O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
 
Nazorat uchun savollar:
1.
Valyuta kursi qanday aniqlanadi? 
2.
Valyuta pariteti nima? 
3.
Jahon valyuta tizimi deganda nimani tushunasiz? 
4.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlarini ko’rsatib bering? 
5.
Bretton-Vuds valyuta tizimining xususiyatlari nimada? 
6.
Yamayka tizimini vujudga kelishining sabablari nimada? 
7.
Evrodollar nima? 
8.
Evroning kiritilishi YeI davlatlari va shuningdek, jahon iqtisodiyotiga qanday 
ta’sir ko’rsatdi? 
9.
Xalqaro moliya bozorlaridagi tendentsiyalarni gapirib bering. 


8-mavzu. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti 
 
Reja: 
§ 8.1. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni 
§ 8.2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon xo’jaligidagi o’rni 
§ 8.3. Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari 
§ 8.4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari 
§ 8.5. Yaponiya iqtisodiyoti va uning jahon xo’jaligida tutgan o’rni 
 
§ 8.1. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni 
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning 
tutgan o’rni juda katta bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa 
qit’asi va SHimoliy Amerika materigida joylashgandir. 
Ma’lumki, rivojlangan “katta yettilik” davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar 
guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo’shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar degan 
so’zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan 
tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va shuningdek uzoq yillarga 
mo’ljallangan zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdagi o’zgarishlarga bog’liqdir. 
SHuning uchun ham bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli 
foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvvati pasayishiga yo’l 
qo’yilmaydi. Masalan, AQSH ishlab chiqarishida asosan kam harajat qilish evaziga 
yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 1900-1990 yillar davomida 8-9 baravarga, 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 4-5 baravarga ortgan edi. 
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi 
qanchalik yuqori bo’lmasin narx-navoning ko’tarilishi ushbu davlatlarda 
yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta xizmat ko’rsatish sohalari va shunindek 
ilmiy-texnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat korxonalarining 
vujudga kelishi bilan bog’liqdir. 
Jahon xo’jaligining rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning qay darajada 
sanoat energetikasi bilan ta’minlanganligi ham muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda 
bir qator rivojlangan mamlakatlar o’zlari ishlab chiqarayotgan sanoat energetikasi 
mahsulotlaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanib kelmoqdalar. Masalan, 1970-
1990 yillar davomida AQSH sanoat energetikasi iste’molini 40% ga, Yaponiya va 
Frantsiya davlatlari esa, 30% ga qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lishgan edi. 


Jahonning rivojlangan mamlakatlarining barchasida qayta ishlash sohalari 
yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular asosan tejamkorlik bilan samarali 
foydalanishning ijtimoiy dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Masalan, 90-yillar 
boshida AQSHda qalayning 72-73% xom-ashyoga bo’lgan talabi, misning 60% i, 
po’latning 50% i, oltinning 47%i, ruxning 43% i qayta ishlash sanoat korxonalari 
hisobiga qondirilgan edi. Xullas, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning ishlab 
chiqarishida qimmatbaho nodir metallar o’rnini bosuvchi mahsulotlarni kengroq 
ishlatilishi muhim rol o’ynamoqda. 
Jahon xo’jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar 
(AQSH, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada, Italiya) iqtisodiyoti 
muhim rol o’ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab 
chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarning 79-80%i va dunyo mamlakatlarida 
ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarning 59-60%i, tovarlar eksportining 60-61 
% i va xizmat ko’rsatish sohalarning 49-50%i to’g’ri kelmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda o’z tarkibida jahonning 30 dan 
ortiq
 
davlatini birlashtirgan bo’lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari xo’jaligida 
tutgan o’rniga ko’ra bir necha klassifikatsiya bo’lib o’rganiladi. Ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi bo’yicha rivojlangan katta “ettilik” 
davlatlar guruhi (ushbu davlatlar guruhiga 2014 yilda Rossiya Federatsiyasini 
qo’shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar guruhi degan so’zlar ham ishlatilgan).
 
Ushbu guruhga AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada 
davlatlarini kiritish mumkin. 
2. Evropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belьgiya, 
Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, 
Buyuk Britaniya, Frantsiya, SHvetsiya, Finlandiya, Avstriya kabi davlatlarni kiritish 
mumkin. 
3. Evropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (EAST) kiruvchi davlatlar guruhi. 
Ushbu guruhga Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, SHvetsariya kabi davlatlarni 
kiritish mumkin. 
4. Benilyuks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belьgiya, 
Niderlandlar va Lyuksemburg kabi davlatlar kiradi. 
5. SHimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar 
guruhi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Meksika kiradi. 
90-yillar boshida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni (YaIM) to’g’ri 
kelishi bo’yicha jahonning rivojlangan mamlakatlari quyidagicha tavsiflangan edi: 
Yaponiya dunyoda ushbu ko’rsatkich bo’yicha uchinchi o’rinda turgan bo’lsa, 
Kanada 11, Norvegiya 6, SHvetsariya 1, SHvetsiya 5, AQSH 10, Avstriya 20, 


Frantsiya 13, Niderlandiya17, Buyuk Britaniya 21, Islandiya 9, GFR 8 o’rinda 
turgan. Xullas, jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar o’z rivojlanish sohalari 
bo’yicha katta imkoniyatlarga ega bo’lib, jahon mamlakatlarini rivojlanishida 
asosan generatorlik rolini o’ynab kelmoqda. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish