Qizamiq qizilchasi.
1) Etiologiyasi.
Infeksiyaning tarqalishi qizamiq qizilchasida havo-tomchi yo’li bilan amalga oshiriladi. Inkubasion davri 2-3 hafta davom etadi, yuqori kasallanish 5 yoshdan 14 yoshgacha hisoblanadi. Kataral davrda yuqumlilik juda yuqori va toshma toshish davrida tez pasayadi. Yuqumlilik kasallik boshlangandan 4 kundan boshlab toshma toshgandan so’ng 7 kungacha kuzatiladi.
2) Simptomlar, asoratlar.
O’tkir virusli kasallik bo’lib, toshma bilan harakterlanadi. Asosiy simptomlar dog’simon papulyoz toshma, tana haroratining ko’tarilishi, bo’yin limfa tugunlarining kattalashishi va konyuktiva giperemiyasi hisoblanadi. Toshma quyidagi tartibda paydo bo’ladi: bosh, tana, qo’l va oyoqlar. Agar asoratlar bo’lmasa toshma toshgan kundan boshlab bir necha kun ichida ahvoli yahshilanadi.
Trombositopenik purpura 3000 odamdan 1 tasida, ensifalit 6000 odamdat 1 tasida kuzatiladi va kam holatlarda gemolitik anemiya kuzatiladi. Shuningdek tug’ma qizilcha sindromi homiladorlikda birlamchi yuqishi sababli yuzaga keladi.
3) Davolash Tomoqda og’riq, bosh og’rig’i va harorat ko’tarilishi bilan o’tuvchi yuqori nafas yo’llarining simptomlariga qarshi simptomatik davolash o’tkaziladi.
|
O’tkir davr
|
Toshma toshish davri
|
Sog’ayish davri
|
Davr
|
3-4 kun (kasallikning
1 kunidan 4 kunigacha)
|
4-5 kun (kasallikning
4 kunidan 8 kunigacha)
|
3-4 kun (kasallikning
8 kunidan so’ng
|
Tana harorati ko’tarilishi
|
38,5-39 C
|
37-38 C
|
37 C-o’rtacha harorat
|
Toshma
Limfa tugunlarini kattalashishi
|
+
+
|
+ +
+ +
|
_
+
|
4) Hamshiralik parvarishi.
1. O’tkir davrida parvarish.
Bu davrning kechishi qizamiqqa o’hshash, lekin yanada engil kechadi. Harorat ko’tarilishidan va bosh og’rig’idan a’zob chekishini kamaytirishga choralar ko’riladi. Yuqori nafas yo’llarining kuchli rivojlangan holatlarida ikkilamchi infeksiyani oldini olish uchun og’iz bo’shlig’ini chayish o’tkaziladi.
2. Sog’ayish davrida parvarish.
Toshma toshgandan so’ng bir necha kundan keyin umumiy ahvoli yahshilanadi. Yuqishni oldini olish uchun boshqalar bilan kontakda bo’lmasdan toshma toshgandan so’ng 7 kun mobaynida 1 honada bo’lishi kerak. Tug’ma qizilcha sindromini oldini olish uchun homilador ayollarni bemorlar bilan kontakda bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Skarlatina1) Etiologiyasi.
A guruhiga kiruvchi betta-gemolitik streptokokk chaqiruvchi o’tkir yuqumli kasallik. Yashirin davri 2-5 kun.
2) Simptomlari va asoratlari.
Butun tanada og’riq, tan haroratining ko’tarilishi, tomoqda og’riq, bosh og’rig’i. qusish, ich ketish bezovta qiladi. A guruhiga kiruvchi betta-gemolitik streptokokk chaqiruvchi tomoqdagi og’riqlardan so’ng simptomlar boshlanadi. Bu bakteriya orqali ajraluvchi gemolitik va pirogen toksin, gematogen yo’l bilan tarqalib, periferik qon tomirlarni kengaytiradi, bu esa toshmalar paydo bo’lishiga olib keladi. Toshma harorat ko’tarilishi bilan 1-2 kunlari paydo bo’ladi. No’xat kattaligidagi toshma elementlari huddi mayda tomchilar bilan qoplanganga o’xshaydi, bir-biri bilan birlashib, tanada sog’ teri soxalarini qoldirmaydi.
Bir necha hafta o’tib revmatik lixoradka (harorat ko’tarilishi, miokardit, artrit) va glomerulonefrit (gematuriya, shish, arterial bosim ko’tarilishi) boshlanadi.
3) Davolash
Penisillin qatoriga kiruvchi preparatlar qo’llaniladi.
4) Hamshralik parvarishi
Simptomlarga kuzatish olib boriladi, simptomlar aniqlanganda yordam ko’rsatiladi, harorat ko’tarilishi va boshqalar. Toshma toshganda teri tozaligini saqlash nam artish o’tkaziladi. Qusish va ich ketish holatlarida qusish massalari va axlat bilan ishlaganda extiyot bo’lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |