingiz? 

 



siz  ishdagi  muhitni  qanday  baholagan  bo’lardingiz  (  do’stona  munosabatlar, 

o’zaro  hurmat,  ishonch  yoki  ko’rolmaslik,  tushunmaslik,  munosabatlardagi 

taranglik)? 

 



sizni o’z bevosita rahbaringiz bilan munosabatlaringiz qoniqtiradimi? 

 



jamoada nizolar tez-tez chiqib turadimi? 

 



siz o’z hamkasblaringizni malakali, mas’uliyatli deb bilasizmi? 

 



siz o’z hamkasblaringiz ishonchi va hurmatini qozonganmisiz? 

Rahbar  maqsadga  muvofiq  jamoa  va  guruhdagi  munosabatlarni  boshqara  oladi 

va  ijtimoiy-psixologik  muhitga  ta’sir  ko’rsata  oladi.  Buning  uchun  u  ijtimoiy-

psixologik  muhitga  ta’sir  etuvchi  faktorlarni  bilishi  va  boshqarish  qonuniyatlarini 

bilib faoliyat o’rgazishi kerak. 

Guruhga kiruvchi odamlar bir-birlariga va guruhning faoliyatiga nisbatan bir xil 

nuqtai nazarda bo’lmaydilar. Guruhning har bir a’zosi o’zining ishchanligi va shaxsiy 

fazilatlariga,  o’z  maqomiga,  ya’ni  uning  guruhda  tutgan  o’rni  haqida  dalolat 

beradigan,  mustahkamlab  qo’yilgan  huquq  va  burchlariga,  uning  xizmatlari  va 

fazilatlarini  guruhning  tan  olishi  yoki  olmasligini  aks  ettiradigan  nufuziga  binoan 

guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan mavqeiga ega bo’ladi. 

Psixologiyada guruh ichidagi tabaqalanishning ikkita asosiy tizimi - sotsiometrik 

va referentometrik afzal ko’rish va tanlashlar alohida ajralib turadi. 

2.

 




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish