Mavzu:4.Nafas olish a’zolari kasalliklarda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.
Dars rejasi
1. Nafas olish a’zolarining anatomik –fiziologik xususiyatlari
2. Nafas olish a’zolari kasalliklarda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.
3. “ Bronxial astma “kasalligida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.
4.Yo`tal va nafas qiyinligini baxolash va tavsiflash
Ma’ruza matni :
. Nafas olish a’zolarining bolalardagi anatomo fiziologik xususiyatlari.
1) Tuzilishning o’ziga xosligi :
Bolalarning o’sish va rivojlanish davrida nafas olish a’zolarining tuzilishi va faoliyati o’zgarib boradi. Bolalik davrida xalqum va xiqildoq juda nozik va tor bo’ladi. Traxeya va bronxlar diametri juda tor, bronxlar devorini tashkil qiluvchi silliq mushaklar esa yetarli darajada rivojlanmagan. Shuning uchun infeksiya natijasida, shish va eksudatsiya natijasida traxiya bo’shlig’i osongina torayadi va bloklanadi, shuning uchun nafas bug’ilishi yoki qiyinlashishi kuzatishi mumkin.
Ko’krak qafasining o’ziga xosligi, bolalik davrida shakli bo’yicha silindrga o’xshaydi, 3-4 yoshga yetganda esa kattaroq ko’krak qafasi shakli bilan bir xil holatga keladi. Bolalik davrida ko’krak qafasining old qismlaridagi qovurg’alari gorizontal holatda joylashadi, shuning uchun nafas hajmi kam va ko’krak qafasi chuqur nafas olish holatida turadi. Nafas olish holatida bola ko’kragi bilan emas, balki qorni bilan diafragma hisobiga nafas oladi. Bolaning rivojlanishi bilan qovurg’a burchagining ochilishi ko’payadi va bola 7 yoshga yetganda ko’krak qfafasi bilan nafas ola boshlaydi. Shuning uchun bolalik davrida jigar va oshqozon nafas olishga to’sqinlik qiladi va bola chuqur nafas olmaydi. Shuningdek bolalar burni bilan nafas oladi, agar burni bitgan bo’lsa ham bola og’zi bilan nafas ololmaydi, agar burundagi shilliq miqdori ortib borsa, u burun yo’lini bloklaydi va nafas olishga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun immun tizim xolati ( nafas a’zolarining limfoid to’qimasi ) rivojlanish jarayonida yetilmagan, shuning uchun havo tomchi infeksiyasi bolalarga kattalarga qaraganda ko’p uchraydi va bolalarda ko’krak og’ir shakllarda namoyon bo’ladi. Yo’tal refleksi kuchsiz bo’lgani uchun, ko’krak qafasidagi balg’amning turib qolishi natijasida, ikkilamchi infeksiyalanish xavfi yuqori bo’ladi.
. yuqori nafas yo’llari kasalliklari
1) O’tkir nazofaringit
(1) Klinikasi :O’tkir nazofaringit, shamollash, yuqori nafas yo’llarining o’tkir yallig’lanishiga ekvivalent terminlar hisoblanadi.Bu turdagi o’tkir yallig’lanishga ko’proq burun bo’shlig’ining shilliq qavatlarida potalogik o’zgarishlar kuzatiladi. Faringit esa bu xalqumning shilliq va shilliq osti qavatlarining yallig’lanishidir, agar jarayonga yumshoq tanglay, tanglay tilchasi , murtak bezlari qo’shilsa bu xolat faringotonzillit deyiladi.
Keltirib chiqargan mikroorganizm turiga qarab nobakteriyanl(viruslar,mycoplazma pneumoniae) va bakterial ( gemolitik “A” guruhidagi streptokokk). Asosan kasallikni nobakteryial infeksiya keltirib chiqaradi.
(3) Simptomlari ;Burundan chiqayotgan ajralma va aksirish birlamchi simptomlar hisoblanadi, yallig’lanish simptomlari esa haroratning ko’tarilishi va tomoqdagi og’riqlar bilan namoyon bo’ladi.Yo’tal va tovushning o’zgarishi kuzatilishi mumkin. “A” guruhidagi gemolitik strektokokk keltirib chiqargan o’tkir faringitga tomoq va tilning yaqqol qizarishi va regionar limfa tugunlarining kuchli og’rig’i kuzatilishi mumkin. Shuningdek asorati sifatida revmatik isitmalash va glomerulonefrit kuzatilishi mumkin.
(4) Tashhisoti
Qon tahlili olish va ko’krak qafasining rentgen tasviri
(5) Davolash
Penicillin guruhidagi ant ibionikillarni peroral qabul qilish (antibakteriyal davo).
(6) Hamshiralik parvarishi
1. Simptomlarni kuzatish
Ko’krak yoshidagi bolalar shikoyat qila olmagani sababli ularni kuzatish juda muhim hisoblanadi.Nafas a’zo;ari tomonidan bo’ladigan o’zgarishlarga:burundan ajralma chiqishi,burun yo’llari o’tkazuvchanligining buzilishi,yo’tal,tomoqning og’rishi tovushning o’zgarishi kuradi.
Organizm holatining asosiy ko’rsatkichlari ichidan asosan isitma borligiga,isitma turi va nafas soniga e’tibor berish kerak.Bolaning umumiy holatini,kayfiyatini,yig’lashi,emishi,harakatlari va ishtahasiga e’tibor beriladi.
Yuqumli kasalliklarni birinchi simptomlarini aniqlashda teri va shilliq qavatlardagi toshmalar bor yuqligiga ahamiyat beriladi.Shuningdek,ichning buzilishi,qusish va suvsizlanish belgilariga ham ahamiyat beriladi.
2. Yotoq rejimi.
Yotoq rejimi nafas va qon aylanish tizimiga zo’riqishni kamaytiradi va tana kuchini saqlab qolishga asosiy omil hisoblanadi.Lekin bola ahvoli u darajada og’ir bo’lmasa bola harakatlarini chegaralash qiyin,bunday holatlarda avaylovchi rejim tavsiya qilinadi.Bolaning orttirilgan ko’nikmalariga ko’ra tinch holatda polda chalg’ituvchi o’yinlar o’ynashga ruxsat beriladi.Masalan,kitob o’qiganda bola tinch holatda bo’lishi va yolg’iz qolmasligi kerak.
3. Xona harorati va namligini saqlab turish.
Xonaning harorati 20 daraja issiq va namligi 60 % bo’lganda normal holat hisoblanadi.Kun issig’ida va qish faslida namlikni saqlab turish uchun namlikni boshqaruvchi regulyator ishlatish kerak.Agar namlik kerakli miqdordan oshib ketsa terning ko’p ajralishiga olib keladi,shuning uchun e’tiborli bo’lish kerak.
Shuningdek bolalik davrida tashqi muhit harorati ham bolaning tana temperaturasiga ta’sir qiladi,shuning uchun bolaning tana haroratini juda ko’tarilib ketmasligiga e’tibor berish kerak.
4. Suv zahiralarini to’ldirish.
Tana harorati ko’tarilishi va ekssudatsiya hisobiga namlikni yo’qotish kuchayadi.Suningdek shilliq qavatlar va nafas yo’llarini tozalovchi vazifasini saqlab turish uchun ham kerakli namlikni saqlab turish kerak.Agar bola suyuqlikni icha olsa,bolaga suyuqlik berishdan boshlash kerak.Bola yutinganda tomog’ida og’riq bo’lsa oz-ozdan choy,sharbatlar,peroral regidratatsiya uchun elektrolitlar eritmasi ichirish kerak,bir so’z bilan aytganda bemorga nima yoqsa shuniberish kerak.Agar bolaning ichi buzilgan bo’lsa sharbatlar va sut mahsulaolarini chegaralash kerak.Agar suyuqlikni yetarlicha icha olmasa yoki degiratatsiya belgilari paydo bo’lsa suyuqliklarni vena ichiga quyish lozim.
5. Oziqlanishni ushlab turish.
Isitma va yo’tal hisobiga energiya yo’qolishi kuchayadi,shuning uchun bolani oqsil va vitaminlarga boy bo’lgan mahsulotlar bilan ovqatlantirish kerak.Lekin,ishtaha yo’qolganda bolani zo’rlab ovqatlantirish kerak emas,bemorga ozginadan unga yoqadigan ovqatlar berish kerak.Bola yotalganda qusib yubormasligi uchun ovqatni kichik bo’laklar bilan berish kerak,agar qayt qiladigan bo’lsa qusuq massalarini og’iz bo’shlig’idan darhol olib tashlash kerak chunki bola bo’g’ilib qolishi mumkin.
6.Tana tozaligi.
Yuqori haroratda bolani chumiltirish mumkin emas,tana tozaligini saqlash uchun nam latta bilan artish kerak.Agar harorati bo’lmasa va bola aktiv bo’lsa cho’miltirsa bo’ladi.Tagliklar ishlatilganda va bolani ichi buzilganda dumba va anal atrofida qizarish kuzatiladi,bu holatda iliq suv bilan najasni yuvib tashlash kerak.Og’iz bo’shlig’ini tozaligini saqlash uchun bolani shunday kiyintirish kerakki,bola og’zini chayish mumkin bo’lsin.Bola og’zini chayishni iloji bo’lmasa,unga qaynagan iliq suvni ichish uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |