O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet67/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

O’tkir laringit (acute laryngitis croup)

(1) Klinik holati

Bolaning hiqildog’i yuqori nafas yo’llarining eng tor joyi hisoblanib, yallig’lanish natijasida bo’g’ilish simptomi y’ani krupoz sindrom paydo bo’ladi.

(2) Etiologiya

Haqiqiy krupni difteriya tayoqchalari chaqiradi,bundan tashqari soxta krup ham bor bo’lib soxta krup klinik jihatdan residivlanuvchi va og’ir kechishi bilan xarakterlanadi.Suning uchun sinflanishi va soxta,chin krupligi u qadar katta ahamiyatga ega emas.

(3) Simptomlari

Quv-quv yo’tal (metallik), inspirator stridor, bo’g’ilish aniqlanadi. Bemor bola bezovtalanadi, nafas olishi qiyinlashadi. Sababiga ko’ra quyidagi tashxislarni qo’yish mumkin.

1. O’tkir epiglogit : kasallik qo’zg’atuvchisi bo’lib asosan haemophlis influenzae hisoblanadi.Umumiy simptomlar ko’paya boradi : harorat ko’tarilishi, nafas olishi qiyinlashishi, bu holatlar esa hushning buzilishiga sabab bo’ladi.

2. O’tkir laringotraxeyobronxit : ko’proq ko’krak yoshidagi bolalarda uchraydi, shamollash belgilari paydo bo’lgach, krup simptomlari o’rtacha og’irlikda kuzatiladi, lekin bakterial kelib chiqishi, krupga qaraganda yengilroq kechadi. Asosan quzg’atuvchilar sifatida viruslar : gripp, paragripp, adenovirusli infeksiya qo’zg’atuvchilari keltirib chiqaradi.

3. O’tkir spazmatik krup : Allergiya natijasida ko’proq hiqildoq stenozi kelib chiqadi, agar bolani allergen ta’siriga duch qilinsa, bolada huruj takrorlanadi.

4. Tashxisoti :

Tahlilga qon olish, umumiy siydik tahlili, yo’talda hosil bo’lgan balg’amni ekib ko’rish, rentgenga tushirish.

5. Davosi :

Yuqori namlikni saqlab turish uchun, palatani tez-tez tozalab turish kerak. Ba’zan kislorod infuziyasi va ungalyausiyasi kerak bo’ladi. Bakterial krupda nafas olishning qiyinlashishi ortib boradi, ba’zi hollarda nazotraxeal intubatsiya yoki traxeastomiya kerak bo’ladi va qo’zg’atuvchiga sezgir bo’lgan antibakterial modda yuborish kerak bo’ladi .Virus etiologiyali krupga simptomlari davo sifatida ko’proq yuqori namlikka ega bo’lgan havo ishlatiladi, bir vaqtning o’zida suyuqliklar infuziyasi, kislorodli ingalyatsuiya, allergek krupda bronxolitik moddalar va ingaulyautsion kortikosteroidlar qo’llaniladi.

6. Hamshiralik parvarishi

O’tkir nazofaringitda parvarish qilingandek o’tkaziladi.



Bronxit bosh bronxlar va traxeyaning yallig’lanish kasalligi hisoblanadi.

2) Etiologiyasi

Etiologiyasi bo’yicha virusli, mikoplazmali, bakterial va xlamidiozga bo’linadi. Ko’p hollarda nobakterial o’tkir bronxit kuzatilib, adenovirus, gripp virusi, paragripp, respirator-sintsitial virus, rinovirus, koronavirus va Mycoplazma pneumonae chaqiradi. Ko’pincha bakterial infeksiya qo’shilishi kuzatiladi.

3) Belgilari

Nafas yo’llari va bronxial shilliq kasalliklarida qo’zg’atuvchining zararlagan joyiga qarab shilliq qavatning yallig’lanishi yuzaga keladi, yo’tal balg’am ajratish bilan kechmaydi (quruq yo’tal) natijada hilpillovchi epiteliyda buzilish yuzaga keladi,bu nafas yo’llarida balg’am to’planib qolishiga olib keladi, yo’tal reseptorlarini stimullaydi va hul yo’tal paydo bo’ladi. Eshitganda shovqinli nafas va xirillagan tovush eshitiladi. 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarda yallig’lanishda bronxlar torayishi natijasida bronx balg’amni tuflash xususiyati bo’lmaganligi tufayli ajralmalar bronx ichida toplanib qoladi nafas shovqinlari kechasi uxlab yotganda yoki ertalab eshitiladi.

(4) Tashhisi

Qon tahlili, siydikning umumiy tahlili, qondagi gaz tahlili, balg’amni o’stirish, rentgen tasviri yuqori nafas yo’llari yallig’lanishida isitma va quruq yo’tal kuzatilib, rentgen tasvirida o’zgarishlar aniqlanmaydi.

(5) Davolash

Virusli bronxitning asosiy davolash usuli bo’lib, issiq tushiruvchi va balg’am ko’chiruvchi davoni qo’llash, ikkilamchi yuqishini unutmasdan antibiotiklarni qollash hisoblanadi. Bakterial bronxit davrida antibakterial moddalar qo’llaniladi. Allergik bronxitda bronxlarni kengaytiruvchi moddalar beriladi. Bolalarda yo’talga qarshi moddalar qo’llanilmaydi, chunki, u yo’talni kamaytiradi va balg’am ajralishini buzilishiga olib keladi.

(6) Hamshiralik parvarishi

1. Belgilarini kuzatish

- Nafas holatini kuzatish: nafas chastotasi, nafas shovqinlari (nam, quruq xirillashlar), yo’tal borligi, ajralayotgan balg’am miqdori va xarakteriga, yuzning rangi, nafas qisish darajasiga

- Qo’shimcha belgilar: harorat ko’tarilishi, pulsning tezlashishi, hazm qilish tizimi tomonidan belgilar

- Asosiy talablar to’g’risida: ishtaha, suyuqlikni qabul qilish, fiziologik zaharlanishlar, teri qoplamlari holati, uyqu va kayfiyat

2. Ruhiy va jismoniy tinchlik(iloji boricha yig’lashni kamaytirish)

- Respirator simptomlarning paydo bo’lishi va harorat ko’tarilishida organizmning modda almashinuvini quvvatlash uchun yotgan holatda dam oldirish kerak.

- Muolajadan oldin va keyin eshitishga ahamiyat beriladi, muolajani hech qachon birdan boshlanmaydi. Muolajadan so’ng tez-tez xabar olib qilingan harakatni quvvatlab turiladi. Hamda iloji boricha sevimli o’yinchoqlari yordamida kayfiyatini ko’tariladi.

- Bola har xil tashqi muhit omillariga (odamlarga, narsalarga) ta’sirchan bo’lgani uchun imkon qadar birinchi navbatda onasi bolaning yonida bo’lib, jismoniy kontaktni ta’minlashi, bola tinch bo’lishi uchun uni quvvatlab turishi kerak.

3. Og’riqni yengillatish

- Tananing qulay holati: nafas olishni yengillashtirish uchun tananing yuqori qismini ko’tarib qo’yish (yarim o’tirgan holat, Fauler holati), hatto cheklangan holatda ham eng qulay sharoit yaratish.

- Ajralmalarni bartaraf qilish: kuchli shovqinli nafas va yo’talish qiyinlashganda nafas yo’llarini tozalash uchun og’iz bo’shlig’i va burundan ajralmalar tortib olinadi. Og’riqni kamaytirish uchun qisqa vaqt ichida samarali tortib olinadi. Isitma vaqtida quvvatlash: choyshab va kiyimlarini tekshirish. Jismoniy sovutish yo’lidan foydalanish, lekin tanani sovqotishiga yo’l qo’ymaslikka e’tibor beriladi. Harorat ko’tarilishi qaltirash va titrash bilan kechadi,shuning uchun issiqlikni saqlab turish kerak.

4.Ovqatlantirish va suv bilan ta’minlash

- Infuziyani kuzatish: suyuqlikni o’rnini to’ldirish, elektrolitlarni korreksiya qilish uchun doimo vena ichi infuziyasi o’tkaziladi. Doimo vena ichiga suyuqliklarni yuborib turish uchun moslamani o’rnatgandan keyin harakat qilganda chiqib ketmasligi uchun uning fiksatsiyasiga e’tibor beriladi.

- Ovqatlanishiga yordam berish: haroratning yuqoriligi, taxipnoe va ekssudasiya darajasiga qarab suyuqlik yuqotish ortadi. Agar ichishining iloji bo’lsa bemor bolalarga oz –ozdan sevimli ovqatlarini lekin majburlamasdan berish mumkin.

5. Ikkilamchi zararlanish va asoratlarni oldini olish

- Mumkin bo’lgan asoratlar: stomatit, o’rta quloq yallig’lanishi va meningit.

Stomatitni og’iz bo’shlig’i tozaligiga rioya qilib oldini olish mumkin. O’rta quloq yallig’lanishini yuqori nafas yo’llari sekretsiyasini bartaraf qilib oldini olinadi, quloq og’riganda quloqda ajralmalar bor-yo’qligi tekshiriladi. Meningitga tegishli bolgan isitma, bosh og’rishi qusish va miya qavatlari qo’zg’alishi belgilarini kuzatib boriladi.

6.Tozalikni ta’minlash

- Haroratning ko’tarilishi va nafas olish qiyinlashuvida ham kuchli ter ajraladi, shuning uchun terining bir-biriga tegib turgan joylari, y’ani bo’yin va qo’ltiq osti sohalarini namlab artiladi va oqliklar tez-tez almashtirib turiladi.

- Taglik taqadigan ko’krak yosidagi bolalar yoki ichi ketgan bemor bolalarni ichi kelgandan so’ng dumba sohasini iliq suvda sovunlab yuviladi.

7.Muhitni nazorat qilish

- Xonada shunday namlikni ushlab turish kerakki u yo’tal chaqirmasligi kerak, nafas yo’llari namligini, og’iz bo’shlig’ini chayish va suyuqlik ichirish yo’li bilan saqlab turiladi. Sovuq va chang kabi qo’zg’atuvchi omillarni bartaraf qilish lozim.

- harorat ko’tarilishi va yo’tal oqibatida uyqu buzilishi mumkin shuning uchun tinch uxlash uchun sharoit yaratish kerak.

8.Oila a’zolarini quvvatlab turish

- Oila a’zolari hayajonini kamaytirish uchun ularni bezovta qilayotgan savollarga javob berish.

- Uyida bo’lib tez tuzalish jarayonini tezlashtirish.

2) Bronxiolit

Bronxiolit bronxlar va terminal bronxiolalarning yallig’lanish kasalligi.

(2) Etiologiyasi

Bronxiolalarning virusli yallig’lanishi ko’pincha ko’krak yosida uchraydi va ularning o’tkir obstruktsiyasi belgilari bilan kechadi. Ko’p hollarda qo’zg’atuvchisi bo’lib respirator-sintsitial virus va adenovirus hisoblanadi.

(3) Belgilari

Yuqori nafas yo’llari yallig’lanishi oqibatida yo’tal, nafas olganda burun kataklarining shishishi va ko’karish, hamda tana haroratining yengil darajada ko’tarilishi kelib chiqadi. Rentgen tasvirida ko’krak qafasining kengayishi ko’rinadi.

(4) Tashhisi

Qon tahlili, umumiy peshob tahlili, qondagi gaz miqdori, yo’talganda balg’amdan kultura olish, rentgen tasviri.

(5) Davolash

Simptomatik davolashdan tashqari, agar nafas qisishi kuchaysa intubatsiya yordamida sun’iy nafas berishga o’tiladi.

(6) Hamshiralik parvarishi

Bronxitdagi parvarish kabi o’tkaziladi.

3) Pnevmoniya

Pnevmoniya o’pka to’qimasining (o’pka alveolasining) va o’pka parenximasining yallig’lanishi hisoblanadi. Rentgen tasvirida ko’rinadigan manzaraga ko’ra lobar, bronxopnevmoniya va interstisialga bo’linadi. Bola qancha yosh va kuchsiz bo’lsa kasallik shunchalik og’ir kechadi.

(2) Etiologiyasi

O’ta sezuvchanligi natijasiga ko’ra bakterial, virusli, aspiratsionga bo’linadi. Kattalarda virusli pnevmoniyaning etiologik omili bo’lib respirator-sinsitial virus, paragrippoz infeksiya, adenovirus, gripp virusi, hisoblanadi va sezilarsiz kechadi. Bakterial pnevmoniyalarda pnevmokokklar va Haemophilus influenzae ko’p uchraydi, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda etiologik omil bo’lib ko’pincha grammmanfiy bakteriyalar va B guruhdagi gemolitik streptokokk, ko’krak yoshidagi bolalarda stafilokokklar, bir yoshdan katta bolalarda A guruhidagi gemolitik streptokokk hisoblanadi. Opportunik infekciya asosiy kasalligi immun tanqislik holatlarini chaqiruvchi yomon sifatli o’sma va kortikopsteroidlar bilan davolanayotgan bemorlarda uchraydi. Etiologik omili bo’lib ko’k yiringli tayoqcha, klebsiella, grammmanfiy bakteriyalar va Pneumocustis carinii hisoblanadi.

(3) Belgilari

Belgilariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

1. Virusli pnevmoniya: yuqori nafas yo’llari yallig’lanishida: yo’tal, harorat ko’tarilishi, charchash, bosh og’rishi, qaltirash va qusish yuzaga keladi. Rentgen tasvirida intersticial soya holatiga asoslanib tashhis qo’yiladi.

2. Bakterial pnevmoniya: harorat yuqoriligi oqibatida nafas olishga qiynalish va nafas qisishidan tashqari, yo’tal, taxipnoe, burun kaaklarining kengayishi, ovqat hazm qilish tizimida o’zgarishlar ya’ni qusish va ich ketishi, talvasalar va hushning buzilishi ko’rinishidagi nevrologik belgilar, charchash kabi umumiy belgilar, bezovtalik va shok yuzaga keladi. Rentgen tasvirida bo’lakli, dog’li va kam hollarda intersticial yallig’lanish ko’rinadi. Xalqum mikrobi va qondan kulturani tekshiriladi, agar plevral shish bo’lsa plevrocentez orqali kultura olinadi, va quzgatuvchi va uning antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlanadi. Bolalarda ko’pincha stafilokokkli pnevmoniya rivojlanadi va uning rivojlanishi juda tez bo’lib tezda davolash boshlanmasa empiema va emfizematoz bulla (pneumatocele)ga duch kelish mumkin. Bular achinarli asoratlar hisoblanadi.

3. Mikoplazmali pnevmoniya: birlamchi atipik pnevmoniya (primary atipical pneumonia) deb ataladi. Isitmadan keyin yo’tal 1-2 oygacha davom etadi. Odatda organizmning umumiy ahvoli og’ir bo’lmaydi. Rentgen tasvirida aniq chegarasiz o’pka darvozasidan distal chuzilgan, tugunchasimon, donador va diffuz giperplaziyali soya paydo bo’ladi.

4. O’pka pnevmocistozi: immuniteti buzilgan bemor bola protozoy pnevmoniya bilan kasallanadi, keyinchalik yoki birdan yo’tal paydo bo’ladi, harorat ko’tariladi, taxipnoe, shish va ko’karish kelib chiqadi. Rentgen tasvirida granuladan toki xira diffuz soya paydo bo’ladi.

(4) Tashhisi

Qon tahlili, peshobning umumiy tahlili, qondagi gaz tahlili, balg’am kulturasi,

elektrolitlar, rentgen tasviri, o’pka biopsiyasi.

(5) Davolash

1. Antibakterial moddalar: ikkilamchi zararlanishni yo’qotish uchun va qo’zg’atuvchining sezuvchanligiga qarab tanlanadi.

2. Yo’talga qarshi moddalar: balg’am ko’p bo’lgan hollarda bronxolitik moddalar va balg’am ko’chiruvchi moddalar bilan birga postural drenaj qilinadi.

3. Suyuqliklar yuborish.

(6) Hamshiralik parvarishi

Bronxitdagi kabi parvarish qilinadi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish