Uyga vazifa Uqish,yozib kelish,mavzu xaqida yangi ma’lumotlarni yigish.
1.G.Jalilov.-Bolalar kasalliklari va ularning anatomik-fiziologik xususiyatlari.
2.I.A.Svyatkina.-Bolalar kasalliklari.
Kushimcha adabiyotlar.
1.X.SHodmonov.-Asab va ruxiy kasalliklari.
2.Pediatriya jurnali №1
3.Sixat salomatlik jurnali№4
Elektron saytlar: w w w.ped ru/zdorove
WWW.pedagog.uz
WWW.bilim.uz
WWW.referat.uz
WWW.ziyonet.uz
2.Mavzu: Bolalar organizmining anatomik- fiziologik xususiyatlari.
Dars rejasi
1.Ovkat xazm kilish anatomik- fiziologik xususiyatlari
2.siydik ishlab chikarish tizimi tuzilishi anatomik- fiziologik xususiyatlari
Ma’ruza matni
CHaqaloqlarda ovqat xazm sistemasi a’zolari tuliq rivojlanmagan buladi.Tuzilishi ogiz bushligi,xalqum,qizilungach,me’da,ichaklar,oshqozon osti bezi,jigar va ut pufagidan iborat.
Bola tugilgandan kukrak suti bilan oziqlana boshlaydi.CHaqoloqlarda surish va yutinish refleksi yaxshi rivojlangan,bola tili ogiz bushligiga nisbatan kattaroq buladi.
Qizilungach-varonkasimon shaklda,shilliq parda va qon tomirlarga boy,mushak qavati yaxshi rivojlanmagan,yoshga qarab rivojlana boshlaydi.
Oshqozon-OXQ tizimi kengaygan qismi bulib,aylana shaklda buladi birinchi yoshida uzunchoq buladi,7-11 yoshda kattalarnikiga uxshaydi.Xajmi tugilganda 30-35 ml,1yoshda 10 baravar oshadi-250-300 mlga etadi,2 yoshda 300-400 ml,3 yoshda-400-500 ml,8 yoshda-1 lni tashkil etadi.Bola bir yoshga tulganda oshqozon kardial sfenktirida anotomik etishmovchilik kuzatiladi.Bu 7 yoshga etganda payoniga etadi.pilorik qismi rivojlangan buladi. Bola kundalang qilinganda qusishva qayt qilishini engillashtirish mumkin
Ichak-yangi tugilgan bola ichagi toza buladi.Tugilgandan 10-20 soat utgach xavo orqali va sut orqali.xamda parvarish buyumlari orqali mikroblar tusha boshlaydi.Emizikli bolalar ichagida ichak mikroflorasi,bifido-bakteriyalarni bulishi bola uchun qulay buladi. Qushimcha ovqatlar olingandan kiyin sung ichak tayyoqchasi va entrokoklar bilan almashinadi.Ichak mikroflorasi boshqa patogen mikroblarni nobud bulishiga sabab buladi.
Ingichka ichaklar-bola buyiga nisbatan uzun bulib,rivojlanib boradi.
Yugon ichak-birinchi yili oxiriga etmagan,nisbatan kalta buladi. SHilliq qavatlari yaxshi rivojlangan bulib damlaganda osilib qolishiga sabab buladi.
Oshqozon osti bezi-bola tugilganda rivojlangan bulib ,tuliq vazifani bajara olmaydi,tarkibidagi tripsin va amilaza me’daning kraxmal,oqsil,yoglar xazm bulishi sust buladi.3-4 yoshga borganda fermentlar aktivligi oshadi.
Jigar- moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi,tashqi va ichki zaxarning kirishiga tusqinlik qiladi.Jigar organizimda zararsizlantirish vazifasini bajaradi.
Bolalarda xazm jarayoning xususiyatlari-sulak tarkibida 2 ta amilaza va ptialin ferfenti bulib bular polisaxaridlarni monosaxaridlargacha parchalab beradi.Sulak katta bolalarda ovqat xazmi va kraxmal xazm bulishida ishtirok etadi.6-12 oyligida.Sut me’dadagi ximazin ta’sirida iviydi va parchalanadi.xlorid kislota esa yoglar va oqsillar parchalanishini ta’minlaydi.Ovqat xazm me’dadan 12 barmoqli ichakka kiyin ichaklarga utadi.Ut suyuqligi moddalarni fermentativ parchalanishiga sabab buladi.Xazm bulish ichak bushligi va devorlarida yuz beradi.Yugon ichakda esa mineral tuzlar surilishi yuzaga keladi..CHaqoloqlarda ximusning davomiyligi 4-18 soat davom etadi.CHaqoloqlarda ichaklarda birinchi axlat (mielano) chiqib ,ona suti kirgandan 2-3 sutkada butqasimon bulib,sariq ranga kiradi.najas soni 4-5 maxal davom etadi.
Siydik ajratish sistemasi Buyraklar,siydik yuli,siydik qopi.siydik chiqarish kanalidan iborat.Buyraklar yot moddalar va keraksiz metobalizm maxsulotlarini chiqishini ta’minlaydi.
Buyraklar nefron va egri bugri kanalchalardan iborat,kaptokchalar 5 yoshga borganda tuliq rivojlanadi.Siydik pufagi-yuqori joylashgan bulib, siydik ajratish.
40-50 mlni,1yoshda-100 ml ni,5yoshda-200 ml ni,10 yoshda 500-600 mlni tashkil etadi
Siydik kanali-5-6 sm,kattalarda14-18 sm,jinsiy etilish davrida 10-12 sm ni tashkil etadi.
Peshob chaqoloqlarda 10-20 marta sutkasiga,2-3 yoshda 8-10 marta4-7 yoshda 5-7 marta ajraladi.
1yoshdan 10 yoshgacha quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Diurez = 600+100ml x (p-1) , kata yoshjda esa 1,5-2 litrni tashkil etadi. Klirens-organizmdagi keraksiz moddalarni chiыarib yuborishga eshtirok etib.Ыonni tozalash tezligi kattalarga nisbatan ikki borobar teng.Birlamchi siydik sutkagasiga 150-200 litrni kattalarda tashkil etadi,bular buyrak jomida xosil buladi.Buyrak jomini katta-kichik kosachalar,siydik yuli,arteriya,venalar tashkil etadi Siydikda normada eritrotsitlar,leyksitlar,slindrlar juda kam miыdorda uchraydi.Diurez-sutkalik siydik miqdoridir.Kasallik bklganda bularning miqdori oshadi,xamda qand,oqsil epetileylar xam bulishi mumkin.Buyraklardagi faol biologik moddalar: rininva prostoglandinlar –vitamin –D ni shakllanishida ishtirok etadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Ogiz bushligi va qizilungach tuzilishi
Me’da tuzilishi
Ichaklar tuzilishi.
MOBva jigar tuzilishi.
Buraklar tuzilishi.
Siydik ajratish tizimi tuzilishi.
Birlamchi va ikkilamchi siydik xosil qilish
Tayanch iboralar
Lipaza –yoglarni erituvchi ferment
OXS-ovqat xazm sistemasi
Diurez-sutkalik siydik.
Gipertrofiya-oziqlanishni oshishi
Gipotrofiya-oziqlanishni kamayishi
Anuriya-siydik bulmasligi
Do'stlaringiz bilan baham: |