Umumiy siydik tahlili — me’yoriy ko’rsatkichlar, o’zgarishi sabablari va patologiyasi
Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil shifokorga kasalliklarini tashxislashda juda foydali bo’ladi. Ma’lum bo’lgan toksik moddalarning aksariyati siydikda, bular tuzlar, organik moddalar va hujayra tarkibidagi moddalar erigan holda bo’ladi. Ushbu elementlarning kontsentratsiyasini o’rganish natijasida buyraklar, yurak-qon tomir tizimi va immunitet tizimining holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Ushbu maqolada biz sizni umumiy siydik tahlilining barcha ko’rsatkichlari me’yoriy (normal) qiymatlari bilan tanishtirishga harakat qilamiz va ushbu indikatorlarning buzilgan sabablarini qisqacha bayon qilamiz.
Umumiy siydik tahlilining me’yoriy ko’rsatkichlari
Umumiy siydik tahlili- me’yoriy ko’rsatkichlar
|
Siydik rangi
|
Sariq somon rang
|
Siydik shaffofligi
|
Shaffof
|
Siydik hidi
|
O’tkir emas
|
Siydik reatsiyasi yoki pH
|
рН 4-7 oralig’ida
|
Siydik zichligi
|
1012 gr/l – 1022 gr/l oralig’ida
|
Siydikdagi oqsil
|
bo’lmaydi, 0,033 gr/l gacha
|
Siydikdagi glyykoza
|
bo’lmaydi, 0,8 mmol/l gacha
|
Siydikdagi keton tanalar
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi bilirubin
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi urobilinogen
|
5-10 mg/l oralig’ida
|
Siydikdagi gemoglobin
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi eritrotsitlar
|
kuzatuv maydonida 0-3 ta(ayollarda)
|
kuzatuv maydonida 0-1 ta(erkaklarda)
|
Siydikdagi leykotsitlar
|
kuzatuv maydonida 0-6 ta(ayollarda)
|
kuzatuv maydonida 0-3 ta(erkaklarda)
|
Siydikdagi epitelial hujayralar
|
kuzatuv maydonida 10 tagacha
|
Siydikdagi silindrlar
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi tuzlar
|
bo’lmaydi
|
Siydikda bakteriyalar
|
bo’lmaydi
|
Siydikda zamburug’lar
|
bo’lmaydi
|
Siydikda parazitlar
|
bo’lmaydi
|
Siydik ranggi
Normada siydik ranggi sarg’ish, somon rang, shaffof
|
Siydik rangi iste’mol qilingan oziq-ovqat, dori-darmonlar, suyuqliklar sabab o’zgarishi mumkin. Ammo siydikning to’q rangi jigar kasalliklari (gepatit C, gepatit A, xolesistit) yoki qon (gemolitik anemiya, Villebrand kasalligi) haqida guvohlik berishi mumkin.
Siydik rangining o’zgarishi sabablari
To’q rangdagi siydik (achchiq qora choy rangi)
|
Jigar kasalliklari (gepatit, tsiroz, jigar yetishmovchiligi, xolesistit), qizil qon hujayralarining ommaviy nobud bo’lishi (qon quyishdan keyin, infektsiyalarning ko’pligi, bezgak).
|
To’q sariq rang
|
Suvsizlanish, ich ketishi, suyuqlikni kam ichish, yurak yetishmovchiligi fonida tananing suvsizlanishi.
|
Oqish yoki rangsiz
|
Qandli diabet, qandsiz diabet, ko’p suv ichish, buyrak patologiyasi.
|
Qizg’ish rang siydik
|
Pigmentli meva va sabzavotlarni (chernika, sabzi, lavlagi, uzum) iste’mol qilish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |