Mavzu:5 Yuqumli ichak kasalliklarida bolalar va uning oilasida hamshiralik parvarishi. Dizenteriya, Salmonelyoz.
Reja:
Dizenteriya, salmonelyoz kasalliklari.
Diziteriya kasalliklarida bolalar va uning oilasida hamshiralik parvarishi.
Salmonellyoz bilan kasallanganda bolalar va uning oilasida hamshiralik parvarishi.
Ma’ruzaning mazmuni.
Etiologiyasi.Dizenteriyaning qo’zg’atuvchilari shigella turiga kiruvchi bakteriyalar hisoblanadi. Dizenteriya bakteriyalari bemor organizmdan axlat orqali, hamda qusuq masalalari orqali tashqariga chiqadi. (Bola umumiy ishlatish buyumlari, oziq-ovqatlar, suvlarni ifloslangan axlatlar orqali yuqtirib oladi). Zararlanish 10 dan 100 bakteriyalarni minemal miqdorida bo’lganda paydo bo’ladi.
Simptomlari.Inkubatsion davri 1-4 kun. Kasallik birdaniga, o’tkir holatda boshlanadi: tana harorati ko’tariladi bola holsizlanib qoladi, ishtaxa pasayadi, qusadi, qorinda og’riq, ich ketishi tezlashadi, suyuq shilliq va qon aralash keladi, tenezm kuzatilinadi.
Davolash.Davolashda antibiotikaterapiya o’tkaziladi. Organizm suvsizlanganda yo’qotgan suyuqligini tiklash maqsadida vena ichiga va peoral orqali suyuqlik yuborish kerak.
Davolash tugagandan so’ng, 48 soatdan keyin, 24 soat ichida 2-3 marta siydik va axlat analizlari olinadi. Agarda analiz natijalari 2 marta olinganda manfiy chiqsa, bunda organizmda bacteriyalar yo’q hisoblanadi.
Profilaktika yoki hamshiralik parvarishi. Asosiy oldini olish chorasi yuqish manbasini alohidalashdan iborat.
Profilaktika maqsadi shundan iboratki, inson tomondan gigiyena qoidalariga rioya qilishni anglash (asosan qo’lni har doim yuvish), hamda suv va vodoprovod tizimining tuzatilmaganligi bilan ta’minlash. Ichimliklar va oziq – ovqatlarni, kasallanishni ro’yhatga olish, boshqa mamlakatlardan olib kirishda havfsizlik qoidalarida rioya qilish kerak. Tibbiyot hodimlari bemor oilasi kasal bilan kontaktda bo’lganda qo’lni yuvib, umumiy sochiqdan foydalanmasligi kerak.
Alohida palataga izolyatsiyalangan bola o’zini yolg’iz va begonasiramasligi kerak. Iloji boricha kasalhonada bo’lishini uzaytirish kerak: iloji boricha ko’p kirish, u bilan gaplashish, ko’nglini ko’tarish, yoki o’qishga yordam berish.
Salmonellyoz.Klinik formalari.
Odatda salmonellyozning asosiy formalari (ichak – tifoz va paratifoz) , hamda salmonellning serotipiga qarab salmonellyozning kam uchraydigan (simptomsiz formasi) farqlanadi.
Salmonellyozning o’tkir formalari (ichak – tifoz- paratifoz).
Etiologiyasi.Kasallik manbai salmonellyoz bilan og’rigan odamlar hisoblanadi. Kasallikni tarqalishi bemor va infeksiya tashuvchilar, hamda bemor bilan zararlangan oziq –ovqatlar (dengiz maxsulotlari, sabzavot va mevalar, sutli maxsulotlar), suvlarni iste’mol qilganda paydo bo’ladi. Bundan tashqari pashshalar ham infeksiya tarqatuvchilari hisoblanadi. Toza suv yetishmaydigan, kanalizatsiya tizimi yaxshi ishlamaydigan chetki viloyatlarda qorin tifi qo’zg’alib turadi. Oziq – ovqatni yetishmovchili oqibatida kasallik og’ir formalariga o’tadi. Bemorni oila a’zolari va ularning yaqinlaridan basilla tashuvchilarni tekshirib ko’rish zarur.
Simptomlari.Inkubatsion davri 5-8 kun. Kasallik yuqori tana haroratini ko’tarilishi, qorindagi og’riq, toshmalar toshishi (tana mayda qizil toshmalar bilan qoplanadi), taloq va jigarning kattalashuvi bilan kechadi.
Diagnostikasi.Qonni, axlatni, siydikni bakteriologik tekshiruvi o’tkazilinadi.Davolash. Antibacterial vositalarni yuborish zarur.
Profilaktikasi va bemorni parvarishlash.
Kasallikni umumiy oldini olishda bemorni alohidalash, uning kiyimlari va ahlatini zararsizlantirish, batsilla tashuvchilarni aniqlash va davolash, oziq-ovqatlar va ichimliklarni istemol qilishda gigiyena qoidalari va unga rioya qilish haqida (tualet gigiyenasi) tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Qaytalangan kasallikni oldini olish uchun, qo’lni yahshilab yuvish va uning sochig’ini ishlatmaslik kerak.
Kam uchraydigan salmoneloz formasi (simptomsiz formasi).
Ichak –tifoz va paratifoz formalardan farqi shundaki, bunda kasallik manbayi odam, uy hayvonlari, qushlar ayrim sudralib yuruvchilar bo’lib, ular doim kasallik tashuvchilar va tarqatuvchilar hisoblanadi.
Bolani organizmiga salmonellalar zararlangan tovuq tuxumi va go’sht maxsulotlari hamda sudralib yuruvchilardan toshbaqa bilan kontaktda bo’lganda yuqadi. Bir hafta davomida quyidagi simptomlar yuqori temperatura, qorinda og’riq, qusish, dizenteriya simptomlari bo’lib, keyinchalik uning holati yaxshilanadi, lekin bakteriyalarni tashqariga chiqishi bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |